-
Tarkibi
1 tabletkada quyidagilar mavjud:
faol modda: tsinnarizin - 25 mg yoki 75 mg;
yordamchi modda:
25 mg - mikrokristallik tsellyuloza, suvdan holi laktoza, talk, aerosil, magniy stearati;
75 mg - mikrokristallik tsellyuloza, laktoza monogidrat, natriy kraxmal glikolyat, gidroksipropiltsellyuloza, aerosil, talk, magniy stearati.
-
Qo'llanilishi
Ishemik turdagi miya qon aylanishi buzilishlarini davolash; miya qon aylanishi buzilishlarining qoldiq holatlari, bosh miya jarohatlari, disirkulyator ensefalopatiya, xususan, serebral ateroskleroz, migren (va xurujlarning oldini olish), paresteziya, kechasi oyoq-qo'llarda og'riq, trofik buzilishlar, pastki oyoq-qo'llarning oblitiratsiyalovchi kasalliklari, shu jumladan "intermitent kladikasiyo", Menyer kasalligi, Reyno kasalligi.
Vestibulyar buzilishlarda (bosh aylanishi, quloqda shovqin, nistagm, labirint kelib chiqishli ko'ngil aynishi, qusish) yordamchi terapiya sifatida.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya.
Dozani oshirib yuborish
Belgilar: uyquchanlik, qusish, tremor, gipotenziya, koma.
Davolash: maxsus antidot yo‘q. Oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, simptomatik terapiya.
-
Qo'llash usuli
Tabletkalar ovqatdan keyin chaynamasdan, suv bilan ichiladi. Miya qon aylanishi buzilishlarida 25-50 mg (1-2 ta Tsinazin® tabletkasi) kuniga 3 marta, periferik qon aylanishi buzilishlarida 50-75 mg (2-3 ta Tsinazin® tabletkasi yoki 1 ta Tsinazin® Forte tabletkasi) kuniga 3 marta; vestibulyar buzilishlarda 25 mg (1 ta Tsinazin® tabletkasi) kuniga 3 marta;
Dengiz va havo kasalligini oldini olish uchun safardan 30 daqiqa oldin 1 ta tabletkadan (25 mg) buyuriladi, zarur bo'lsa 6-8 soatdan keyin qayta qabul qilinadi. Bolalarda doza ikki baravar kamaytiriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, tez charchash. Juda uzoq muddatli qabulda - periferik nervlar shikastlanishi, ekstrapiramidal buzilishlar paydo bo'lishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og'iz qurishi, dispeptik hodisalar, kamdan-kam hollarda - xolestatik sariqlik.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: moyillik bo'lsa - arterial gipotoniya.
Allergik reaksiyalar teri toshmasi ko'rinishida: tana vaznining oshishi, terlashning kuchayishi, qizil yassi temiratki kuzatilishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kalsiy kanallari blokatori. Tomir hujayralariga kalsiy ionlarining kirishini buzadi va plazmolemma (sarkolemma) depolarida kalsiy miqdorini kamaytiradi. Tomirlarning silliq mushaklariga bevosita spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Miya qon aylanishini oshiradi va miya tomirlarining qarshiligini kamaytiradi, bosh og‘rig‘i, quloqda shovqin kamayadi. Tomirlarning biogen tomir toraytiruvchi moddalariga reaksiyasini kamaytiradi. To‘qimalarning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi. Tizimli arterial bosimga sezilarli ta'sir ko‘rsatmaydi. Antigistamin faollikka ega. Vestibulyar apparatning qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi.
Farmakokinetika
Og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng preparat OVKT dan so‘riladi. Qon plazmasida maksimal konsentratsiya 1-3 soatdan so‘ng aniqlanadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 91% ni tashkil etadi. Tsinnarizin metabolizmi to‘liq dealkillanish yo‘li bilan amalga oshadi. Yarim chiqarilish davri 4 soatni tashkil etadi. Metabolitlar ko‘rinishida siydik (1/3) va najas (2/3) bilan chiqariladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Nootrop va antigipertenziv vositalar, shuningdek, markaziy asab tizimiga tormozlovchi ta'sir ko'rsatuvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Boshida yuqori e'tibor, tez psixik va harakat reaksiyalarini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan tiyilish kerak.
Uzoq muddatli qo'llanilganda jigar, buyraklar funksiyasi, periferik qon manzarasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Parkinsonizm, arterial gipotoniyali bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolanish vaqtida spirtli ichimliklar iste'mol qilinmasligi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlikda, laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.
Preparat bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlanishi va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasligi kerak.