-
Tarkibi
Tsinnarizin 25 mg.
-
Qo'llanilishi
Surunkali serebrovaskulyar yetishmovchilik (bosh aylanishi, quloqda shovqin, bosh og‘rig‘i, xotira buzilishi, diqqatni jamlashning pasayishi).
Vestibulyar buzilishlar (jumladan, Menyer kasalligi, bosh aylanishi, quloqda shovqin, nistagm, labirint kelib chiqishli ko‘ngil aynishi va qusish).
Kinetozlarning oldini olish ("yo‘l kasalligi" - dengiz va havo kasalligi).
Migren (hujumlarning oldini olish).
Periferik qon aylanishining buzilishi ("intermitent" oqsoqlik, Reyno kasalligi, diabetik angiopatiya, tromboflebit, trofik buzilishlar, jumladan, trofik va varikoz yaralar).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersensitivlik, homiladorlik, laktatsiya davri, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Ehtiyotkorlik bilan. Laktosa saqlovchi dori shakllari uchun (qo‘shimcha): laktosaga toqat qilmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromi.
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali, ovqatdan keyin.
Surunkali serebrovaskulyar yetishmovchilikda - 25 mg dan kuniga 3 marta, tomchilarda - 8 tomchidan kuniga 3 marta yoki 1 kapsula (75 mg) dan kuniga 1 marta.
Periferik qon aylanishining buzilishida - 50-75 mg dan kuniga 3 marta.
Dengiz va havo kasalligini oldini olish uchun - 25 mg safar oldidan 30 daqiqa avval, zarur bo‘lsa doza 6 soatdan keyin takrorlanadi; 5 yoshdan boshlab bolalar uchun - kattalar dozasining 1/2 qismi.
Vestibulyar buzilishlarda - 25 mg dan kuniga 3 marta. Bolalarda doza 2 baravar kamaytiriladi.
Maksimal sutkalik doza 225 mg dan oshmasligi kerak. Preparatga yuqori sezuvchanlikda davolash 1/2 dozadan boshlanadi, asta-sekin oshiriladi.
Optimal terapevtik ta’sirga erishish uchun preparatni uzluksiz, uzoq muddat - bir necha haftadan bir necha oygacha qabul qilish kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, tez charchash, bosh og‘rig‘i, ekstrapiramidal buzilishlar (qo‘l-oyoq titrashi va mushak tonusining oshishi, gipokineziya), depressiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qurishi, epigastral sohada og‘riq, dispepsiya, xolestatik sariqlik.
Teri qoplamlari tomonidan: terlashning kuchayishi, qizil yassi temiratki (juda kam hollarda).
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi.
Boshqalar: arterial bosimning pasayishi, tana vaznining oshishi, volchanoqsimon sindrom.
-
Farmakologik xususiyatlari
Selektiv BMKK, hujayralarga Ca2+ kirishini kamaytiradi va ularning plazmolemma depolaridagi konsentratsiyasini pasaytiradi, arteriola silliq mushaklar tonusini kamaytiradi, uglerod oksidining vazodilatatsion ta’sirini kuchaytiradi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri tomirlar silliq mushaklariga ta’sir qilib, ularning biogen moddalar (adrenalin, noradrenalin, dofamin, angiotenzin, vazopressin) ga bo‘lgan reaksiyasini kamaytiradi. Tomirlarni kengaytiruvchi ta’sirga ega (ayniqsa bosh miya tomirlariga nisbatan), arterial bosimga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
O‘rtacha antihistamin faollikka ega, vestibulyar apparat qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi, simpatik asab tizimi tonusini pasaytiradi.
Bosh miya qon aylanishining latent yetishmovchiligi, bosh miya tomirlarining boshlang‘ich aterosklerozi va insultdan keyingi o‘choqli simptomlar bilan kechuvchi surunkali bosh miya tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda samarali.
Periferik qon aylanishi buzilgan bemorlarda organ va to‘qimalarning (shu jumladan, miokard) qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi, postishemik tomir kengayishini kuchaytiradi.
Eritrotsitlar membranalarining elastikligini, ularning deformatsiyalanish qobiliyatini oshiradi, qonni yopishqoqligini kamaytiradi. Mushaklarning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Antigistamin ta’siri mavjudligi sababli tsinnarizin sportchilarda antidoping nazoratida natijaga ta’sir qilishi mumkin (soxta musbat natija), shuningdek, teri diagnostik testlari o‘tkazilganda ijobiy reaksiyalarni yo‘qotishi mumkin (tekshiruvdan 4 kun oldin davolashni to‘xtatish lozim).
Uzoq muddat qo‘llanganda jigar, buyrak funksiyasi va periferik qon manzarasini nazorat tekshiruvdan o‘tkazish tavsiya etiladi.
Tsinnarizin qabul qilayotgan ayollarga emizish tavsiya etilmaydi.
Parkinson kasalligi bo‘lgan bemorlarga faqat uning qo‘llanishidan kutilayotgan foyda mumkin bo‘lgan holat yomonlashuvi xavfidan ustun bo‘lsa buyuriladi.
Davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va yuqori diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilar: qusish, uyquchanlik, tremor, arterial bosimning haddan tashqari pasayishi, koma.
Davolash: maxsus antidot mavjud emas, me’da yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, simptomatik terapiya.