Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari cinepar active gel 20 g
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
     100 g gel tarkibida
    faol moddalari: diklofenak dietilamin 1,16 g (natriy diklofenakka ekvivalent 1 g), zig‘ir yog‘i 3 g, metilsalisilat 10 g, mentol 5 g 
     
    yordamchi moddalari

    spirt benziloviy, karbomer 974, akrizol K-140, spirt izopropiloviy, propilenglikol, etanolamin, dinatriy edetat, butilgidroksitoloul, tozalangan suv. 
  • Qo'llanilishi
    Shish va og'riqni kamaytiradi, cho'zilish, bel sohasidagi og'riq, bo'g'imlar va mushaklardagi og'riqlarda qo'llaniladi. Quyidagi og'riq va yallig'lanish bilan kechadigan tayanch-harakat apparati kasalliklarida qo'llaniladi: - yumshoq to'qimalar va bo'g'imlarning travmadan keyingi yallig'lanishi (cho'zilish, zo'riqish va lat yeyish, sport jarohatlari natijasida); - yumshoq to'qimalarning revmatik kasalliklari (tendovaginit, bursit, periartikulyar to'qimalarning zararlanishi va boshqalar); - mushak va bo'g'im kasalliklari bilan bog'liq og'riq sindromi va shish (revmatik artrit, osteoartroz, radikulit, lumbago, ishiatik og'riq va boshqalar); - Dyupley sindromi va orqa umurtqa diskining siljishi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    terining yaxlitligi buzilishi; - homiladorlikning I trimestri; - laktatsiya davri (emizish); - preparat komponentlariga, atsetilsalisil kislotasiga yoki boshqa YOKlarga yuqori sezuvchanlik. - bemorlarda aspirin bilan qo'zg'atilgan astmatik holat.
  • Qo'llash usuli
    Tsinepar® aktiv gel faqat tashqi qo'llash uchun. Zararlangan joylarga kuniga 3-4 marta gel yo'qolguncha ishqalab surtish kerak. Foydalanish maydoniga qarab optimal miqdorni qabul qilish va ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Cinepar® aktiv gel kamdan-kam nojo'ya reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Ba'zan gel qo'llaniladigan joyda qizarish, qichishish yoki kuyish hissi, papulalar, vezikullar, terining quruqligi paydo bo'ladi. Ayrim bemorlarda fotosensibilizatsiya kuzatilishi mumkin. Juda kam hollarda yuqori sezgirlik reaktsiyalari (to'sma, qichitqi, bronxial astma, angionevrotik shish) kuzatiladi.
  • Farmakologik xususiyatlari
     
    Farmakokinetika

    Mahalliy qo‘llanganda preparatning adsorbsiyasi 6% ni tashkil etadi. Diklofenakning 99,7% qismi zardob oqsillari bilan, asosan (99,4%) albumin bilan bog‘lanadi. Diklofenak terida to‘planadi, bu esa moddaning sekin chiqarilishi manbai sifatida xizmat qiladi va teri osti to‘qimalariga o‘tadi. U yerdan diklofenak asosan chuqur yallig‘langan to‘qimalarga taqsimlanadi va saqlanadi, u yerda plazmadagi konsentratsiyadan 20 baravar yuqori konsentratsiyaga erishadi. Diklofenak qisman to‘g‘ridan-to‘g‘ri glyukuronidlanish yo‘li bilan turli fenol hosilalarga metabolizmga uchraydi. Fenol hosilalarning ikkitasi biofaol, lekin ancha past darajada. Diklofenakning umumiy klirensi plazmada 263 ml/min ni tashkil etadi. Diklofenak va uning metabolitlarining yarim chiqarilish davri 1-2 soatni tashkil etadi. Metabolitlardan biri 3-gidroksi-4-metoksidiklofenak uzoqroq yarim chiqarilish davriga ega. Diklofenak va uning metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi.


    Farmakodinamika

    Faol komponent - diklofenak nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat bo‘lib, analgetik va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Diklofenakning asosiy ta’sir mexanizmi prostaglandinlar biosintezini bostirishdan iborat, ya’ni, tsiklooksigenaza 1 va 2 turini neselektiv tarzda inhibe qilib, araxidon kislotasi metabolizmini buzadi.
    Gel og‘riq sindromini bartaraf etish va yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liq shishlarni kamaytirish uchun ishlatiladi va analgetik ta’siri prostaglandinlar sintezini bostirish bilan bog‘liq bo‘lib, preparat surtilgan joyda shish, og‘riq, giperemiyani kamaytiradi.
    Metilsalisilat – salitsil kislotasi hosilasi, tsiklooksigenazani neselektiv tarzda inhibe qiladi, PG sintezini kamaytiradi. Kapillyarlarning oshgan o‘tkazuvchanligini normallashtiradi, mikrotsirkulyatsiya jarayonlarini yaxshilaydi, yallig‘langan to‘qimalarda shish va infiltratsiyani kamaytiradi. Mahalliy qo‘llanganda terining chuqur qatlamlariga tez kirib boradi, so‘riladi, gidrolizlanadi va salitsil kislotasi anioniga aylanadi. Zig‘ir yog‘ining asosiy komponenti alfa-linolen kislotasi (to‘yinmagan yog‘ kislotalarining etil efiri) bo‘lib, u ham yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, terining qurishi va tirnashini kamaytiradi.
    Mentol teriga surtilganda sezgir nerv uchlarini tirnash xususiyati beradi, natijada mahalliy chalg‘ituvchi va o‘rtacha og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     Faqat tashqi vosita sifatida qo‘llaniladi.
    Tsinepar aktiv gel faqat butun teriga surtilishi kerak.
    Preparatni shikastlangan teri yuzasiga, ochiq yaralarga, ko‘z va shilliq qavatlarga surmang.
    Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
    Ta’sir qilmaydi 
  • Chiqarish shakli
     va qadoqlanishi 20 g, 50 g gel plastik laminatlangan tubalarga burama plastik qopqoq bilan joylanadi. Tuba davlat va rus tillarida tibbiy qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shohruh
    ico ico ico ico ico
    Пользуюсь уже неделю, результат просто потрясающий! Спасибо магазину Oxymed за быструю доставку.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличный гель! Быстрая доставка и хорошее качество продукта.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico