Qo'llanilishi
Xronik anemiyalar, vitamin V12 yetishmovchiligi bilan kechuvchi, yetishmovchilik sababidan qat'i nazar (Addison-Birmer kasalligi, alimentar makrotsitar anemiya), anemiyalar kompleks terapiyasida (shu jumladan temir tanqisligi, postgemorragik, aplastik; toksik moddalar va/yoki dori vositalari sababli yuzaga kelgan anemiyalar). Xronik gepatit, jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi. Polinevrit, radikulit, nevralgiya (shu jumladan uch shoxli nerv nevralgiyasi). Funikulyar miyeloz, periferik nervlar shikastlanishi, yonbosh amiotrofik skleroz, bolalar tserebral falaji, Daun kasalligi. Terining kasalliklari (psoriaz, fotodermatoz, gerpetiform dermatit, atopik dermatit). Profilaktik maqsadda – biguanidlar, paraaminosalisil kislotasi, askorbin kislotasi yuqori dozalarda buyurilganda. Me'da va ichak kasalliklarida, vitamin V12 so‘rilishi buzilishi bilan kechuvchi (me'daning bir qismini, ingichka ichakni rezektsiya qilish, Kron kasalligi, tseliakiya, malabsorbsiya sindromi, spru). O'tkir nurlanish kasalligi.