-
Tarkibi
faol modda sianokobalamin - 0,5 mg; yordamchi moddalari natriy xlorid, in'ektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
Vitamin B12 yetishmovchiligi bilan kechadigan surunkali anemiyalar, yetishmovchilik sabablaridan qat'i nazar (Addison-Birmer kasalligi, aliment makrotsitar anemiya), anemiyalarni kompleks davolash tarkibida (shu jumladan temir tanqisligi, postgemorragik, aplastik; toksik moddalar va/yoki dori vositalari bilan chaqirilgan anemiyalar). Surunkali gepatit, jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi. Polinevrit, radikulit, nevralgiya (shu jumladan uch shoxli nerv nevralgiyasi). Funikulyar miyeloz, periferik nervlar shikastlanishi, yonbosh amiotrofik skleroz, bolalar tserebral falaji, Daun kasalligi. Terining kasalliklari (psoriaz, fotodermatoz, gerpetiform dermatit, atopik dermatit). Profilaktik maqsadda – biguanidlar, paraaminosalisil kislotasi, askorbin kislotasi yuqori dozalarda buyurilganda. Oshqozon va ichak kasalliklarida, vitamin B12 so‘rilishi buzilishi bilan kechadigan (oshqozonning bir qismini, ingichka ichakni rezektsiya qilish, Kron kasalligi, tseliakiya, malabsorbsion sindrom, spru). O‘tkir nurlanish kasalligi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga gipersensitivlik. Eritremiyalar, eritrotsitoz. Yangi o'smalar, megaloblast anemiya va B12 vitamini yetishmovchiligi bilan kechadigan holatlar bundan mustasno. O'tkir tromboembolik kasalliklar. Yuqori funksional klassli stenokardiya. 1 ml da 500 mkg tsianokobalamin saqlovchi dori shakli uchun 3 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Preparat teri ostiga, mushak ichiga, vena ichiga va intralumbal tarzda qo‘llaniladi. Addison-Birmer anemiyasida – kuniga 100-200 mkg, teri ostiga har kuni; B12 vitamini yetishmovchiligi bilan bog‘liq anemiyalarda – kuniga 100-200 mkg har kuni. Funikulyar mieloz belgilari bilan kechuvchi anemiyalarda va asab tizimi zararlangan makrotsitar anemiyalarda – birinchi haftada 400-500 mkg har kuni, keyin esa 5-7 kunda 1 marta (bir vaqtda foliy kislotasi buyuriladi). Remissiya davrida funikulyar mieloz belgilari bo‘lmasa, qo‘llab-quvvatlovchi doza – 100 mkg oyiga 2 marta, nevrologik simptomlar bo‘lsa – 200-400 mkg oyiga 2-4 marta. O‘tkir postgemorragik va temir tanqisligi anemiyasida – 30-100 mkg haftasiga 2-3 marta, aplastik anemiyada – 100 mkg klinik-gematologik yaxshilanishga qadar. Markaziy asab tizimi kasalliklarida, og‘riqli nevrologik kasalliklarda doza oshirib boriladi – 200 dan 500 mkg gacha, holat yaxshilanganda – 100 mkg/kun. Davolash kursi 2 hafta. Periferik asab tizimi travmatik shikastlanishlarida – 200-400 mkg har kuni 40-45 kun davomida. Gepatit va jigar sirrozida 30-60 mkg/kun yoki 100 mkg har kuni 25-40 kun davomida yuboriladi. O‘tkir nurlanish kasalligida, diabetik nevropatiya, spruda – 60-100 mkg har kuni 20-30 kun davomida. Funikulyar mieloz, yon amiotrofik skleroz, tarqoq sklerozda – intralumbal 15-30 mkg, har bir inʼeksiyada doza oshiriladi (50; 100; 150; 200 mkg). Intralumbal inʼeksiyalar har 3 kunda bir marta qilinadi, kurs uchun jami 8-10 inʼeksiya talab qilinadi. Remissiya davrida funikulyar mieloz belgilari bo‘lmasa, qo‘llab-quvvatlovchi terapiya uchun 100 mkg oyiga ikki marta, nevrologik simptomatika bo‘lsa – 200-400 mkg oyiga 2-4 marta buyuriladi. B12 vitamini yetishmovchiligini bartaraf etish uchun preparat mushak ichiga yoki vena ichiga 1 mg har kuni 1-2 hafta davomida, profilaktika uchun – oyiga 1 marta yuboriladi. Davolash davomiyligi individual belgilanadi. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza – 500 mkg. Bolalar. Teri ostiga 1 mkg/kg tana vazniga, maksimal sutkalik doza – 100 mkg. Alimentar anemiya va muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda anemiyada – teri ostiga 30 mkg har kuni 15 kun davomida, bolalarda aplastik anemiyada – 100 mkg klinik-gematologik yaxshilanishga qadar. Kasalliklardan keyingi distrofiya holatlarida, Daun kasalligi va bolalar serebral falajida – teri ostiga 15-30 mkg har kuni. Gepatit va jigar sirrozida 30-60 mkg/kun yoki 100 mkg har kuni 25-40 kun davomida yuboriladi. Dozalar va qo‘llash tartibi patologiyaga bog‘liq va kuniga 30 dan 100 mkg gacha o‘zgaradi. 500 mkg/ml dori shakli 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Gematologik buzilishlar - giperkogulyatsiya. Yurak-qon tomir tizimi buzilishlari - taxikardiya, yurak sohasida og‘riq. Nerv tizimi tomonidan - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, asabiy qo‘zg‘aluvchanlik. Modda almashinuvi buzilishlari - akne, bullez toshmalar, ko‘ngil aynishi, terlash, purin almashinuvining buzilishi. Allergik reaksiyalar - teri ko‘rinishlari (urtikariya, toshma, qichishish), anafilaktik shok. Umumiy buzilishlar - holsizlik, isitma. Mahalliy reaksiyalar - og‘riq, qattiqlashish va in'ektsiya joyida nekroz.
-
Farmakologik xususiyatlari
Vitamin B12 (tsianokobalamin) metabolik, gemopoyetik ta'sir ko'rsatadi. Organizmda (asosan jigar) koferment shakliga – adenozilkobalamin yoki kobamamidga aylanadi, bu vitamin B12 ning faol shakli hisoblanadi. Kobamamid ko'plab fermentlar tarkibiga kiradi, shu jumladan foliy kislotani tetrahidrofoliy kislotaga qaytaruvchi reduktaza tarkibiga ham kiradi. Yuqori biologik faollikka ega. Kobamamid metil va boshqa bir uglerodli fragmentlarni tashishda ishtirok etadi, shuning uchun u dezoksiriboza va DNK, kreatin, metionin – metil guruhlar donori, lipotrop faktor – xolin sintezi, metilmalon kislotani miyelin tarkibiga kiruvchi yantar kislotaga aylantirish, propion kislotani utilizatsiya qilish uchun zarur. Kobamamid normal gemopoez uchun zarur, chunki u eritrotsitlarning yetilishiga yordam beradi. Eritrotsitlarda sulfgidril guruhlarni o'z ichiga olgan birikmalar sintezi va to'planishida ishtirok etadi, bu ularning gemolizga chidamliligini oshiradi. Qon ivish tizimini faollashtiradi, yuqori dozalarda tromboplastik faollik va protrombin faolligini oshiradi. Qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi. Jigar va asab tizimi funksiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. To'qimalarning regeneratsiya qobiliyatini oshiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davolash davrida periferik qon ko'rsatkichlarini nazorat qilish zarur, davolashning 5-8 kunida retikulotsitlar miqdori, temir konsentratsiyasi aniqlanadi. Eritrotsitlar, gemoglobin va rang ko'rsatkichi miqdorini 1 oy davomida haftasiga 1-2 marta, keyinchalik esa oyiga 2-4 marta nazorat qilish kerak. Remissiya eritrotsitlar soni 4000000-4500000/mkl gacha oshganda, eritrotsitlar normal o'lchamga yetganda, anizo- va poykilotsitoz yo'qolganda, retikulotsitlar miqdori retikulotsitar krizdan so'ng normallashganda erishiladi. Gematologik remissiyaga erishilgandan so'ng periferik qon nazorati har 4-6 oyda kamida 1 marta o'tkaziladi. Trombozga moyilligi bo'lgan shaxslar va stenokardiya bilan kasallangan bemorlarda davolash jarayonida ehtiyotkorlikka rioya qilish va qon ivish xususiyatini nazorat qilish zarur. Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanilishi. Homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan, shifokor nazorati ostida qo'llaniladi (vitamin B12 ning yuqori dozalarda teratogen ta'siri haqida ayrim ma'lumotlar mavjud) va emizish davrida, foyda/risk nisbatini hisobga olgan holda. Bolalar. Teriga ostiga yuboriladi. Doza va qo'llash tartibi patologiyaga bog'liq va kuniga 30 dan 100 mkg gacha o'zgaradi. 500 mkg/ml dori shakli 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi. Avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Davolash davrida avtotransport boshqarish va yuqori e'tibor hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan voz kechish zarur. Preparat yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llanilmasligi va bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlanishi kerak.