Farmakologik xususiyatlari
TSI-KLIM - o‘simlikdan olingan klimaksga qarshi vosita (tsimitsifuga fitоestrogenlari).
Import preparatlarining arzon analoги, terining qarishini sekinlashtirishga, menopauzaning noxush simptomlarini yumshatish yoki butunlay yo‘qotishga yordam beradi (issiq bosilishlar, terlash, yurak urishining tezlashishi, asabiylik, uyqusizlik va boshqalar).
Qo‘llashdan keyingi ta’siri:
- ayollarning klimakterik davrida hayot sifatini oshiradi;
- terining “qarishi”ning ko‘rinadigan belgilarini yo‘qotishga yordam beradi: bo‘shashish, qurish;
- klimakterik vegetovaskulyar ko‘rinishlarni yumshatishga yordam beradi (issiq bosilishlar, yurak urishining tezlashishi, terlash);
- psixoemotsional buzilishlarni yo‘qotishga yordam beradi: yig‘loqilik, asabiylashish, xavotirlik.
Ingredientlarning ta’siri
Tsimitsifuga fitоestrogenlari – o‘rinbosar gormonal terapiyaga xavfsiz va samarali alternativ.
Ular boshqa fitoestrogenlardan farq qiluvchi noyob ta’sir mexanizmiga ega.
Ular estrogen retseptorlari bilan bog‘lanmaydi, shuning uchun ayollarda estrogenga bog‘liq onkologik kasalliklar (bachadon saratoni, ko‘krak bezi saratoni) rivojlanish xavfini oshira olmaydi.
Shu bilan birga, boshqa fitoestrogenlar kabi, ular estrogen yetishmovchiligi va klimakterik sindrom ko‘rinishlarini samarali yo‘qotishga yordam beradi.