Qo'llash usuli
Preparat v/v va v/m yuboriladi.
Kattalarga 750 mg 3 marta/kun buyuriladi; og'ir kechadigan infeksiyalarda doza 1,5 g 3-4 marta/kun oshiriladi (zarur bo'lsa, yuborishlar orasidagi interval 6 soatgacha qisqartirilishi mumkin). O'rtacha sutkalik doza - 3-6 g.
Bolalarga 30-100 mg/kg/kun 3-4 qabulga buyuriladi. Ko'pchilik infeksiyalarda optimal doza 60 mg/kg/kun. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va 3 oygacha bo'lgan bolalarga 30 mg/kg/kun 2-3 qabulga buyuriladi.
Gonoreyada – v/m 1,5 mg bir marta (yoki 2 ta in'ektsiya ko'rinishida 750 mg dan har xil sohalarga, masalan, har ikkala dumba mushagiga yuboriladi).
Bakterial meningitda – v/v 3 g har 8 soatda; kichik va katta yoshdagi bolalarga - 150-250 mg/kg/kun 3-4 qabulga, yangi tug'ilgan chaqaloqlarga - 100 mg/kg/kun.
Qorin bo'shlig'i, tos a'zolari va ortopedik operatsiyalarda – v/v 1,5 g dozasida anesteziya induktsiyasi vaqtida, so'ngra qo'shimcha ravishda – v/m 750 mg 8 va 16 soatdan keyin operatsiyadan so'ng.
Yurak, o'pka, qizilo'ngach va qon tomirlar operatsiyalarida – v/v 1,5 g dozasida anesteziya induktsiyasi vaqtida, so'ngra – v/m 750 mg 3 marta/kun keyingi 24-48 soat davomida.
Pnevmoniyada – v/m yoki v/v 1,5 g 2-3 marta/kun 48-72 soat davomida, so'ngra og'iz orqali 500 mg 2 marta/kun 7-10 kun davomida.
Xronik bronxit zo‘rayishida v/m yoki v/v 750 mg 2-3 marta/kun 48-72 soat davomida, so'ngra og'iz orqali 500 mg 2 marta/kun 5-10 kun davomida buyuriladi.
To‘liq bo‘g‘im almashtirishda - 1,5 g kukun har bir metilmetakrilat tsement polimer paketi bilan suyuq monomer qo‘shilishidan oldin quruq holda aralashtiriladi.
Xronik buyrak yetishmovchiligida dozalash tartibini tuzatish zarur: KK 10 dan 20 ml/min gacha bo‘lsa, v/v yoki v/m 750 mg 2 marta/kun, KK<10 ml/min bo‘lsa - 750 mg 1 marta/kun buyuriladi.
Arterio-venoz shunt yordamida doimiy gemodializda yoki OITda yuqori tezlikdagi gemofiltratsiyada bo‘lgan bemorlarga 750 mg 2 marta/kun buyuriladi; past tezlikdagi gemofiltratsiyada bo‘lgan bemorlarga buyrak funksiyasi buzilishida tavsiya etilgan dozalar buyuriladi.
In'ektsiya uchun eritma tayyorlash
V/m in'ektsiyalar uchun eritma: 750 mg preparatga 3 ml in'ektsiya uchun suv qo'shiladi. Suspenziya hosil bo'lguncha ehtiyotkorlik bilan chayqatiladi. Tsefuroksim suvli eritmalar bilan, tarkibida 1% gacha lidokain gidroxlorid bo'lgan eritmalar bilan mos keladi.
V/v in'ektsiyalar uchun eritma: 750 mg preparat 6 yoki undan ko'p ml in'ektsiya uchun suvda, 1,5 g esa 15 yoki undan ko'p ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi.
Qisqa muddatli v/v infuziyalar uchun (30 minutgacha): 1,5 g preparat 50 ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi. Ushbu eritmalar to'g'ridan-to'g'ri vena ichiga yoki infuzion tizim trubkasiga yuborilishi mumkin.