Farmakologik xususiyatlari
Antibakterial bakterisid ta'sirga ega.
Bakteriyalar hujayra devori sintezini ingibitsiya qiladi.
Seftriakson ko‘pchilik gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan beta-laktamazalarga nisbatan barqaror.
Keng ta'sir doirasiga ega.
Gram-musbat aeroblar - Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus Viridians, Streptococcus hovis; gram-manfiy aeroblar - Aeromonas spp., Alcaligenes spp., Moraxella catarrhalis (shu jumladan beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlar), Citrobacter spp., Enterobacter spp. (ba'zi penitsillinaza ishlab chiqaruvchi shtammlar), Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella pneumonia), Moraxella spp., Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi shtammlar), Neiseria meningitis, Plesiomonas shigelloides, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providensia spp., Salmonella spp. (shu jumladan Salmonella typhi), Serratia spp. (shu jumladan Serratia marcescens), Shigella spp., Vibrio spp. (shu jumladan Vibrio cholerae), Yersinia spp. (shu jumladan Yersinia enterocolitica), anaeroblar - Bacteroides spp. (shu jumladan ba'zi Bacteroides fragilis shtammlari), Clostridium spp. (Clostridium difficile dan tashqari), Fusobacterium spp. (Fusobacterium mortiferum, Fusobacterium veritum dan tashqari), Gaffkya anaerobica., Peptostreptococcus spp, Acinetobacter Iwoffi, Acinetobacter anitratus, Borrelia burgdorferi, Burkholderia cepacia, Caphocytophaga spp., Escherichia coli, Pasteurella multocida, Proteus penneri, Pseudomonas fluorescens, Pseudomonas spp.
Seftriaksonga metitsillin barqaror Staphylococcus spp. shtammlari; Enterococcus spp. (Enterococcus faecalis), Clostridium difficile, beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi Bacteroides spp. shtammlari barqaror.
R-plazmid beta-laktamazalari, shuningdek, ko‘pchilik xromosomal penitsillinazalar va sefalosporinazalar tomonidan gidrolizlanmaydi, penitsillinlar, birinchi avlod sefalosporinlari va aminoglikozidlarga tolerant bo‘lgan multirezistent shtammlarga ta'sir qilishi mumkin.
Ba'zi bakteriya shtammlarining orttirilgan barqarorligi seftriaksonni faollashtiruvchi beta-laktamaza («seftriaksonaza») ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq.