-
Qo'llanilishi
Tseftriakson quyidagi infeksiyalarni davolash uchun kattalar va bolalarda, shu jumladan to‘liq muddatli yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llaniladi:
- bakterial meningitlar;
- kasalxonadan tashqari va kasalxona pnevmoniyalari;
- o‘tkir o‘rta otit;
- qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari;
- asoratli siydik yo‘llari infeksiyalari;
- suyak va bo‘g‘imlar infeksiyalari;
- asoratli teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari;
- gonoreya;
- sifilis;
- bakterial endokardit.
Preparat quyidagilar uchun qo‘llanilishi mumkin:
- kattalarda surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklarining zo‘rayishini davolash uchun;
- kattalar va bolalarda, shu jumladan hayotining 15-kunidan boshlab yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda Lym borrelyozining tarqalgan erta (II) va kech (III) bosqichini davolash uchun;
- jarrohlik infeksiyasining operatsiyadan oldingi profilaktikasi uchun;
- neytropeniya va ehtimol bakterial infeksiya bilan bog‘liq isitmasi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun;
- yuqorida sanab o‘tilgan infeksiyalar natijasida rivojlangan bakteriemiya bilan bemorlarni davolashda.
Tseftriakson etiologik omillar diapazoni uning ta’sir doirasiga mos kelmaydigan hollarda boshqa antibakterial preparatlar bilan birga buyurilishi mumkin. Antibakterial preparatlarni to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha rasmiy ko‘rsatmalarga rioya qilish zarur.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- tseftriakson, boshqa tsefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik;
- boshqa har qanday beta-laktam antibakterial preparatlarga (penitsillinlar, monobaktamlar, karbapenemlar) og‘ir yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (masalan, anafilaktik reaksiyalar) anamnezda.
Tseftriakson quyidagilarga qarshi ko‘rsatilgan:
- 41 haftalik yoshgacha (gestatsion yosh + xronologik yosh) bo‘lgan muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda;
- to‘liq muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda (hayotining 28 kunigacha):
a) gipyerbilirubinemiya, sariqlik, hipoalbuminemiya yoki atsidoz, bilirubin bog‘lanishining buzilishi mumkin bo‘lgan holatlarda*;
b) agar ularga kalsiy yoki kalsiy saqlovchi eritmalarni tomir ichiga yuborish talab qilinsa (yoki talab qilinishi mumkin bo‘lsa), tseftriaksonning kalsiy tuzi cho‘kmalarining hosil bo‘lishi xavfi tufayli.
* In vitro tadqiqotlar tseftriaksonning bilirubinni zardob albuminidan siqib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatdi, bu esa ushbu bemorlarda bilirubin ensefalopatiyasi xavfini oshiradi.
-
Qo'llash usuli
Tseftriaksonni kamida 30 daqiqa davomida vena ichiga infuziya tarzida (afzal ko‘riladigan yuborish usuli), vena ichiga sekin oqimda 5 daqiqa davomida yoki mushak ichiga (chuqur in'ektsiyalar) yuborish kerak.
Vena ichiga oqimda yuborishni 5 daqiqa davomida, afzal ko‘rilgan holda katta venalarga amalga oshirish kerak.
Vena ichiga 50 mg/kg yoki undan ko‘p dozalarda yuborish chaqaloqlar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda infuziya yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda infuziya davomiyligi 60 daqiqadan ko‘proq bo‘lishi kerak, bu potensial bilirubin ensefalopatiyasi xavfini kamaytirish uchun.
Mushak ichiga yuborish chuqur in'ektsiya tarzida katta mushaklarga amalga oshirilishi kerak, bir mushakka 1 g dan ko‘p yuborilmasligi lozim. Tseftriakson mushak ichiga faqat preparatni vena ichiga yuborish imkoni bo‘lmaganda yoki mushak ichiga yuborish yo‘li bemor uchun afzal bo‘lganda yuborilishi kerak.
Mushak ichiga in'ektsiya qilganda, darhol ukoldan so‘ng shprits porshini tortib ko‘rish kerak (qon chiqmasligi lozim), igna qon tomiriga tushmaganligiga ishonch hosil qilish uchun. Yangi tayyorlangan eritmalarni ishlatish tavsiya etiladi.
Tseftriakson yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kalsiy preparatlari yoki kalsiy saqlovchi eritmalar yuborilishi zarur bo‘lganda qo‘llash mumkin emas, chunki tseftriakson-kalsiy pretsipitatlari o‘pka va buyraklarda hosil bo‘lish xavfi mavjud.
Cho‘kma hosil bo‘lishi xavfi tufayli tseftriaksonni eritishda kalsiy saqlovchi preparatlar (Ringer eritmasi, Hartman eritmasi) ishlatilmasligi kerak.
Shuningdek, tseftriaksonning kalsiy tuzlari pretsipitatlari preparatni kalsiy saqlovchi eritmalar bilan bir infuzion tizimda aralashtirilganda hosil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tseftriakson va kalsiy saqlovchi eritmalarni aralashtirish yoki bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Jarrohlik infeksiyalarining operatsiyadan oldingi profilaktikasi uchun tseftriaksonni operatsiyadan 30-90 daqiqa oldin yuborish kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar: eshakemi, titroq yoki isitma, toshma, qichishish; kam hollarda - bronxospazm, eozinofiliya, ekssudativ ko‘p shaklli eritema (jumladan, Stivens-Djonson sindromi), zardob kasalligi, anafilaktik shok.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, meteorizm, qorin og‘rig‘i, ta’m buzilishi, stomatit, glossit, soxta membranoz enterokolit, jigar funksiyasining buzilishi (jigar transaminazalari faolligining oshishi, kam hollarda - SHF yoki bilirubin, xolestatik sariqlik), o‘t pufagida soxta xolelitiaz (“sludge” sindromi), disbakterioz.
Qon hosil bo‘lish tizimi tomonidan: anemiya, leyopeniya, leykotsitoz, neyropeniya, granulositopeniya, limfopeniya, trombotsitoz, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, gipokoagulyatsiya, qon ivishining plazma omillari (II, VII, IX, X) konsentratsiyasining pasayishi, protrombin vaqtining uzayishi.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: buyrak funksiyasining buzilishi (azotemiya, qonda siydik miqdorining oshishi, giperkreatininemiya, glyukozuriya, silindruriya, gematuriya), oliguriya, anuriya.
Mahalliy reaksiyalar: flebit, vena bo‘ylab og‘riqlilik, mushak ichiga yuborish joyida og‘riqlilik va infiltrat.
Boshqa: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, burundan qon ketishi, kandidiaz, superinfeksiya.
-
Farmakologik xususiyatlari
Yarim sintetik III avlod keng ta'sir doirasiga ega tsefalosporin antibiotik.
Tseftriaksonning bakteritsid faolligi hujayra membranalarining sintezini bostirish bilan bog‘liq. Preparat gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarning beta-laktamazalari (penitsillinaza va tsefalosporinaza) ta’siriga yuqori chidamlilik bilan ajralib turadi.
Tseftriakson gram-manfiy aerob mikroorganizmlarga nisbatan faol: Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae (shu jumladan, ampisillinga chidamli shtammlar), Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella spp. (shu jumladan, Klebsiella pneumoniae), Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan, penitsillinaza hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlar), Neisseria meningitidis, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Morganella morganii, Serratia marcescens, Citrobacter freundii, Citrobacter diversus, Providencia spp., Salmonella spp., Shigella spp., Acinetobacter calcoaceticus.
Yuqorida sanab o‘tilgan mikroorganizmlarning ba’zi shtammlari, boshqa antibiotiklarga, masalan, penitsillinlar, tsefalosporinlar, aminoglikozidlarga chidamli bo‘lsa ham, tseftriaksonga sezgir.
Pseudomonas aeruginosa ning ayrim shtammlari ham preparatga sezgir.
Preparat gram-musbat aerob mikroorganizmlarga nisbatan faol: Staphylococcus aureus (shu jumladan, penitsillinaza hosil qiluvchi shtammlar), Staphylococcus epidermidis (metitsillinga chidamli stafilokokklar barcha tsefalosporinlarga, jumladan tseftriaksonga ham chidamli), Streptococcus pyogenes (A guruhi beta-gemolitik streptokokklar), Streptococcus agalactiae (B guruhi streptokokklar), Streptococcus pneumoniae; anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides spp., Clostridium spp. (Clostridium difficile dan tashqari).