-
Qo'llanilishi
Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: faringit, tonzillit, sinusitlar, o‘tkir va surunkali bronxit, o‘rta otit, asoratsiz siydik yo‘llari infeksiyalari, asoratsiz gonoreya.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Tsefalosporinlar va penisillinlarga yuqori sezuvchanlik
-
Qo'llash usuli
Kattalar va tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan 12 yoshdan katta bolalar uchun sutkalik doza 400 mg ni tashkil etadi (1 marta/kun yoki 200 mg dan 2 marta/kun). Davolash kursining davomiyligi - 7-10 kun. Asoratsiz gonoreyada - 400 mg bir marta. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - tana vazniga 8 mg/kg 1 marta/kun yoki 4 mg/kg har 12 soatda. Streptococcus pyogenes chaqirgan infeksiyalarda davolash kursi kamida 10 kun bo‘lishi kerak. Buyrak funksiyasi buzilganda (KK 21 dan 60 ml/min gacha) yoki gemodializdagi bemorlarda sutkalik doza 25% ga kamaytirilishi kerak. KK≤20 ml/min bo‘lsa yoki peritoneal dializdagi bemorlarda sutkalik doza 2 marta kamaytiriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz qurishi, anoreksiya, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, meteorizm, jigar transaminazalari va SHF faolligining o‘tkinchi oshishi, giperbilirubinemia, sariqlik, OVKT kandidozi, disbakterioz; kamdan-kam hollarda - stomatit, glossit, soxta parda bilan bog‘liq enterokolit. Qon hosil qilish tizimi tomonidan: leyopeniya, trombotsitopeniya, neyropeniya, gemolitik anemiya. Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i. Siydik ajratish tizimi tomonidan: interstitsial nefrite. Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, toshma, teri giperemiyasi, eozinofiliya, isitma.
-
Farmakologik xususiyatlari
III avlod yarimsintetik tsefalosporin antibiotigi, og‘iz orqali qabul qilinadi, keng ta’sir doirasiga ega. Bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir mexanizmi qo‘zg‘atuvchi hujayra membranasining sintezini bostirish bilan bog‘liq. Tsefiksim ko‘pchilik gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan β-laktamazalarga chidamli. In vitro tsefiksim quyidagi gram-musbat bakteriyalarga nisbatan faol: Streptococcus agalactiae; gram-manfiy bakteriyalar: Haemophilus parainfluenzae, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella oxytoca, Pasteurella multocida, Providencia spp., Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter amalonaticus, Citrobacter diversus, Serratia marcescens. In vitro va klinik amaliyot sharoitida tsefiksim quyidagi gram-musbat bakteriyalarga nisbatan faol: Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes; gram-manfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Moraxella (Branhamella) catarrhalis, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Neisseria gonorrhoeae. Tsefiksimga Pseudomonas spp., Enterococcus (Streptococcus) D seroguruhi, Listeria monocytogenes, ko‘pchilik Staphylococcus spp. (shu jumladan metitsillin-rezistent shtammlar), Enterobacter spp., Bacteroides fragilis, Clostridium spp. chidamli.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Ehtiyotkorlik bilan qariyalar, surunkali buyrak yetishmovchiligi yoki psevdomebranli kolit (anamnezda) bo‘lgan bemorlarda, 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash lozim. Uzoq muddat qo‘llanganda ichakning normal mikroflorasi buzilishi mumkin, bu esa Clostridium difficile o‘sishiga va og‘ir diareya hamda psevdomebranli kolit rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Anamnezida penitsillinlarga allergik reaksiyalar bo‘lgan bemorlarda, sefalosporin antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik namoyon bo‘lishi mumkin. Davolash davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kumbs reaksiyasining ijobiy natijasi va siydikda glyukozaga soxta ijobiy reaksiya kuzatilishi mumkin.