-
Tavsif
Oq yoki oqsariq tusli kukun.
Qayta tiklangan eritma: och sariqdan to sariq ranggacha shaffof eritma.
-
Qo'llanilishi
Tsefoperazon+Sulbaktam preparati quyidagi, preparatga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqargan infeksiyalarni davolash uchun ko‘rsatilgan:
Yuqori va pastki nafas yo‘llari infeksiyalari;
Siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari;
Peritonit, xoletsistit, xolangit va boshqa intraabdominal infeksiyalar;
Sepsis;
Menengit;
Teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari;
Suyak va bo‘g‘imlar infeksiyalari;
Gonoreya;
Kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari, endometrit va boshqa jinsiy yo‘llar infeksiyalari.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Tsefoperazon/sulbaktam penitsillinlar, sulbaktam, tsefoperazon yoki boshqa tsefalosporinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarga kontraindikasiyalangan.
-
Qo'llash usuli
Vena ichiga (v/v) va mushak ichiga (v/m).
Kattalarda qo'llanilishi
Kattalarda tsefoperazon+sulbaktam quyidagi sutkalik dozalarda qo'llash tavsiya etiladi:
Tsefoperazon+Sulbaktam nisbati (mg) Sulbaktam doza (mg) Tsefoperazon doza (mg)
1:1 2000-4000 1000-2000 1000-2000
Sutkalik doza teng qismlarga bo'linib, har 12 soatda yuborilishi kerak.
Og'ir yoki refrakter infeksiyalarda tsefoperazon+sulbaktamning sutkalik dozasini asosiy komponentlar nisbati 1:1 bo'lganda 8000 mg gacha oshirish mumkin (ya'ni, 4000 mg tsefoperazon). 1:1 nisbatda tsefoperazon+sulbaktam oladigan bemorlarga qo'shimcha tsefoperazon yuborish talab qilinishi mumkin. Doza teng qismlarga bo'linib, har 12 soatda yuboriladi.
Sulbaktamning tavsiya etilgan maksimal sutkalik doza miqdori 4000 mg ni tashkil etadi.
Buyrak funksiyasi buzilganda qo'llanilishi
Kreatinin klirensi 15-30 ml/min bo'lgan bemorlarda sulbaktamning maksimal doza miqdori har 12 soatda 1000 mg (sulbaktamning maksimal sutkalik doza miqdori 2000 mg), kreatinin klirensi 15 ml/min dan kam bo'lgan bemorlarda esa sulbaktamning maksimal doza miqdori har 12 soatda 500 mg (sulbaktamning maksimal sutkalik doza miqdori 1000 mg) ni tashkil etadi.
Og'ir infeksiyalarda qo'shimcha tsefoperazon yuborish talab qilinishi mumkin.
Sulbaktam farmakokinetikasi gemodializda sezilarli darajada o'zgaradi. T1/2 tsefoperazon qondagi zardobidan gemodializ vaqtida biroz kamayadi. Shuning uchun, preparatni yuborishni dializdan keyin rejalashtirish kerak.
Jigar funksiyasi buzilganda qo'llanilishi
Dozani o'zgartirish og'ir o't yo'llari obstruksiyasi, og'ir jigar kasalliklari, shuningdek, yuqorida ko'rsatilgan holatlardan biri bilan birga bo'lgan buyrak funksiyasi buzilishida talab qilinishi mumkin.
Jigar funksiyasi buzilgan va birga buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda tsefoperazonning qondagi zardob kontsentratsiyasini monitoring qilish va zarur bo'lsa, uning dozasini tuzatish kerak.
Agar tsefoperazonning sutkalik doza miqdori 2000 mg dan oshmasa, uning qondagi zardob kontsentratsiyasini nazorat qilish zarur emas (qarang bo'lim "Maxsus ko'rsatmalar").
Bolalarda qo'llanilishi
Bolalarda tsefoperazon+sulbaktam quyidagi sutkalik dozalarda qo'llash tavsiya etiladi:
Tsefoperazon+Sulbaktam nisbati doza
(mg/kg/sut) Sulbaktam doza
(mg/kg/sut) Tsefoperazon doza
(mg/kg/sut)
1:1 40-80 20-40 20-40
Doza teng qismlarga bo'linib, har 6-12 soatda yuboriladi.
Og'ir yoki refrakter infeksiyalarda sutkalik doza asosiy komponentlar nisbati 1:1 bo'lganda 160 mg/kg/sut gacha oshirilishi mumkin. Sutkalik doza 2-4 teng qismga bo'linadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda qo'llanilishi
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda hayotining birinchi haftasida preparat har 12 soatda yuboriladi. Bolalarda sulbaktamning maksimal sutkalik doza miqdori 80 mg/kg/sut dan oshmasligi kerak.
Parenteral qo'llash uchun eritmalar tayyorlash usuli
Suyultirish:
Umumiy doza (mg) Tsefoperazon+Sulbaktam ekvivalent dozalari (mg) Erituvchi hajmi, ml Maksimal yakuniy kontsentratsiya, (mg/ml)
500 250 + 250 1,7 125 + 125
1000 500 + 500 3,4 125 + 125
2000 1000 + 1000 6,7 125 + 125
Mushak ichiga yuborish:
Lidokain ishlatib eritma tayyorlash. Mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlashda 2% lidokain gidroxlorid eritmasidan foydalanish mumkin, biroq u dastlabki eritish uchun ishlatilmaydi, ularning nomutanosibligi hisobga olinadi. Moslikka ikki bosqichli eritma tayyorlash orqali erishiladi - dastlab kukun in'ektsiya uchun steril suvda eritiladi, so'ngra 2% lidokain gidroxlorid eritmasi bilan suyultiriladi. Erituvchi umumiy hajmi 6,7 ml ni tashkil etadi. Yakuniy eritma 1 ml 0,5% lidokain eritmasida 125 mg/125 mg tsefoperazon/sulbaktam nisbati bo'ladi.
Vena ichiga yuborish:
Infuziyalar uchun eritma tayyorlashda 2000 mg (1000 mg+1000 mg) Tsefoperazon+Sulbaktam preparati dastlab 6,7 ml quyidagi infuzion eritmalardan birida eritiladi: 5% dekstroza eritmasi, 5% dekstroza eritmasi 0,225% natriy xlorid eritmasida, 5% dekstroza eritmasi 0,9% natriy xlorid eritmasida, 0,9% natriy xlorid eritmasi yoki in'ektsiya uchun suv, so'ngra boshlang'ich eritma bilan 20 ml gacha suyultiriladi.
Ringer laktatidan foydalanib eritma tayyorlash
Ringer laktati dastlabki suyultirish uchun yaroqsiz bo'lganligi sababli, eritma ikki bosqichda tayyorlanadi: avval in'ektsiya uchun suvdan foydalaniladi (yuqoridagi jadvalga qarang), so'ngra olingan eritma Ringer laktati eritmasi bilan sulbaktam kontsentratsiyasi 5 mg/ml gacha suyultiriladi (2 ml boshlang'ich eritma 50 ml Ringer laktati eritmasida yoki 4 ml 100 ml Ringer laktati eritmasida suyultiriladi). Infuziya 15-60 daqiqa davomida o'tkaziladi.
Vena ichiga in'ektsiya uchun har bir flakon tarkibi yuqorida infuziya uchun eritma tayyorlashda ko'rsatilgan erituvchilardan birining 6,7 ml da eritiladi va kamida 3 daqiqa davomida yuboriladi. Tiklangan eritma xona haroratida 24 soat saqlanadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Umuman olganda, Tsefopeerazon+Sul'baktam preparati yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya hodisalarning aksariyatining og‘irlik darajasi yengil va o‘rtacha bo‘lgan.
Quyida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalar klinik tadqiqotlar (taqqoslovchi va taqqoslovchi bo‘lmagan) davomida ham, preparat ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin ham kuzatilgan.
Preparatning tibbiy qo‘llanilishi bo‘yicha yo‘riqnomada keltirilgan barcha nojo‘ya reaksiyalar MedDRA tasnifiga muvofiq keltirilgan. Har bir chastota toifasida nojo‘ya reaksiyalar klinik ahamiyat darajasiga muvofiq keltirilgan.
Chastota CIOMS III (Xalqaro tibbiy ilmiy tashkilotlar kengashi) toifalariga muvofiq keltirilgan: juda tez-tez ≥ 1/10 (≥ 10%); tez-tez: ≥ 1/100 va < 1/10 (≥ 1% va < 10%); kamdan-kam: ≥ 1/1000 va < 1/100 (≥ 0,1% va < 1%); chastota noma’lum: mavjud ma’lumotlar asosida chastotani aniqlash mumkin emas.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: leyopeniya§, neyropeniya, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kumbs reaksiyasining ijobiy natijasi§, gemoglobin miqdorining pasayishi§, gematokrit miqdorining pasayishi§, trombotsitopeniya§;
Tez-tez: koagulonatiya*, eozinofiliya§;
Chastota noma’lum: gipoprothrombinemiya*.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Chastota noma’lum: anafilaktik shok*†, anafilaktik reaksiya**, anafilaktoid reaksiya† (shokni o‘z ichiga oladi)*, gipersensitivlik reaksiyalari*†.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Kamdan-kam: bosh og‘rig‘i.
Tomirlar tomonidan buzilishlar
Chastota noma’lum: qon ketishi*†, vaskulit*, arterial gipotenziya*.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish;
Chastota noma’lum: soxta membranoz kolit*.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: alaninaminotransferaza (ALT) §, aspartataminotransferaza (AST) §, qondagi ishqoriy fosfataza faolligining oshishi§;
Tez-tez: qondagi bilirubin miqdorining oshishi§;
Chastota noma’lum: sariqlik*.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kamdan-kam: qichishish, toshma (urtikariya);
Chastota noma’lum: toksik epidermal nekroliz*†, Stivens-Djonson sindromi*†, eksfoliativ dermatit*†, makulopapulyoz toshma*.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Chastota noma’lum: gematuriya*.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Kamdan-kam: infuziya joyida flebit, in'ektsiya joyida og‘riq va kuydiruvchi hissiyot, isitma, titroq.
* Preparatni ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyingi qo‘llashda aniqlangan nojo‘ya hodisalar.
§ Laborator tahlil natijalarining normadan chetlanishi ko‘rinishidagi nojo‘ya reaksiyalar chastotasini hisoblashda barcha mavjud tahlil natijalari, shu jumladan, boshlang‘ich darajada normadan chetlanish kuzatilgan bemorlar ma’lumotlari hisobga olingan. Bunday konservativ yondashuv qo‘llanilgan, chunki boshlang‘ich ma’lumotlar laborator tahlil natijalarining boshlang‘ich darajasida chetlanish bo‘lgan bemorlar orasida davolash boshlanganidan keyin laborator tahlil natijalarida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lgan bemorlar va bo‘lmagan bemorlar guruhini ajratishga imkon bermagan.
Leykotsitlar, neyrofillar, trombotsitlar, gemoglobin va gematokrit miqdori bo‘yicha tadqiqot hisobotlarida faqat normadan chetlanishlar haqida xabar berilgan. Ko‘rsatkichlarning oshishi yoki pasayishi ko‘rsatilmagan.
† O‘lim bilan yakunlangan holatlar haqida xabarlar mavjud.
-
Farmakologik xususiyatlari
Antibakterial komponenti tsefoperazon/sulbaktam tsefoperazon hisoblanadi – uchinchi avlod tsefalosporin bo‘lib, u sezgir mikroorganizmlarga ularning faol ko‘payishi davrida hujayra devorining mukopeptid biosintezini bostirish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatadi.
Sulbaktam klinik ahamiyatli antibakterial faollikka ega emas (istisno Neisseriaceae va Acinetobacter). Biroq, u ko‘pchilik asosiy beta-laktamazalarning qaytmas ingibitori ekanligi aniqlangan, bu fermentlar beta-laktam antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladi.
Sulbaktamning penitsillinlar va tsefalosporinlarning chidamli mikroorganizmlar tomonidan parchalanishini oldini olish qobiliyati rezistent shtammlar bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda tasdiqlangan, bunda sulbaktam penitsillinlar va tsefalosporinlar bilan yaqqol sinergizmga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, sulbaktam ayrim penitsillin bilan bog‘lovchi oqsillar bilan o‘zaro ta’sir qiladi, shuning uchun tsefoperazon/sulbaktam ko‘pincha sezgir shtammlarga nisbatan faqat tsefoperazonga qaraganda kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi.
Tsefoperazon va sulbaktam kombinatsiyasi tsefoperazonga sezgir barcha mikroorganizmlarga nisbatan faol. Bundan tashqari, u turli mikroorganizmlarga, birinchi navbatda: Haemophilus influenzae, Bacteroides spp., Staphylococcus spp., Acinetobacter calcoaceticus, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Citrobacter freundii, Enterobacter cloacae, Citrobacter diversus ga nisbatan sinergizmga ega.
Tsefoperazon/sulbaktam in vitro sharoitida klinik ahamiyatga ega bo‘lgan mikroorganizmlarning keng spektriga nisbatan faol.
Gram-musbat mikroorganizmlar
Staphylococcus aureus (penitsillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (A guruhi beta-gemolitik streptokokk), Streptococcus agalactiae (B guruhi beta-gemolitik streptokokk), ko‘pchilik boshqa beta-gemolitik streptokokk shtammlari, ko‘plab Streptococcus faecalis (enterokokklar) shtammlari.
Gram-manfiy mikroorganizmlar
Escherichia coli, Klebsiella spp., Enterobacter spp., Citrobacter spp., Haemophilus influenzae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Morganella morganii, Providencia rettgeri, Providencia spp., Serratia spp. (shu jumladan Serratia marcescens), Salmonella spp. va Shigella spp., Pseudomonas aeruginosa va ayrim boshqa Pseudomonas spp., Acinetobacter calcoaceticus, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Bordetella pertussis, Yersinia enterocolitica.
Anaerob mikroorganizmlar
Gram-manfiy tayoqchalar (shu jumladan Bacteroides fragilis, boshqa Bacteroides spp. va Fusobacterium spp.).
Gram-musbat va gram-manfiy kokklar (shu jumladan Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. va Veillonella spp.).
Gram-musbat tayoqchalar (shu jumladan Clostridium spp., Eubacterium spp. va Lactobacillus spp.).
Tsefoperazon/sulbaktam uchun quyidagi sezgirlik darajalari belgilangan. Minimal to‘xtatuvchi konsentratsiya (MTK) mkg/ml da, tsefoperazon konsentratsiyasida ifodalangan: sezgir mikroorganizmlar uchun ≤16, oraliq sezgirlikdagi organizmlar uchun 17-63 oralig‘ida, rezistentlar uchun esa 64 dan yuqori. Disk-diffuzion usulda sezgirlik zonalari: sezgir mikroorganizmlar uchun ≥21 mm; oraliq sezgirlikda – 16 dan 20 mm gacha, rezistentlar uchun ≤15 mm.
MTK ni aniqlash uchun tsefoperazon/sulbaktamning 1:1 nisbatda seriyali suyultirish usuli bulon yoki agar muhitida qo‘llanilishi mumkin.
MTK ni disk-diffuzion usulda aniqlash uchun 30 mkg sulbaktam va 75 mkg tsefoperazon saqlovchi diskdan foydalanish tavsiya etiladi.
30 mkg sulbaktam va 75 mkg tsefoperazon saqlovchi disklar qo‘llanilganda quyidagi sifat nazorati me’yorlari tavsiya etiladi. Acinetobacter spp. (ATCC 43498) nazorat shtammi uchun zona diametri 26-32; Pseudomonas aeruginosa (ATCC 27853) uchun – 22-28; Escherichia coli (ATCC 25922) uchun – 27-33; Staphylococcus aureus (ATCC 25923) uchun – 23-30.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Tayyorlangan tsefoperazon+sulbaktam va aminoglikozid preparatlari eritmalarini aralashtirish tavsiya etilmaydi, ular o‘rtasida farmatsevtik nomutanosiblik mavjud.
Agar tsefoperazon+sulbaktam va aminoglikozid preparatlari bilan birgalikda davolash o‘tkazilsa, ikkala preparat ketma-ket infuziyalar orqali, alohida ikkilamchi kateterlardan foydalanilgan holda yuboriladi, asosiy kateter esa preparatlarning dozalari yuborilishi orasida yetarlicha yaxshilab yuviladi. Tsefoperazon+sulbaktam va aminoglikozid preparatlarini kun davomida yuborish oralig‘i imkon qadar uzoq bo‘lishi kerak.
Etanol
Tsefoperazon bilan davolash vaqtida va uni yuborishdan so‘ng 5 kungacha etanol qabul qilinganda, "to‘lqinlanish", terlash, bosh og‘rig‘i va taxikardiya bilan tavsiflanadigan disulfiramga o‘xshash ta’sirlar qayd etilgan. Sun’iy oziqlantirish (og‘iz orqali yoki parenteral) talab qilinadigan bemorlarda etanol saqlovchi eritmalardan foydalanishdan saqlanish kerak.
Benedikt yoki Feling eritmasidan foydalanganda siydikda glyukozaga soxta musbat reaksiya kuzatilishi mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Ehiyotkorlik bilan: Buyrak va jigar funksiyasining og‘ir darajadagi buzilishi. Yangi tug‘ilganlar, shu jumladan muddatidan oldin tug‘ilgan bolalar. Beta-laktam antibiotiklar, shu jumladan sefalosporinlar, jumladan tsefoperazon+sulbaktam bilan davolash fonida, shu jumladan o‘limga olib keluvchi gipersezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi haqida xabar berilgan. O‘limga olib keluvchi gipersezuvchanlik reaksiyalari xavfi, ko‘plab allergenlarga gipersezuvchanlik reaksiyalari bo‘lgan bemorlarda yuqoriroq. Allergik reaksiya yuzaga kelganda preparatni bekor qilish va adekvat terapiya tayinlash zarur. Jiddiy anafilaktik reaksiyalar (qarang bo‘lim "Nojo‘ya ta’siri") yuzaga kelganda epinefrin, glyukokortikosteroidlarni zudlik bilan yuborish; nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash, shu jumladan intubatsiyani amalga oshirish zarur. Toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi va eksfoliativ dermatit kabi og‘ir teri reaksiyalari, ba’zi hollarda o‘lim bilan yakunlangan (qarang bo‘lim "Nojo‘ya ta’siri"), tsefoperazon+sulbaktam bilan davolanayotgan bemorlarda kuzatilgan. Og‘ir teri reaksiyalari rivojlangan taqdirda tsefoperazon+sulbaktam qo‘llashni to‘xtatish va mos davolashni boshlash kerak. Bemorlarni, Tsefoperazon+Sulbaktam preparati bilan davolash fonida alkogol ichimliklarni iste’mol qilishda disulfiramga o‘xshash effektlar paydo bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirish zarur. Doza o‘zgarishi og‘ir safro yo‘llari obstruksiyasi, og‘ir jigar kasalliklari, shuningdek, buyrak funksiyasi buzilishi yuqoridagi holatlardan biri bilan birga bo‘lsa talab qilinishi mumkin. Jigar funksiyasi buzilishi va birga buyrak funksiyasi buzilishi bo‘lgan bemorlarda tsefoperazonning qon zardobidagi konsentratsiyasini monitoring qilish va zarur bo‘lsa dozasini tuzatish kerak. Agar tsefoperazonning kunlik doza 2000 mg dan oshmasa, uning zardobdagi konsentratsiyasini nazorat qilish zarur emas. Tsefoperazon plazmadagi oqsillar bilan bog‘langan bilirubinni siqib chiqarmaydi. Tsefoperazon+sulbaktam bilan davolangan bemorlarda, shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan jiddiy qon ketish holatlari kuzatilgan. Tsefoperazon bilan davolashda K vitamini yetishmovchiligi, koagulopatiyaga olib keluvchi holat rivojlangan. Buning sababi, ehtimol, ushbu vitaminni sintez qiluvchi normal ichak mikroflorasining bostirilishi hisoblanadi. Xavf guruhiga to‘liq bo‘lmagan ovqatlanish oladigan, malabsorbsiya sindromi (masalan, mukovistsidozda) bo‘lgan va uzoq muddatli vena ichiga sun’iy ovqatlanishda bo‘lgan bemorlar kiradi. Bunday hollarda, shuningdek, antikoagulyantlar qabul qilayotgan bemorlarda protrombin vaqtini nazorat qilish va ko‘rsatmalar bo‘lsa K vitamini tayinlash zarur. Tsefoperazon+sulbaktamni, qon ketishining boshqa sabablari bo‘lmasa va u to‘xtamasa, bekor qilish kerak. Tsefopeazon+Sulbaktam preparati bilan uzoq muddatli davolashda, boshqa antibiotiklar kabi, sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarning ortiqcha o‘sishi kuzatilishi mumkin. Bemorlarni davolash davomida diqqat bilan kuzatish zarur. Uzoq muddatli terapiyada ichki organlar, shu jumladan buyrak, jigar va tizimli gemopoez funksiyasini davriy nazorat qilish tavsiya etiladi. Bu ayniqsa yangi tug‘ilganlar, avvalo muddatidan oldin tug‘ilganlar va kichik yoshdagi bolalar uchun muhim. Clostridium difficile bilan bog‘liq diareya holatlari deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan tsefoperazon+sulbaktam qo‘llanilganda kuzatilgan. Diareya og‘irligi yengil shakllardan og‘ir shakllargacha bo‘lishi mumkin. Antibakterial preparatlar bilan davolash normal ichak mikroflorasini buzadi, bu esa Clostridium difficile ning ortiqcha o‘sishiga olib keladi. Clostridium difficile A va B toksinlarini ishlab chiqaradi, ular diareya rivojlanishiga olib keladi. Clostridium difficile shtammlari tomonidan ishlab chiqariladigan toksinlarning ortiqcha miqdori, bunday infeksiyalar antimikrob terapiyaga chidamli bo‘lishi va kolэktomiya talab qilinishi mumkinligi sababli, bemorlar orasida o‘lim ko‘rsatkichining oshishiga olib kelishi mumkin. Ichak peristaltikasini sekinlashtiruvchi preparatlarni qo‘llash mumkin emas. Clostridium difficile bilan bog‘liq diareya rivojlanish ehtimoli antibiotiklar qabul qilgandan keyin diareya paydo bo‘lgan barcha bemorlarda hisobga olinishi kerak. Antibakterial preparatlar yuborilgandan keyin Clostridium difficile bilan bog‘liq diareyani boshdan kechirgan bemorlarni 2 oy davomida diqqat bilan tibbiy kuzatish zarur. Yangi tug‘ilganlarda qo‘llanilishi Tsefoperazon+Sulbaktam preparati kichik yoshdagi bolalarda samarali. Ushbu preparatni yangi tug‘ilganlarda, shu jumladan muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda yetarlicha o‘rganilmagan. Shuning uchun, muddatidan oldin tug‘ilgan bolalar va yangi tug‘ilganlarda Tsefoperazon+Sulbaktam bilan davolashni boshlashdan oldin, bemor uchun foyda va jiddiy nojo‘ya reaksiyalar rivojlanish xavfi baholanishi kerak. Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: Klinik tajriba asosida preparatning transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri ehtimoldan yiroq.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Tsefoperazon va sulbaktam platsentar to‘siqdan o‘tadi.
Ushbu kombinatsiyani homiladorlik va laktatsiya davrida faqat onaga kutilayotgan foyda homila yoki bolaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash mumkin.