Farmakologik xususiyatlari
Tsefiksim - III avlod tsefalosporin antibiotigi. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi (bakteriya hujayra devorining asosiy strukturaviy komponenti bo'lgan peptidoglikan sintezini ingibitsiya qiladi). Beta-laktamazalarga nisbatan barqaror. Keng ta'sir doirasiga ega bo'lib, turli aerobl va anaerobl gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarni, shu jumladan Pseudomonas aeruginosa ni o'z ichiga oladi. Tsefiksim quyidagi mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan, preparatga sezgir bo'lgan quyidagi infeksiyalarni davolash uchun qo'llashga ko'rsatilgan. Streptococcus spp. turlari, Streptococcus pneumonia, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Moraxella (Branhamella) catarrhalis, Escherichia coli, Klebsiella spp., Serratia spp., Proteus spp., Providencia spp., Morganella morganii, Haemophilus influenza, Haemophilus parainfluenzae, Salmonella spp., Shigella spp., Aeromonas hydrophila, Pasteurella multocida, Citrobacter freundii, Citrobacter amalonaticus, Citrobacter diversus, Enterobacter spp., Acinetobacter lwoffi, Yersinia enterocolitica, Campylobacter jejuni.
Barqaror mikroorganizmlar Gram-musbat aerobl mikroorganizmlar Enterococcus spp., Staphylococcus spp., Streptococcus pneumoniae (o'rtacha sezgirlik yoki penisillinga barqarorlikda). Gram-manfiy aerobl mikroorganizmlar Pseudomonas aeruginosa, Boshqa mikroorganizmlar Chlamydia spp., Chlamydophila spp., Legionella pneumophila, Mycoplasma spp.