-
Tarkibi
1 ml eritma tarkibida:
faol modda: morfoliniy tuzi tiazot kislotasi 25 mg;
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
Ishemik yurak kasalliklarini kompleks davolashda: stenokardiya, miokard infarkti, postinfarkt kardioskleroz.
Yurak aritmiyalarini davolashda qo‘shimcha vosita sifatida.
Surunkali gepatit, alkogolli gepatit, jigar fibroz va sirrozini kompleks davolashda.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositasining faol moddasiga yoki boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
O‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Homiladorlik yoki emizish davri.
Bolalar yoshi (18 yoshgacha).
-
Qo'llash usuli
Miokard infarkti va beqaror stenokardiyada dori vositasi sekin 4 ml 25 mg/ml (100 mg) tezlikda 2 ml/minut yoki tomir ichiga tomchilab 20-30 tomchi/minut tezlikda (4 ml 25 mg/ml eritma 150-250 ml 0,9% natriy xlorid eritmasida suyultiriladi) yoki mushak ichiga 4 ml 25 mg/ml (100 mg) 2-3 marta kuniga yuboriladi. Davolash kursi - 14 kun.
Tinch stenokardiya va postinfarkt kardiosklerozda dori vositasi mushak ichiga 2 ml 25 mg/ml 3 marta kuniga yuboriladi. Davolash kursi - 20-30 kun.
Zo‘riqish stenokardiyasida dori vositasi mushak ichiga 4 ml 25 mg/ml 2 marta kuniga (sutkalik doza - 200 mg) yuboriladi. Davolash kursi - 14 kun.
Jarayonning yaqqol faolligi bilan kechuvchi surunkali gepatitda dori vositasi dastlabki 5 kun davomida mushak ichiga 2 ml 25 mg/ml (50 mg) 2-3 marta kuniga yoki tomir ichiga sekin 2 ml/minut tezlikda 4 ml 25 mg/ml (100 mg) 1 marta kuniga, yoki tomchilab 20-30 tomchi/minut tezlikda (2 ampula 25 mg/ml eritma 150-250 ml 0,9% natriy xlorid eritmasida suyultiriladi) yuboriladi. 5-kundan 20-kungacha davolashda dori vositasi tabletkalar shaklida (100 mg 3 marta kuniga) qo‘llaniladi.
Minimal va o‘rtacha faollikdagi surunkali gepatitda dori vositasi mushak ichiga 2 ml 25 mg/ml 3 marta kuniga yuboriladi. Davolash kursi - 20-30 kun.
Jigar sirrozida davolashni mushak ichiga 2 ml 25 mg/ml (50 mg) 3 marta kuniga 5 kun davomida yuborishdan boshlash, keyin esa davolashni tabletkalar bilan (100 mg 3 marta kuniga) davom ettirish kerak. Davolash kursi - 60 kun.
Bolalar.
Dori vositasini bolalarda qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba mavjud emas.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Dori vositasi odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Yuqori individual sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda quyidagilar yuzaga kelishi mumkin:
terining va teri osti yog‘ qavatining tomonidan: qichishish, teri giperemiyasi, toshma, eshakemi holatlari;
immun tizimi tomonidan: boshqa dori vositalari qabul qilingan fonida gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, anafilaktik shok holatlari tasvirlangan;
umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar: isitma, sovuq urishi va yuborish joyidagi o‘zgarishlar holatlari.
Asosan keksalar orasida boshqa dori vositalari qabul qilinganda quyidagilar yuzaga kelishi mumkin:
nerv tizimi tomonidan: umumiy holsizlik, bosh aylanishi, quloqda shovqin, bosh og‘rig‘i;
yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial gipertenziya, arterial bosimning pasayishi holatlari;
oshqozon-ichak trakti tomonidan: dispeptik holatlar, shu jumladan og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, qorin dam bo‘lishi, qusish;
nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va oraliq a’zolari tomonidan: nafas qisishi, bo‘g‘ilish.
-
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Dori vositasining faol moddasida antiishemik, membranostabilizatsiyalovchi, antioksidant va immunomodulyatsiyalovchi ta’sir mavjud.
Dori vositasining ta’sir mexanizmi anaerob glikolizning kompensator faollashuvini kuchaytirish va Krebs siklida oksidlanish jarayonlarini faollashtirish bilan bog‘liq bo‘lib, hujayra ichidagi ATP zaxirasini saqlab qoladi.
Molekula tarkibida tiol oltingugurtli tiazot kislotasining morfoliniy tuzi mavjudligi, unga xos bo‘lgan oksidlanish-qaytarilish xususiyatlari va ortiqcha vodorod ionlarini bog‘laydigan uchlamchi azot, antioksidant tizimni faollashtirishga olib keladi. Tiol guruhining kuchli qaytaruvchi xususiyatlari kislorodning faol shakllari va lipid radikallari bilan reaksiyaga kirishadi, anti-radikal fermentlar - superoksiddismutaza, katalaza va glyutationperoksidazani reaktivatsiyalash esa kislorodning faol shakllarining boshlanishini oldini oladi.
Qonning reologik xususiyatlarini yaxshilash fibrinolitik tizimni faollashtirish hisobiga amalga oshiriladi.
Dori vositasining ta’siri miokardning ishemiyalangan sohalarida lipidlarning oksidlanish jarayonlarini tormozlashga, miokardning katexolaminlarga sezuvchanligini kamaytirishga, yurakning qisqaruvchanlik funksiyasining progressiv susayishini oldini olishga, nekroz va ishemiya zonalarini mos ravishda barqarorlashtirish va kamaytirishga olib keladi.
Miokard metabolizmi jarayonlarini yaxshilash, uning qisqaruvchanlik qobiliyatini oshirish, yurak ritmini normallashtirishga ko‘maklashish dori vositasini yurak ishemik kasalligining turli shakllariga ega bemorlarni davolash uchun tavsiya etishga imkon beradi.
Kardiologiyada qo‘llanilishi bilan bir qatorda, dori vositasini yuqori gepatoprotektor xususiyatlarini hisobga olgan holda, jigar va boshqa ichki organlar kasalliklarini davolashda ham qo‘llash mumkin. Tiazot kislotasining morfoliniy tuzi gepatotsitlarning yemirilishini oldini oladi, jigar markaziy lobulyar nekrozlarining yog‘li infiltratsiyasi va tarqalish darajasini kamaytiradi, gepatotsitlarning reparativ regeneratsiya jarayonlariga yordam beradi, ularda oqsil, uglevod, lipid va pigment almashinuvini normallashtiradi. Shuningdek, o‘t sintezi va ajralish tezligini oshiradi, uning kimyoviy tarkibini normallashtiradi.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganda tiazot kislotasining morfoliniy tuzining maksimal kontsentratsiyasi qon plazmasida 0,84 soatda, tomir ichiga yuborilganda esa 0,1 soatda erishiladi. Qon oqsillari bilan bog‘lanishi 10% dan oshmaydi. Asosan buyraklarda - 31% to‘planadi, shuningdek, katta miqdorda yo‘g‘on ichakda, yurakda, taloqda, eng kam - ingichka ichak va o‘pka (1-2%)da to‘planadi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Kardio- va gepatoprotektor dori vositasi sifatida uni yurak ishemik kasalligini davolashning asosiy vositalari bilan birga va mos etiologiyali gepatitlarni an’anaviy davolash usullari bilan birga qo‘llash mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlik yoki emizish davrida dori vositasini qo'llash bo'yicha yetarli tajriba mavjud emas.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan nojo'ya reaksiyalar yuzaga kelganda, transport vositalarini boshqarishda va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: siydikda natriy va kaliy konsentratsiyasining oshishi.
Davolash: dori vositasini bekor qilish, simptomatik terapiya.