Farmakologik xususiyatlari
Trimetabol – kombinatsiyalangan preparat bo‘lib, ishtahani va organizmning muvozanatli o‘sishini rag‘batlantirish uchun mo‘ljallangan, ovqat hazm qilish, so‘rilish va o‘zlashtirish jarayonlarini yaxshilaydi.
METOPIN: (5-(1-metilpiperidiliden-4)-5R-dibenzo[a,d] Tsiprogeptadina atsefillinat) – Trimetabol preparatining asosiy komponenti – original modda bo‘lib, ishtahani gipotalamus darajasida rag‘batlantiradi. Tsiprogeptadina atsefillinat serotoninga antagonist xususiyatlariga ega.
KARNITIN preparat tarkibida anabolik, antigipoksik, yog‘ almashinuvini rag‘batlantiruvchi, regeneratsiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi. U me’da-ichak va oshqozon osti bezi sekretsiyasini rag‘batlantiradi, ovqat hazm qilish va so‘rilishga yordam beradi.
Karnitin o‘sish va normal jismoniy rivojlanishga yordam beradi. Yog‘ kislotalari almashinuvida ishtirok etadi, ularning oksidlanishini rag‘batlantiradi. Karnitin oshqozon osti bezi ovqat hazm qilish fermentlari ajralishini rag‘batlantiradi, shu bilan ishtahani oshiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Kalsiyning bog‘lanishini osonlashtiradi va suyaklarning shakllanish jarayonini yaxshilaydi.
Preparat tarkibida vitaminlar kompleksi (V1, V6, V12) mavjud bo‘lib, ular lipidlar, oqsillar va uglevodlar almashinuvida kofermentlar rolini bajarib, ularning hujayra darajasida o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Vitamin V6 aminokislotalar, uglevodlar va yog‘larning almashinuvi uchun zarur. Kattalarda piridoksin yetishmovchiligi asosan periferik asab tizimi, teri, shilliq qavatlar va gematopoez tizimiga ta’sir qiladi. Bolalarda esa markaziy asab tizimiga ta’sir ko‘rsatadi.
Piridoksin yetishmovchiligining klinik simptomlari seboreyali dermatit, mikrositar anemiya, depressiya xurujlaridir. Tsianokobalamin – nukleoproteinlar va miyelin sintezi, reproduktsiya, o‘sish va normal eritropoezni saqlash uchun zarur bo‘lgan faol modda. Vitamin V12 yetishmovchiligi anemiya, akson degeneratsiyasi bilan neyrobiologik zararlanishga olib keladi.
L-LIZIN – almashtirib bo‘lmaydigan aminokislota bo‘lib, preparat formulasini to‘ldiradi, oqsillar biosintezining asosi hisoblanadi, gormonal bo‘lmagan anabolik ta’sir ko‘rsatadi.
Lizin – almashtirib bo‘lmaydigan aminokislota. Lizinning yetishmasligi simptomlari: o‘sishda orqada qolish, ishtahaning pasayishi, charchoq hissi, tez charchash, anemiya. Lizin me’da shirasida xlorid kislota sekretsiyasini rag‘batlantiradi, ovqat hazm qilish funksiyasini yaxshilaydi. Azot katabolizmini rag‘batlantiradi va proteinemiya yuzaga keltiradi, gemoglobin miqdorini va eritrotsitlar sonini oshiradi, almashinuv jarayonlarini jins va yoshdan qat’i nazar rag‘batlantiradi.
Trimetabol komponentlarining birgalikdagi ta’siri organizmda muvozanatli moddalar almashinuviga yordam beradi.