Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari trimedat forte 300 mg № 20 tabletkalari
Qorin sohasida og‘riq, spazm va noqulaylik, shishish (meteorizm) hissi, ichak motorikasining buzilishi, najas chiqarish tezligining o‘zgarishi (diareya yoki qabziyat), dispepsiya, qizish, qayoq, ko‘ngil aynishi, qusish, me’da-ichak yo‘llari va o‘t yo‘llari funksional kasalliklari bilan bog‘liq (eroziyasiz gastroezofageal reflyuks kasalligining shakli; o‘t toshi kasalligi; o‘t chiqarish yo‘llari disfunktsiyasi; irritabl ichak sindromi; Oddi sfinkteri disfunktsiyasi, postxolekistektomiya sindromi) simptomatik davolash.
Operatsiyadan keyingi paralitik ichak tutilishi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik.
Laktaza yetishmovchiligi, laktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).
Homiladorlik.
Qo'llash usuli
Og'iz orqali. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 3 marta 100-200 mg. Davolash kursidan so'ng, remissiya davrida irritabl ichak sindromi qaytalanishini oldini olish uchun preparatni kuniga 300 mg dozada 12 hafta davomida qabul qilish tavsiya etiladi. 3-5 yoshli bolalarga kuniga 3 marta 25 mg. 5-12 yoshli bolalarga kuniga 3 marta 50 mg.
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimidan: og'izda quruqlik, yoqimsiz ta'm hissi, diareya, dispepsiya, qusish, ich qotishi.
Nerv tizimidan: uyquchanlik, charchoq, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, bezovtalik.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi.
Boshqalar: menstruatsiya tsiklining buzilishi, ko'krak bezlarining og'riqli kattalashishi, siydikni ushlab qolish.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Trimebutin, ichakning enkefalinergik tizimiga ta'sir qilib, uning peristaltikasini regulyatoridir. Qo‘zg‘atuvchi va bostiruvchi retseptorlarga afiniteti bo‘lib, ichak silliq mushaklarining gipokinetik holatlarida stimullovchi, giperkintetik holatlarda esa spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi. Preparat butun me’da-ichak trakti bo‘ylab ta’sir qiladi, qizilo‘ngach sfinkteri bosimini pasaytiradi, me’daning bo‘shashishiga va ichak peristaltikasining kuchayishiga yordam beradi, shuningdek, yo‘g‘on ichak silliq mushaklarining oziq-ovqat ta’siriga javob reaktsiyasini rag‘batlantiradi. Trimebutin me’da-ichak trakti harakatining buzilishi bilan bog‘liq turli kasalliklarda ichak mushaklarining normal fiziologik faolligini tiklaydi.
Farmakokinetikasi
Og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng trimebutin me’da-ichak traktidan tez so‘riladi, plazmadagi maksimal konsentratsiyaga (Smax) 1-2 soatda erishiladi. Biokiraolishligi 4-6% ni tashkil etadi. Ta’sir hajmi (Vd) – 88 l. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi past – taxminan 5%. Trimebutin platsentar to‘siqdan ahamiyatsiz darajada o‘tadi. Metabolizm va chiqarilish Trimebutin jigarda biotransformatsiyalanadi va asosan metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi (taxminan 70% birinchi 24 soat ichida). Yarim chiqarilish davri (T½) – taxminan 12 soat.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!