Extiyotkorlik bilan
Extiyotkorlik bilan
1 tabletkada quyidagilar mavjud:
Faol moddalari: Klotrimazol – 160 mg; Metronidazol – 200 mg; Xlorgeksidin atsetat – 8 mg.
Yordamchi moddalari: Polietilenglikol 400, polietilenglikol 4000Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:
- noaniq, zamburug‘li, aralash vaginitlar
- zamburug‘li kolpit
- vaginal trixomoniaz
- aralash infeksion xususiyatli kolpitPreparatga yuqori sezuvchanlik.
Metronidazol - mikroorganizmlarga passiv diffuziya yo‘li bilan kiradi. Metronidazol nitro-5-imidazollarga mansub bo‘lib, DNK-trop preparat hisoblanadi va bakteritsid ta’sir turiga ega. Bakterial hujayra ichida u qaytariladi va biologik faol sitotoksik metabolit DNKga ta’sir qiladi. Metronidazolning ta’sir mexanizmi metronidazolning 5-nitro guruhi anaerob mikroorganizmlar va sodda organizmlarning hujayra ichidagi transport oqsillari tomonidan biokimyoviy qaytarilishiga asoslangan. Qaytarilgan metronidazolning 5-nitro guruhi mikroorganizmlar hujayrasining DNKsi bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibitsiya qiladi, bu esa mikroorganizmlarning o‘limiga olib keladi. Metronidazol keng ta’sir doirasiga ega samarali antimikrob va antiprotozoy vosita hisoblanadi. Preparat Trichomonas vaginalis, Giardia intestinalis, Entamoeba histolytica, Lamblia intestinalis, Balantidium coli, Blastocystis hominis, Helicobacter pyloryga nisbatan yuqori faollik ko‘rsatadi; obligat anaeroblarga va (spora hosil qiluvchi va qilmaydigan) - Bacteroides spp. (B. fragilis, B. ovatus, B. distasonis, B. thetaiotaomicron, B. vulgatus), Fusobacterium spp., Clostridium spp., Peptostreptococcus spp., Peptococcuc spp, sezgir shtammlar Eubacterium)ga nisbatan faol. Metronidazol fakultativ anaerob bakteriyaga: Gardnerella vaginalisga nisbatan ham faol. Metronidazolning nitro guruhini qaytaruvchi ferment, nitro-reduktaza, kislorod mavjudligida samarasiz, shu sababli metronidazol faqat anaerob sharoitda ta’sir ko‘rsatadi.
Klotrimazol - keng ta’sir doirasiga ega zamburug‘larga qarshi vosita. Zamburug‘larga qarshi, antibakterial va trixomonatsid ta’sir ko‘rsatadi. Patogen dermatofitlarga (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis), xamirturush zamburug‘lariga (Candida turi, Torulopsis glabrata, Rhodotorula turi), gram-musbat (Staphylococcus spp., Streptococcus spp.) va gram-manfiy bakteriyalarga (Bacteroides, Gardnerella vaginalis), shuningdek Trichomonas vaginalis, Malassezia furfur, Corynebacterium minutissimumga nisbatan faol.
Zamburug‘larga qarshi ta’siri ergosterol sintezini tormozlash bilan bog‘liq, u zamburug‘ hujayra membranasining tarkibiy qismi bo‘lib, membrana o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi va hujayra lizisiga olib keladi. Klotrimazolning antimikotik ta’siri zamburug‘ hujayra membranasining tarkibiy qismi bo‘lgan ergosterin sintezi buzilishi bilan bog‘liq, bu membrana o‘tkazuvchanligining o‘zgarishiga va keyinchalik hujayra lizisiga olib keladi. Kichik konsentratsiyalarda klotrimazol fungistatik, katta konsentratsiyalarda esa fungitsid ta’sir ko‘rsatadi, bunda faqat proliferatsiyalanuvchi hujayralarga emas. Fungitsid konsentratsiyalarda mitoxondrial va peroksidaz fermentlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi, natijada vodorod peroksidining konsentratsiyasi toksik darajaga yetadi, bu ham zamburug‘ hujayralarining yemirilishiga yordam beradi.
Homiladorlik va laktatsiya davri.
Preparatni homilador ayollarga homiladorlikning birinchi trimestrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparatni, agar oblatka yaxlitligi buzilgan bo‘lsa yoki suppozitoriy tashqi ko‘rinishi o‘zgargan bo‘lsa, qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dori vositasining avtotransportni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari.
Aniqlanmagan.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llamaslik kerak.
Boshqa vaginal qo'llash uchun mo'ljallangan dori vositalarini bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Nistatin va natamitsin klotrimazol samaradorligini pasaytiradi.
Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.