Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari travrelaks neo 100ml sirop
o‘simlikli yo‘tal siropi turli etiologiyali, shu jumladan produktiv va no-produktiv yo‘talda tavsiya etiladi, ya’ni
- allergik bronxitda;
- bronxial astmada;
- faringitda;
- tonzillitda;
- ko‘k yutishda;
- o‘pka silida yo‘talni yengillashtirish uchun;
- chekuvchi yo‘tali;
- mavsum va iqlim o‘zgarishida yo‘talda;
- virusli infeksiya va oddiy shamollashdan keyingi yo‘tal va tomoq tirnashida.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
3 oygacha bo'lgan yosh;
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali kattalar 1-2 choy qoshiq (5 ml dan 10 ml gacha), kuniga 3 marta.
Bolalar 1 choy qoshiq (5 ml), kuniga 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasiga binoan.
24 soat davomida to‘rtdan ortiq doza bermang. 3 oygacha bo‘lgan chaqaloqlarga bermang.
Nojo‘ya ta’siri
Tavsiya etilgan dozalarda o‘simlik siropi qo‘llanganda hech qanday nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaydi.
Nojo´ya ta´sirlar
Dori tarkibidagi ingredientlarga allergik reaktsiyalar mumkin.
Farmakologik xususiyatlari
Travrelaks o'simlik yo'tal siropi qadimgi ayurvedik tibbiyot tizimida ma'lum bo'lgan o'simlik komponentlarini o'z ichiga olgan o'simlik preparatidir. Yallig'lanishga qarshi, balg'am ko'chiruvchi, yo'talga qarshi, allergiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik, laktatsiya davrida, bolalar va keksalarda qo'llanilganda hech qanday nojo'ya reaktsiyalar kuzatilmadi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!