Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
Yetkazib berish manzilini tekshiring
Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
Ko'cha va uyni tanlang
Mavjud
128 900 so'mdan 135 700 so'mdan
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari tonsilgon n 100 ml tomchilar
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    100 g Tonzilgon ® N tomchilari quyidagilarni saqlaydi:
    faol moddalar:
    o'simliklarning 29 g suvlispirtli (ekstragent: etanol 59% (x/x)) ajralmalari:
    Althaeae radix (gulxayri ildizi) 0,4 g
    Chamomillae flores (moychechak gullari) 0,3 g
    Equiseti herba (qirqbo'g'in o'ti) 0,5 g
    Juglandis folium (grek yong'og'i barglari) 0,4 g
    Millefolium herba (bo'yimodaron o'ti) 0,4 g
    Quercus cortex (eman po'stlog'i) 0,2 g
    Taraxaci herba (dorivor qoqi o'ti) 0,4 g
    Etanol miqdori: 19% (x/x)
    yordamchi modda: tozalangan suv.
  • Qo'llanilishi
    - shamollashning birinchi belgilarida simptomlarni davolash.
    - yuqori nafas yo'llarining o'tkir va surunkali kasalliklari (tonzillit, faringit, laringit);
    - respirator virusli infektsiyalardagi asoratlarning profilaktikasi va bakterial infektsiyalarda antibiotiklar bilan davolashga qo'shimcha sifatida qo'llanadi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Moychechak gullariga kesishgan reaktsiya tufayli, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, xususan murakkabguldoshlar oilasiga mansub o'simliklar (masalan oddiy shuvoq, bo'ymadaron o'ti, xrizantema, dastorgul) ga ma'lum allergiyada qo'llash mumkin emas.
    1 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
  • Qo'llash usuli
    Kasallikni rivojlanishining o'tkir davrida: kattalar va 12 yoshdan oshgan o'smirlar 25 tomchidan kuniga 5-6 marta qabul qiladilar. Maktab yoshidagi 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar 15 tomchidan kuniga 5-6 marta qabul qiladilar. Maktabgacha yoshdagi 2 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar 10 tomchidan kuniga 5-6 marta qabul qiladilar. Kasallik engillashganidan keyin davolanishni yana 1 hafta davom ettirish kerak.
    O'tkir simptomlar engillashganidan keyin: kattalar va 12 yoshdan oshgan o'smirlar 25 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. Maktab yoshidagi 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar 15 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. Maktabgacha yoshdagi 2 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar 10 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. 1 yoshdan oshgan bolalarga 5 tomchidan kuniga 3 marta buyuriladi. Tomchilar suyultirilmagan xolda qabul qilinadi, yutishdan oldin biroz vaqt davomida og'izda tutib turiladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Allergik reaktsiyalar va me'daichak yo'llari tomonidan buzilishlar kuzatilishi mumkin. O'ta yuqori sezuvchanlikning birinchi belgilari namoyon bo'lganda preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Eksperimental tadqiqotlarning natijalari Tonzilgon ® N fagositlar va tabiiy killer hujayralarini oshishi hisobiga immun tizimiga modulyator ta'sir qilishini ko'rsatdi. Bundan tashqari, tadqiqotlar Tonzilgon ® N yallig'lanishga qarshi, antioksidant, antibakterial va viruslarga qarshi ta'sirga ega ekanini ko'rsatdi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Antibakterial dori vositalari bilan majmuada qo'llash mumkin va maqsadga muvofiq. Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri noma'lum.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Agar simptomlar bartaraf etilmasa, shuningdek yuqori harorat, hansirash, yiringli yoki qonli balg'am paydo bo'lganida shifokorga murojaat etish kerak.
    Alkogol saqlaganligi tufayli, ichga qabul qilish uchun tomchilarni alkogolizmi bo'lgan bemorlarga, shuningdek muvaffaqiyatli antialkogol davolashdan keyin qabul qilish mumkin emas. Jigar kasalliklari, tutqanoq bo'lgan pasientlar kabi yuqori xavf guruhiga mansub pasientlar alkogol mavjudligini e'tiborga olish kerak.
    Flakon qo'llanilganda uni vertikal xolatda tutish kerak. Saqlash jarayonida biroz xiralashishi yoki cho'kma tushishi mumkin, bu preparatning samaradorligiga ta'sir ko'rsatmaydi.
    Tonzilgon ® N tomchilarini qabul qilishdan oldin uni chayqatish kerak!
    Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi
    Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat davolovchi shifokor tomonidan xavf-foyda nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyin qabul qilish mumkin.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar yo'q. Davolash simptomatik.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Gulnara
    ico ico ico ico ico
    Заказала Тонзилгон Н на Oxymed, все пришло быстро и качество продукции радует.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Отличные капли, помогли быстро избавиться от воспаления горла.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все