Maxsus ko'rsatmalar
Tolperizon qo‘llanilganda eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar gipersensitivlik reaksiyalari bo‘lgan. Ularning ifodalanish darajasi yengil teri reaksiyalaridan og‘ir tizimli reaksiyalargacha, shu jumladan anafilaktik shokni o‘z ichiga oladi. Gipersensitivlik reaksiyalari simptomlari eritema, toshma, eshakemi, qichishish, angionevrotik shish, taxikardiya, arterial gipotenziya yoki nafas qisilishi bo‘lishi mumkin. Ayollar, keksalar yoki birga dori vositalarini (asosan nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar) qabul qilgan bemorlar gipersensitivlik reaksiyalari rivojlanishining yuqori xavfiga ega. Bundan tashqari, dori allergiyasi yoki allergik kasalliklari yoki holatlari (masalan, atopi: polinoz, atopik dermatit, qonda IgE yuqori bo‘lishi, eshakemi) bo‘lgan yoki bir vaqtning o‘zida virusli infeksiyalarga chalingan bemorlar Tolpireksga allergik reaksiya rivojlanishining yuqori xavfiga ega.
Lidokainga gipersensitivligi bo‘lgan bemorlarga tolperizon ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak, chunki o‘zaro reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Bemorlarni allergiya simptomlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogoh bo‘lishga chaqirish zarur. Bemorlar quyidagi allergiya simptomlari paydo bo‘lsa: yuz va yuqori tana qismiga qon quyilishi, toshma, terining kuchli qichishishi (ko‘tarilgan tugunlar bilan), nafas qisilishi, yuz shishi bilan yoki shishisiz nafas olishda qiyinchilik, lablar, til va/yoki tomoq shishi, yutishda qiyinchilik, yurak urishining tezlashishi, past qon bosimi, qon bosimining tez pasayishi, Tolpireks qabulini to‘xtatish va darhol shifokorga yoki eng yaqin shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilish kerakligi haqida xabardor bo‘lishi lozim.
Tolperizonga gipersensitivlik epizodidan so‘ng preparatni qayta buyurish mumkin emas.
Bubrek va jigar funksiyasi buzilgan bemorlar
Bubrek va jigar o‘rtacha darajada zararlanganda dozani individual titrlash va bemorning holatini diqqat bilan kuzatish, bubrek funksiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Bubrek va jigar og‘ir zararlanganda tolperizon buyurish tavsiya etilmaydi.
Bollar
Tolperizonning bolalarda xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Yetarli klinik ma’lumotlar yo‘qligi sababli Tolpireks homiladorlikda qo‘llanilmasligi kerak.
Tolperizonning ko‘krak suti bilan ajralishi haqida ma’lumotlar yo‘qligi sababli, Tolpireks preparatini emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Dori vositasining transport vositasini boshqarish yoki potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari
Preparat transport vositasini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Biroq, Tolpireks qabul qilganda bosh aylanishi, uyquchanlik, diqqatning buzilishi, tutqanoq, ko‘rishning buzilishi yoki mushak zaifligi kuzatilgan bemorlar o‘z davolovchi shifokori bilan maslahatlashishlari kerak