Nojo´ya ta´sirlar
Eng ko‘p uchraydiganlari - diskineziya, jumladan ixtiyorsiz harakatlar (shu jumladan xoreyiform, distonik), shuningdek, ko‘ngil aynishi.
Dorini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish mumkin bo‘lgan erta belgilar mushaklarning qaltirashi va blefarospazmdir.
Boshqa nojo‘ya ta’sirlar:
Nerv tizimi tomonidan: psixotik reaksiyalar, jumladan, uydirma, gallyutsinatsiyalar va paranoidal fikrlash, yomon sifatli neyroleptik sindrom, bradikineziya epizodlari (“yoqish-o‘chirish” sindromi), ajitatsiya, paresteziya, bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqu buzilishi, jumladan, dahshatli tushlar, uyqusizlik; ongning chalkashishi, bosh og‘rig‘i, depressiya (shu jumladan, o‘z joniga qasd qilish niyatlari bilan), demensiya, patologik qiziqishlar, libido oshishi. Tutqanoq rivojlanishi haqida xabar berilgan, biroq preparatni qabul qilish bilan sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qusish, anoreksiya, diareya, qabziyat, dispepsiya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qurishi, ta’m o‘zgarishi, so‘lak qorayishi, me’da-ichakdan qon ketishi, o‘n ikki barmoqli ichak yarasi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiya va/yoki yurak urishini sezish, ortostatik reaksiyalar, jumladan, arterial bosimning pasayishi yoki oshishi (AB), hushdan ketish; flebit.
Qon hosil qilish tizimi tomonidan: leyopeniya, trombotsitopeniya, anemiya (jumladan, gemolitik), agranulotsitoz.
Allergik reaksiyalar: angionevrotik shish, toshma, teri qichishishi, gemorragik vaskulit (Shenleyn-Genox purpurasi), bulyoz toshmalar (jumladan, pufakchali reaksiyalarga o‘xshash).
Nafas olish tizimi tomonidan: nafas qisishi, yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari. Teri tomonidan: teri toshmasi, terining ko‘p terlash, ter qorayishi, alopesiya.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: siydik yo‘llari infeksiyalari, tez-tez siyish, siydik qorayishi.
Laborator ko‘rsatkichlar o‘zgarishi: gemoglobin va gematokritning pasayishi, alaninaminotransferaza (AJIT), aspartataminotransferaza (ACT), laktatdegidrogenaza, shchelochnoy fosfataza faolligining oshishi, giperbilirubinemiya, siydik azoti oshishi, Kumbs testi ijobiy, giperglikemiya, leykotsituriya, bakteriuriya va gematuriya.
Boshqa: ko‘krakda og‘riq, asteniya.
Quyida faqat levodopa qabul qilinganda kuzatilgan boshqa nojo‘ya reaksiyalar keltirilgan, demak, ular Tidomet Forte preparatini qabul qilishda ham kuzatilishi mumkin:
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: miokard infarkti.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: me’da-ichak og‘rig‘i, disfagiya, so‘lak ajralishi, meteorizm, bruksizm, tilda kuydiruvchi hissiyot, qizilo‘ngach, qorin dam bo‘lishi, qichqiriq.
Modda almashinuvi tomonidan: shishlar, tana vaznining kamayishi yoki oshishi.
Nerv tizimi tomonidan: ataksiya, ekstrapiramidal buzilishlar, yiqilishlar, xavotir, yurish buzilishi, asabiylik, fikrlash o‘tkirligining pasayishi, xotira pasayishi, dezorientatsiya, eyforiya, blefarospazm, trizm, tremorning kuchayishi, qotib qolish, mushaklarning qaltirashi, latent Horner sindromining faollashuvi, periferik neyropatiya.
Nafas olish tizimi tomonidan: tomoqda og‘riq, yo‘tal.
Teri tomonidan: yomon sifatli melanoma, “qon to‘lqinlari”.
Sezgi organlari tomonidan: okulogir kriz, diplopiya, ko‘rish buzilishi, midriaz. Siydik-jinsiy tizim tomonidan: siydik tutilishi, siydikni ushlab turolmaslik, priapizm.
Boshqa: qorin og‘rig‘i, charchoq, holsizlik, pastki oyoqlarda og‘riq, nafas qisishi, umumiy holsizlik, ovozning xirillashi, qo‘zg‘alish.
Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: leyopeniya, gipokaliemiya, giperkreatininemiya va giperurikemiya, proteinuriya va glikozuriya.