Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Teturam 0.15 No 30
Teturam 0.15 No 30
Yaroqlilik muddati: 5 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
29 599 so'm 35 500 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari teturam 0.15 no 30
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
     
    1 tabletka tarkibida:

    Faol modda: disulfiram (teturam) - 150 mg.

    Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmal, silika dioksid kolloid (aerosil), povidon (past molekulyar tibbiy polivinilpirrolidon), stearin kislota, kroskarmelzoza natriy (primelloza). 
  • Qo'llanilishi
     
    Surunkali alkogolizmning qaytishini davolash va oldini olish.

    Qo'shimcha ravishda, preparat surunkali nikel bilan zaharlanishda detoksikatsiya vositasi sifatida ishlatiladi. 
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

    Disulfiramga yuqori sezuvchanlik; og'ir darajadagi jigar yetishmovchiligi, og'ir darajadagi nafas yetishmovchiligi, og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet, anamnezda insult yoki bosh miyaning og'ir organik shikastlanishlari, asab-psixik buzilishlar, epilepsiya va har qanday genezli tutqanoq sindromi, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, shu jumladan IBS; so'nggi 24 soat ichida spirtli ichimliklar yoki etanol saqlovchi dori vositalarini qabul qilish; homiladorlik va reproduktiv yosh (kontratseptsiya qo'llanilmagan hollarda), emizish davri; 18 yoshgacha bo'lgan yosh; izoniazid, metronidazol, ornidazol, seknidazol, tinidazol, fenitoinni bir vaqtda qabul qilish.

    Ehtiyotkorlik bilan: buyrak yetishmovchiligi (og'irroq disulfiram-etanol reaksiyasi rivojlanish xavfi), gipotiroidizm (og'irroq disulfiram-etanol reaksiyasi rivojlanish xavfi), nikel dermatiti (gepatit rivojlanish xavfi yuqori), me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, ko'ruv nervi nevriti, kokain qabul qilayotgan bemorlarda (QT intervalining uzayishi xavfi); 60 yoshdan katta bemorlar.

  • Qo'llash usuli
    Dori vositasining qo'llash usuli va dozalash tartibi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Optimal dozalash tartibini shifokor belgilaydi. Qo'llanilayotgan dori shaklining qo'llash ko'rsatmalari va dozalash tartibiga qat'iy rioya qilish lozim.

    Og'iz orqali. Doza 125-500 mg/kun, davolash sxemasi va davomiyligi individual belgilanadi.

  • Nojo´ya ta´sirlar

    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - disgevziya (ta'm buzilishi), kamdan-kam - najas hidining o'zgarishi; disulfiramni uzoq muddat qo'llashda - gastrit.

    Jigar va o't yo'llari tomonidan: tez-tezligi noma'lum - jigar yetishmovchiligi, fulminant gepatit, gepatit (asosan tsitolitik).

    Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez - bosh og'rig'i; tez-tez - uyquchanlik, kamdan-kam - polinevropatiya; tez-tezligi noma'lum - ko'ruv nervi nevriti, tutqanoq, amneziya, ensefalopatiya; disulfiramni uzoq muddat qo'llashda - polinevrit kuchayishi.

    Psixika tomonidan: tez-tezligi noma'lum - asab-psixik buzilishlar, ongning chalkashishi; disulfiramni uzoq muddat qo'llashda - alkogol psixoziga o'xshash psixozlar.

    Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tezligi noma'lum - arterial gipertenziya; disulfiramni uzoq muddat qo'llashda yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan bemorlarda bosh miya tomirlarining trombozi mumkin.

    Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: tez-tezligi noma'lum - allergik dermatit.

    Boshqa: juda tez-tez - asteniya.

    Disulfiram-etanol assotsiatsiyasi bilan bog'liq reaksiyalar: tez-tezligi noma'lum - tutqanoq, miya shishi, subdural qon quyilishi; taxikardiya, aritmiya, stenokardiya, miokard infarkti (ba'zan o'lim bilan), yuz terisiga qon quyilishi, arterial bosimning pasayishi, yurak-qon tomir kollapsi; nafas olishning susayishi; ko'ngil aynishi, qusish; eritema; umumiy holsizlik.

    Disulfiram qabul qilinayotganda 50-80 ml dan ortiq (40 % etanol hisobida) etanol qabul qilinsa, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining og'ir buzilishlari, shishlar, tutqanoqlar rivojlanadi. Bunday hollarda zudlik bilan detoksikatsion va simptomatik terapiya o'tkaziladi.

  • Farmakologik xususiyatlari

    Alkogolga qaramlikni davolash uchun vosita. Etanol metabolizmida ishtirok etuvchi ferment aldegid degidrogenazaga ingibitsiyalovchi ta'sir ko'rsatadi. Bu etanol metaboliti - atsetaldegid konsentratsiyasining oshishiga olib keladi, u esa yuzga qon quyilishi, ko'ngil aynishi, qusish, umumiy holsizlik, taxikardiya, arterial bosimning pasayishi kabi holatlarni chaqiradi, bu esa disulfiram qabul qilingandan so'ng alkogol iste'molini nihoyatda yoqimsiz qiladi.

  • Maxsus ko'rsatmalar

    Disulfiram faqat shifokor nazorati ostida qo'llanilishi kerak.

    Jigar og'ir toksik shikastlanishlari (fulminant gepatit va jigar nekrozi jumladan) rivojlanishi haqida xabar berilgan, bu jigar yetishmovchiligi, jigar komasi va o'limga olib kelishi yoki jigar transplantatsiyasini o'tkazishni talab qilishi mumkin. Disulfiram bilan davolashni boshlashdan oldin jigar funksiyasini, shu jumladan jigar transaminazalari faolligini aniqlashni o'z ichiga olgan tekshiruv o'tkazish kerak. Bunday tekshiruvlar disulfiram qo'llanilayotgan davrda, ayniqsa davolashning dastlabki 3 oyida (har oyda) muntazam ravishda takrorlanishi kerak.

    Buyrak yetishmovchiligi, nafas olish tizimi kasalliklari bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

    Disulfiram qo'llanilayotgan davrda spirtli ichimliklar va etanol saqlovchi dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak.

    Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

    Disulfiram qabul qilish bilan bog'liq uyquchanlik rivojlanish xavfi tufayli transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash imkoniyati masalasiga alohida e'tibor berish kerak.

  • Dorilarning o'zaro ta'siri

    Disulfiram bilan davolanish davrida spirtli ichimliklar va etanol saqlovchi dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak, chunki disulfiram-etanol assotsiatsiyasi bilan bog‘liq reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

    Bir vaqtda qo‘llanilganda disulfiram xulq-atvor va muvofiqlashtirish buzilishlari xavfini oshiradi.

    Disulfiramni nitroimidazol hosilalari (metronidazol, ornidazol, seknidazol, tinidazol) bilan birga qo‘llashda o‘tkir deliriy, ongning chalkashligi yuzaga kelishi mumkin.

    Disulfiramni fenitoin bilan birga qo‘llashda fenitoinning plazmadagi konsentratsiyasi sezilarli va tez oshadi, bu esa toksik ta’sirlar rivojlanish xavfini oshiradi (disulfiram fenitoin metabolizmini ingibitsiya qiladi).

    Disulfiram va gepatotoksik dori vositalari birga qo‘llanganda jigar shikastlanishi mumkin.

    Disulfiramni varfarin va boshqa bilvosita antikoagulyantlar bilan birga qo‘llashda antikoagulyant ta’sir kuchayadi va qon ketish xavfi oshadi (varfarinning jigar metabolizmi pasayadi).

    Disulfiram teofillin metabolizmini pasaytiradi. Ularni birga qo‘llashda teofillin dozasini tuzatish zarur.

    Bir vaqtda qo‘llanganda diazepam va xlordiazepoksidning qon plazmasidagi konsentratsiyasi oshadi, ba’zi hollarda bu bosh aylanishi bilan kechadi. Diazepam ta’siri ostida disulfiram-etanol reaksiyasining intensivligi kamayishi mumkin. Temazepam toksikligining kuchayishi holati tasvirlangan.

    Disulfiramni trisiklik antidepressantlar, fenotiazin hosilalari, MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llashda dori vositalari o‘zaro ta’siri bilan bog‘liq jiddiy nojo‘ya reaksiyalar rivojlanish xavfi mavjud.

    Disulfiram jigar fermentlarini ingibitsiya qiladi, shuning uchun jigar orqali metabolizatsiyalanadigan preparatlar bilan birga qo‘llanganda ularning metabolizmi buzilishi mumkin.

    Disulfiram va buspiron qabul qilgan bemorda maniya rivojlanishi holati tasvirlangan.

    Bir vaqtda qo‘llanganda dezipramin va imipraminning organizmdan klirensi kamayadi.

    Amitriptilin bilan birga qo‘llanganda disulfiramning terapevtik ta’siri kuchayishi mumkin, biroq amitriptilinning markaziy asab tizimiga toksik ta’siri ham kuchayishi mumkin.

    Isoniazid bilan birga qo‘llanganda bosh aylanishi, depressiya rivojlanishi holatlari tasvirlangan; kofein bilan - kofeinning organizmdan chiqarilishi kamayadi; metronidazol bilan - o‘tkir psixoz, ongning chalkashligi rivojlanadi; omeprazol bilan - ong buzilishi va katatoniya rivojlanishi holati tasvirlangan.

    Perfenazin bilan birga qo‘llanganda psixotik simptomlar rivojlanishini istisno qilib bo‘lmaydi.

    Bir vaqtda qo‘llanganda disulfiram rifampitsinning metabolizmi va chiqarilishini ingibitsiya qiladi.

    Fenazon bilan birga qo‘llanganda fenazonning T1/2 oshadi; fenitoin bilan - fenitoinning plazmadagi konsentratsiyasi oshishi natijasida uning ta’siri kuchayadi, toksik reaksiyalar rivojlanadi.

    Xlorzoksazon bilan birga qo‘llanganda xlorzoksazonning qon plazmasidagi konsentratsiyasi oshadi; xlorpromazin bilan - arterial gipotenziya kuchayishi mumkin.

  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Onsonni bostirish, hatto koma holatiga qadar, yurak-qon tomir kolapsi, nevrologik asoratlar. Davolash simptomatik.


Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Aziza
    ico ico ico ico ico
    Продукт соответствует описанию. Очень довольна покупкой!
    05 August 2024
    0
    0
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка, всем рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico