Farmakologik xususiyatlari
Keng ta’sir doirasiga ega antibiotik, gram-musbat (stafilokokklar, shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi; streptokokklar, pnevmokokklar, klostridiyalar, listeriyalar, sibir yara tayoqchasi) va gram-manfiy (gonokokklar, ko‘kyo‘tal tayoqchasi, ichak tayoqchasi, enterobakter, klebsiella, salmonella, shigella) mikroorganizmlarga, shuningdek, rickettsiyalar, xlamidiyalar, mikoplazmalar, spiroxetalar, ornitroz, traxoma, vabo, tularemiya, brutsellyoz, xolera, amebali dizenteriya qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi.
Doriga sinyegnoin tayoqchasi, protey, serratsiya, Bacteroides fragilisning ko‘pchilik shtammlari, ko‘pchilik zamburug‘lar, kichik viruslar chidamli.