-
Qo'llanilishi
Bakterial (jumladan, xlamidiyali) ko‘z infeksiyalari, tetrasiklinga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan — blefarit, blefarokon'yunktivit, keratit, keratokon'yunktivit, meybomit (arpa), traxoma.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Tetrasiklinga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari, jumladan, pnevmoniya, bronxit, plevra empiyemasi, angina, xoletsistit, pielonefrit, ichak infeksiyalari, endokardit, endometrit, prostatit, sifilis, gonoreya, brutsellyoz, rikketsiozlar, yumshoq to‘qimalarning yiringli infeksiyalari, osteomiyelit; traxoma, kon'yunktivit, blefarit; ugri.
-
Qo'llash usuli
Mahalliy.
0,5 dan 1 sm gacha maz chizig'i qovoq ostiga qo'yiladi:
blefarit, blefarokonyunktivitda: kuniga 3-4 marta 5-7 kun davomida;
keratit, keratokonyunktivitda: kuniga 2-3 marta 5-7 kun davomida. Agar 3-5 kun ichida holat yaxshilanmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak;
meybomit (arpa)da: kechasi yotishdan oldin yallig'lanish simptomlari yo'qolguncha;
traxomda: har 2-4 soatda yoki tez-tez 1-2 hafta davomida. Yallig'lanish jarayoni susayganda preparat kuniga 2-3 marta qo'llaniladi. Traxomni davolash kursi davomiyligi 1-2 oy.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparatning komponentlariga gipersensitivlik,
jigar va buyrak funksiyasining buzilishi,
homiladorlik,
emizish,
detlik yoshi (8 yoshgacha).
-
Farmakologik xususiyatlari
Tetrasiklinlar guruhiga mansub bakteriostatik antibiotik. Transport RNK va ribosoma o‘rtasida kompleks hosil bo‘lishini buzadi, bu oqsil sintezi bostirilishiga olib keladi.
Gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol — Staphylococcus aureus, Streptococcus pyogenes, Streptococcus pneumoniae, Neisseria gonorrhoeae, Haemophilus influenzae, Haemophilus ducreyi, Klebsiella pneumoniae, Francisella tularensis, Escherichia coli, Bacillus anthracis, shuningdek Chlamydia trachomatis.
Ba’zi Haemophilus influenzae, Klebsiella spp., Aerobacter spp., Pseudomonas aeruginosa, Serratia marcescens shtammlariga nisbatan faol emas.
Mahalliy qo‘llanganda ko‘z to‘qimalarida tetrasiklinning terapevtik konsentratsiyasi hosil bo‘ladi, tizimli so‘rilish past. Qorachiq epiteliyasi shikastlanganda tetrasiklinning samarali konsentratsiyasi oldingi kamera suyuqligida qo‘llangandan 30 daqiqa o‘tib erishiladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat qo‘llangandan so‘ng vaqtincha ko‘rish ravshanligi yo‘qoladigan bemorlarga mashina haydash yoki murakkab texnika, stanoklar yoki ko‘rish ravshanligini darhol talab qiladigan boshqa murakkab uskunalar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.