Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi:
Bakteriostatik antibiotik, tetratsiklinlar guruhiga mansub. Transport RNK va ribosoma o'rtasida kompleks hosil bo'lishini buzadi, bu esa mikroblar hujayrasida oqsil sintezi bostirilishiga olib keladi.
Gram-musbat (Staphylococcus spp., jumladan Staphylococcus aureus, shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi shtammlar, Streptococcus pyogenes, Streptococcus pneumoniae (Diplococcus pneumoniae), Bacillus anthracis, Listeria spp.; gram-manfiy mikroorganizmlar (Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Haemophilus ducreyi, Klebsiella pneumoniae, Neisseria gonorrhoeae, Bordetella pertussis, Enterobacter spp., Francisella tularensis (Pasteurella pestis), Salmonella spp., Shigella spp.); hujayra ichidagi (intratsellyulyar) va boshqa mikroorganizmlar (Chlamydia trachomatis, Chlamydia spp., Mycoplasma spp., Rickettsia spp., Treponema spp.) ga nisbatan faol.
Tetratsiklinga quyidagi mikroorganizmlar chidamli: Pseudomonas aeruginosa, Proteus spp., Serratia spp., Bacteroides spp. ning ko'pchilik shtammlari va zamburug'lar, viruslar, beta-gemolitik streptokokklar A guruhi (shu jumladan Streptococcus pyogenes ning 44% shtammlari va Streptococcus faecalis ning 74% shtammlari).
Farmakokinetikasi:
Mahalliy qo'llanganda ko'z to'qimalarida tetratsiklinning terapevtik konsentratsiyasi hosil bo'ladi, tizimli so'rilishi past. Qorachiq epiteliyasi shikastlanganda, tetratsiklinning samarali konsentratsiyasi oldingi kamera suyuqligida qo'llangandan 30 daqiqa o'tgach erishiladi.