-
Tavsif
Devorli va chiziqli, deyarli oq yoki krem rangli soyali oq rangli yassi-silindrsimon tabletkalar.
-
Tarkibi
1 tabletkada quyidagilar mavjud
Faol modda:
Betagistin digidroxlorid 24,0 mg;
Yordamchi modda:
Mikrokristallik tsellyuloza — 64,25 mg,
Povidon (kollidon 25) — 27,0 mg
Kartoshka kraxmali — 60,0 mg,
Limon kislotasi — 6,0 mg,
Kolloid kremniy dioksidi (aerosil), — 9,0 mg,
Talk — /8,4 mg,
Magniy stearat — /1,35 mg.
-
Qo'llanilishi
Turli kelib chiqishli vestibulyar bosh aylanishini davolash va oldini olish;
Bosh aylanishi va bosh og'rig'i, quloqda shovqin, eshitishning progresiv pasayishi, ko'ngil aynishi va qusishni o'z ichiga olgan sindromlar;
Menyer kasalligi yoki sindromi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik:
yosh 18 yoshgacha (ma'lumotlar yo'qligi sababli);
homiladorlik va laktatsiya davri (ma'lumotlar yo'qligi sababli).
Ehtiyotkorlik bilan
oshqozon yoki 12 barmoqli ichak yara kasalligi (shu jumladan anamnezda), feoxromotsitoma, bronxial astma. Ushbu bemorlarni davolash davrida muntazam kuzatib borish kerak.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, ovqat paytida.
24 mg tabletkalar: kuniga 2 marta 1 tadan tabletka.
Yaxshilanish odatda davolash boshida kuzatiladi, barqaror terapevtik ta'sir ikki haftalik davolashdan so'ng yuzaga keladi va bir necha oy davomida kuchayishi mumkin.
Davolash uzoq muddatli. Davolash kursining davomiyligi individual belgilanadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Gastrointestinal buzilishlar. teri qoplamasi tomonidan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo'lishi (toshma, qichishish, eshakemi), Kvinke shishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Betagistin labirint mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydi, vestibulyar apparat patologiyasida qo'llaniladi.
Preparat asosan ichki quloq va markaziy asab tizimi vestibulyar yadrolarining gistamin H1 va H3 retseptorlariga ta'sir qiladi.
Ichki quloq tomirlarining gistamin H1 retseptorlariga to'g'ridan-to'g'ri agonistik ta'siri, shuningdek, gistamin H3 retseptorlariga bilvosita ta'siri orqali mikrotsirkulyatsiyani va kapillyarlarning o'tkazuvchanligini yaxshilaydi,
labirint va ulitkada endolimfa bosimini normallashtiradi. Shu bilan birga, betagistin bazillyar arteriyada qon oqimini oshiradi.
Markaziy ta'siri kuchli, vestibulyar nerv yadrolarining gistamin H3 retseptorlari inhibitörü hisoblanadi. Miya po'stlog'i darajasida vestibulyar yadrolar neyronlarida o'tkazuvchanlikni normallashtiradi.
Ushbu xususiyatlarning klinik namoyon bo'lishi bosh aylanishi chastotasi va intensivligini kamayishi, quloq shovqinini kamayishi, eshitish pasaygan hollarda eshitishni yaxshilanishi hisoblanadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Betagistin sedativ ta'sirga ega emas va avtomobil boshqarish yoki psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Davolovchi shifokoringizga siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalari haqida xabar bering.
Shifokoringiz ushbu dori vositalarining dozasini o‘zgartirishi yoki boshqa ehtiyot choralarini ko‘rishi mumkin.
Quyidagi dori vositalarini qo‘llash haqida shifokorga xabar berish ayniqsa muhim: monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, shu jumladan MAO-B subtipi (masalan, selegilin (parkinsonizmda qo‘llaniladi)); ushbu preparat va MAO ingibitorlarini (shu jumladan MAO-B ingibitorlarini) bir vaqtda qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak; N1-gistamin retseptorlari blokatorlari (antigistamin preparatlar (allergik kasalliklarda qo‘llaniladi)).
Nazariy jihatdan ushbu preparat bu dori vositalarining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Agar Siz Tagista® preparatini kerakligidan ko‘proq qabul qilgan bo‘lsangiz:
Agar Siz preparatning ko‘proq tabletkasini qabul qilgan bo‘lsangiz (dozani oshirib yuborish), Sizda yengil va o‘rtacha darajadagi simptomlar (ko‘ngil aynishi, uyquchanlik, qorin og‘rig‘i) paydo bo‘lishi mumkin. Juda katta doza qabul qilinganda, ayniqsa boshqa dori vositalari bilan birga dozani oshirib yuborishda, tutqanoq, o‘pka yoki yurak asoratlari yuzaga kelishi mumkin. Darhol davolovchi shifokoringiz bilan bog‘laning yoki shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qiling. Imkoniyat bo‘lsa, o‘zingiz bilan preparat qadoqini olib boring, shifokorga qaysi preparatni qabul qilganingizni ko‘rsatish uchun.