Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Taqiqlangan
Dorini me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi (shu jumladan anamnezda), feoxromotsitoma, bronxial astma bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Ushbu bemorlarni davolash davrida muntazam kuzatib borish kerak.
Dori vositasi og'iz orqali, ovqat paytida buyuriladi.
8 mg tabletkalar - 1-2 tabletka 3 marta/sutkada.
16 mg tabletkalar - 1/2-1 tabletka 3 marta/sutkada.
24 mg tabletkalar - 1 tabletka 2 marta/sutkada.
Yaxshilanish odatda davolash boshida kuzatiladi, barqaror terapevtik ta'sir ikki haftalik davolashdan so'ng yuzaga keladi va bir necha oy davomida kuchayishi mumkin. Davolash uzoq muddatli. Davolash kursining davomiyligi individual belgilanadi.
Quyidagilar mumkin: me'da-ichak buzilishlari, yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (toshma, qichishish, eshakemi), Kvinke shishi.
Labirint mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilovchi, vestibulyar apparat patologiyasida qo'llaniladigan preparat. Betagistin asosan ichki quloq va vestibulyar yadrolarning markaziy asab tizimidagi gistamin H1 va H3-retseptorlariga ta'sir qiladi. Ichki quloq tomirlarining gistamin H1-retseptorlariga to'g'ridan-to'g'ri agonistik ta'siri, shuningdek, gistamin H3-retseptorlariga bilvosita ta'siri orqali mikrotsirkulyatsiyani va kapillyarlarning o'tkazuvchanligini yaxshilaydi, labirint va ulitkadagi endolimfa bosimini normallashtiradi. Shu bilan birga, betagistin bazillyar arteriyadagi qon oqimini oshiradi.
Markaziy ta'siri kuchli, vestibulyar nerv yadrolarining gistamin H3-retseptorlarining ingibitori hisoblanadi. Bosh miya poyasidagi vestibulyar yadrolar neyronlarida o'tkazuvchanlikni normallashtiradi.
Ko'rsatilgan xususiyatlarning klinik namoyon bo'lishi bosh aylanishi chastotasi va intensivligini kamayishi, quloqda shovqin kamayishi, eshitish pasaygan hollarda eshitishni yaxshilanishi bilan ifodalanadi.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Betagistin sedativ ta'sirga ega emas va avtomobil boshqarish yoki psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Sintomlari: ko'ngil aynishi, qusish, tutqanoq.
Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, simptomatik terapiya.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri yoki nomutanosiblik holatlari noma’lum.
B ro‘yxati. Preparatni bolalar ololmaydigan, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash kerak.