Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Faskali, ikki tomonlama qavariq, oval shakldagi, qobig'i jigarrang rangda qoplangan tabletkalar. Yadrosi jigarrang rangda, kesimda jigarrang rangda, ko'plab mayda sariq dog'lar bilan.
Qo'llanilishi
I va II bosqich benign prostata giperplaziyasida dizurik buzilishlarni bartaraf etish uchun kompleks terapiyada.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari.
Qo'llash usuli
Og'iz orqali ovqatdan keyin kuniga 3 marta 2 tadan tabletka. Preparat quyidagi sxema bo'yicha qabul qilinadi: 7 kunlik 3 kurs, kurslar orasida 7 kunlik tanaffuslar bilan. Davolash davomiyligini shifokor belgilaydi.
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin. 5 % hollarda preparatni qo'llash boshida bemorlarda orqa chiqaruv teshigi sohasida kuydiruvchi his paydo bo'lishi mumkin. Bu hodisa preparatni qabul qilish jarayonida o'tib ketadi.
Maxsus ko'rsatmalar
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparat transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!