-
Tarkibi
Har bir tabletkada quyidagilar mavjud
faol modda tsitizin (cytisine) 1,5 mg.
yordamchi moddalari: laktosa monogidrat, mikrokristallik tsellyuloza (102-turi), talk, magniy stearati.
qoplovchi qobiq: polivinil spirt qisman gidrolizlangan, titan dioksidi (E171), makrogol 3350, talk, temir oksidi qora (E172), temir oksidi qizil (E172), temir oksidi sariq (E172).
-
Qo'llanilishi
Tabeks tamaki chekishga qaram (surunkali tabakizm) bo‘lgan va undan voz kechishni istagan odamlarda qo‘llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Tabeksni qo‘llamang
-agar sizda faol modda tsitizinga yoki Tabeksning boshqa har qanday tarkibiy qismlariga allergiya (gipersensitivlik) bo‘lsa;
-yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti yoki miya insulti, beqaror stenokardiya, yurak ritmining buzilishi (yurak aritmiyasi), ateroskleroz; og‘ir arterial gipertenziya.
-homiladorlik yoki emizish davri.
-
Qo'llash usuli
Tabeksni har doim ushbu ilova-yoriqdagi ko‘rsatmalarga aniq rioya qilgan holda qabul qiling. Agar biror narsaga ishonchingiz komil bo‘lmasa, shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat qiling.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Barcha dori vositalari kabi, Tabeks ham nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin, garchi ular har doim ham har bir bemorda namoyon bo‘lmasa ham.
Nojo‘ya reaksiyalar chastotasi bo‘yicha keltirilgan.
Tabeks bilan davolashda, ayniqsa boshida, quyidagi nojo‘ya ta’sirlar mumkin
Tez-tez uchraydigan (100 bemordan 1 dan 10 tagacha ta’sir qiladi) bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qorin yuqori qismida og‘riq, ko‘ngil aynishi, og‘iz qurishi, dispepsiya (oshqozonda noqulaylik, ovqatdan keyin qichqiriq).
Kamdan-kam (1000 bemordan 1 dan 10 tagacha ta’sir qiladi) uyqusizlik, uyquchanlik, qabziyat, diareya, qusish.
Noma’lum chastotada kuzatilgan (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi) yurak urishining tezlashuvi va yurak urishi, arterial bosimning biroz oshishi, asabiylikning kuchayishi, nafas olishda qiyinchilik, ta’m va ishtahaning o‘zgarishi, qorin og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, ko‘krak og‘rig‘i, vazn yo‘qotish, terlashning kuchayishi.
Agar nojo‘ya ta’sirlardan biri jiddiy bo‘lsa yoki ushbu ilova-yoriqda ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tabeks tarkibida faol modda sifatida tsitizin mavjud bo‘lib, u chekuvchi organizmiga nikotin kabi ta’sir qiladi. Tabeks qabul qilinishi tamaki chekishni asta-sekin to‘xtatishga olib keladi, bu esa sigaretadan voz kechish bilan bog‘liq noxush hislar va noqulayliklarsiz amalga oshadi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Tamaki chekishni to‘xtatgandan so‘ng teofillin, ropinirol, klozapin va olanzapinning nojo‘ya taʼsirlari kuchayishi mumkin.
Tabeks® preparatini atsetilxolin, karbaxol, galantamin, piridostigmin, rivastigmin, distigmin bilan bir vaqtda qo‘llashda xolinomimetik nojo‘ya taʼsirlar (so‘lak ajralishi, ko‘z yoshlanishi, yo‘tal bilan bronxial sekretsiya va astma xurujining yuzaga kelish xavfi, qorachiqning torayishi, kolikalar, ko‘ngil aynishi, qusish, tez-tez siyish, mushak tonusining oshishi yoki to‘satdan mushak qisqarishlari) kuchayishi mumkin.
Tabeks® preparatini lovastatin, simvastatin, fluvastatin, pravastatin va boshqalar bilan bir vaqtda qo‘llash mushaklardagi og‘riq paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.
Tabeks® preparatini gipotenziya vositalari (propranolol va boshqalar) bilan bir vaqtda qo‘llash ularning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat qabulini faqat bemor chekishdan voz kechishga jiddiy qaror qilganida boshlash kerak.
Uzoq muddat chekuvchi shaxslarga va 40–45 yoshdan oshgan shaxslarga Tabeks® preparatini faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng qo‘llash kerak. Preparatni qo‘llashda tavsiya etilgan dozalardan oshmaslik lozim. Preparat bilan davolash va chekishni davom ettirish nikotinning nojo‘ya ta’sirlarini kuchaytirishi mumkin (nikotin intoksikatsiyasi). Dori vositasi yordamchi modda sifatida laktoza saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtira olmaslikning kam uchraydigan irsiy muammolari, laktaza yetishmovchiligi (Lapp turi) yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan bemorlarga dori vositasini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri. Preparatni qo‘llash fonida transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta’sir kuzatilmagan bo‘lsa-da, uyquchanlik va boshqa nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelishi mumkinligi sababli ushbu holatlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, qorachiqning kengayishi, umumiy holsizlik, taxikardiya, klonik tutqanoqlar, nafas olish falaji. Bu holatlar, bemor dozalash tartibiga rioya qilmay, preparatni terapevtik dozadan bir necha barobar ko‘p qabul qilganda yuzaga keladi.
Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish, suv-tuz eritmalari, shuningdek 5 yoki 10% glyukoza eritmasini infuzion yuborish, tutqanoqqa qarshi vositalar, kardiotoniklar, nafas olish analepitiklari va boshqa simptomatik vositalarni buyurish. Nafas olish organlari, arterial bosim va yurak urish tezligini nazorat qilish kerak.