Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari suprima plus 20 g malham
yordamchi moddalar: oq asal mum, butilgidroksianizol, butilgidroksitoluen, oq vazelin.
Qo'llanilishi
Yuqori va pastki nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolashda, yo‘tal, burun oqishi, burun bitishi hissi bilan kechadigan holatlarda, shuningdek, mushak og‘riqlarida tashqi simptomatik vosita sifatida qo‘llaniladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, bronxospazmga moyillik, preparat surtilishi mo‘ljallangan sohada teri qoplamining shikastlanishi. Ingalatsiya uchun ishlatish, burun qanotlariga surtish tavsiya etilmaydi. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homilador va emizikli ayollarda faqat davolovchi shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘llash mumkin.
Qo'llash usuli
Yuqori va pastki nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari simptomlarini bartaraf etish uchun, masalan, yo‘tal, burun oqishi, burun bitishi hissi – ko‘krak va orqa terisiga kuniga 2-3 marta surting;
mushak og‘riqlarida malhamni og‘riqli soha ustiga surting. Yaxshi natijaga erishish uchun og‘riqli sohani issiq bog‘lam bilan yoping.
Farmakologik xususiyatlari
Mahalliy tirnash xususiyati beruvchi, mahalliy og‘riqsizlantiruvchi (chalg‘ituvchi), yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Maxsus ko'rsatmalar
Faqat tashqi qo‘llash uchun. Shikastlangan teri sohalariga surtilmasin. Dorining ko‘zga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlaning.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!