Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari sulfokampokain 10% eritmasi 2ml №10 in'ektsiya uchun eritma
T/q, m/m, i/v (struyno yoki kapelno), 2 ml 10% eritma, 2-3 marta/kun. Maksimal sutkalik doza - 12 ml 10% eritma.
Nojo´ya ta´sirlar
ADning pasayishi (ayniqsa, dastlabki pasaygan AD bilan bemorlarda), allergik reaksiyalar
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat, analiptik ta’sir ko‘rsatadi. Uzunchoq miyaning nafas va tomir-harakat markazlarini stimulyatsiya qiladi. Miokardga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatib, undagi almashinuv jarayonlarini kuchaytiradi, funksiyalarini yaxshilaydi va simpatik impulsatsiyaga sezuvchanligini oshiradi. Periferik qon tomirlar tonusini oshiradi. O‘pka ventilyatsiyasi va o‘pka qon aylanishini yaxshilaydi. Suvda eruvchanligi tufayli preparat teri ostiga va mushak ichiga yuborilganda tez so‘riladi. Infiltratlar va asoratlar (oleom) hosil qilmaydi. Tomir ichiga yuborish mumkin.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Sulfokamfokainni yurak glikozidlari, steroid gormonlar, analgetiklar bilan birga qo‘llash preparatning analiptik ta’sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni past arterial bosimli bemorlarga yuborishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki organizmda sulfokamfokain tarkibidan ajralib chiqadigan novokainning gipotenziyal ta’siri rivojlanishi mumkin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!