Sink (Zn) mikroelement bo‘lib, inson organizmida 300 dan ortiq gormon va fermentlar tarkibiga kiradi va barcha hayotiy muhim jarayonlarda ishtirok etadi. Inson organizmida sink hujayralar, mushaklar, teri, soch, suyak to‘qimalari va erkaklar moyaklarida mavjud. Sink quyidagi organlar va tizimlarga quyidagi ta’sir ko‘rsatadi: immun tizimi faoliyatini rag‘batlantiradi, suyak tizimi, biriktiruvchi to‘qima va organizm hujayralarining o‘sishi va shakllanishida ishtirok etadi, teri qoplamlarining regeneratsiya jarayonlarini yaxshilaydi, soch va tirnoqlarning o‘sishini rag‘batlantiradi va ularni yaxshi holatda saqlaydi, oqsil, yog‘ va uglevod almashinuvini faollashtiradi, sink insulin sekretsiyasi, ishlab chiqarilishi va utilizatsiyasi uchun zarur bo‘lib, u uglevod almashinuvida ishtirok etadi, buyrak usti bezlari, qalqonsimon bez, gipofiz, tuxumdon va moyaklarda sodir bo‘ladigan almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi, erkak jinsiy gormonlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi va prostata bezining funksional holatini yaxshilaydi, ko‘z gavharining shaffofligini va to‘r pardasining barqarorligini ta’minlaydi, ko‘z tuzilmasida ustunlik qiluvchi mineral modda hisoblanadi, so‘rilishni yaxshilaydi, organizmda A vitamini almashinuvini tartibga soladi, jigar normal faoliyatiga ko‘maklashadi, ta’m va hid retseptorlarining to‘g‘ri ishlashi uchun zarur, xotirani qo‘llab-quvvatlaydi va yaxshilaydi