Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-streptomitsin 1,0 g
streptomitsin 1,0 g
Ishlab chiqaruvchi: Синтез
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari streptomitsin 1,0 g
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Kukun
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    1 g
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Qo'llanilishi
    Yangi aniqlangan o‘pka silini va boshqa organlarning sil kasalliklarini davolash. Oldin davolangan bemorlarga preparatni bemor tomonidan ajratilgan mikobakteriyalarning unga sezgirligi laboratoriyada aniqlangandan so‘ng buyurish maqsadga muvofiq. Preparatga sezgir bo‘lgan gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlar chaqirgan turli joylashuvdagi infeksion-yallig‘lanish jarayonlari: klebsiella sababli pnevmoniya, endokardit, vabo, tulyaremiya, brutsellezda.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    VIII bosh miya nervlari nevriti va o'tkazilgan otonevrit bilan bog'liq eshitish va vestibulyar apparat kasalliklari, yurak-qon tomir va buyrak yetishmovchiligini og'ir shakllari, miya qon aylanishining buzilishi, obliteratsiyalovchi endarteriit, streptomitsin va/yoki boshqa aminoglikozidlarga yuqori sezuvchanlik, miasteniya, botulizm, qon ketishga moyillik. Kavernoz ichiga yuborish kateter kiritilgan joyda plevra bo'shlig'ining yopilmaganida va kavernaning ildiz sohasida joylashganida kontraindikatsiyalangan.
  • Qo'llash usuli
    Streptomitsin mushak ichiga, aerozol ko'rinishida, intratrakeal tarzda yuboriladi. Kattalarda preparatni shuningdek intrakavernoz tarzda qo'llash mumkin. Yuborishda kattalar uchun bir martalik doza – 0,5-1 g, maksimal sutkalik doza – 2 g. Tana vazni 50 kg dan kam bo'lgan bemorlar va 60 yoshdan katta shaxslarda sutkalik doza odatda 0,75 g dan oshmaydi. Bolalar uchun sutkalik doza: 1-3 oy – 10 mg/kg tana vazniga, 3-6 oy – 15 mg/kg, 6 oydan 2 yoshgacha – 20 mg/kg. 2 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun sutkalik doza 15-20 mg/kg tana vazniga hisoblanadi, lekin bolalarda (12 yoshgacha) kuniga 0,5 g dan, o'smirlarda (12-18 yosh) kuniga 1 g dan oshmasligi kerak. Sil kasalligini davolashda sutkalik doza odatda bir martalik yuboriladi. Preparatni yomon ko'tarilganda sutkalik doza 2 marta yuborishga bo'linishi mumkin. Davolash davomiyligi kasallik shakli va bosqichiga bog'liq bo'lib, 2-3 oyni tashkil etadi. Nontuberkulyoz etiologiyali infeksiyalarni davolashda sutkalik doza 3-4 marta, 6-8 soatlik interval bilan yuboriladi. Davolash davomiyligi 7-10 kun (14 kundan oshmasligi kerak). Mushak ichiga yuborish uchun preparat in'ektsiya uchun suvda, 0,9% natriy xlorid eritmasida yoki 0,25-0,5% novokain eritmasida 1 g preparatga 4 ml erituvchi hisobidan eritiladi. Eritma ech tempore tayyorlanadi. Kattalarda intratrakeal tarzda preparat 0,5-1 g 5-7 ml 0,9% natriy xlorid eritmasida yoki 0,5% novokain eritmasida haftasiga 2-3 marta yuboriladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Immun tizimidan: giperechuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan, teri toshmasi (shu jumladan, qichish), gipermiya, qichish, dermatit (shu jumladan, eksfoliativ), isitma, bo'g'imlar va mushaklarda og'riq, eozinofiliya, Kvinke shishi, ayrim hollarda - anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan, anafilaktik shok. Markaziy va periferik nerv tizimidan: VIII juft bosh nervlarining blokadasi va shu bilan bog'liq vestibulyar buzilishlar (shu jumladan, bosh aylanishi, qayt qilish, noturg'un yurish), eshitishning buzilishi (shu jumladan, quloqlarda shovqin va jiring, eshitishning pasayishi, karlik), bosh og'rig'i, periferik nevrit, ko'rish nervining nevriti, ambliopiya, skotoma paydo bo'lishi, nerv-mushak uzatishining bostirilishi (shu jumladan, nafas olishning qiyinlashishi, apnoe, zaiflik, uyquchanlik, hushdan ketish), periferik polineyropatiya, paresteziya (shu jumladan, yuz paresteziyalari) yumshoq mushaklarning tutqanoqsi qisqarishi. Juda kam - nerv-mushak o'tkazuvchanligining blokadasi nafas olishning to'xtashigacha, ayniqsa, nerv-mushak kasalliklari (miyasteniyada) bo'lgan bemorlarda, yoki operatsiyadan keyin qoldiq ta'sirida de-polarizatsiyalovchi mushaklarni bo'shashtiruvchi vositalar fonida. Siydik chiqarish tizimidan: buyrak funksiyasining buzilishi, shu jumladan, proteinuriya, gematuriya, azotemiya mumkin. Yurak-qon tomir tizimidan: yurak atrofida bosim og'rig'i, takikardiya, gipotenziya. Oziq-ovqat tizimidan: diareya. Mahalliy reaktsiyalar: kiritish joyida qizish, qichish va og'riq kabi reaktsiyalar mumkin. Qon ishlab chiqarish tizimidan: qon ketishning oshishi, aplastik anemiya, agranulotsitoz, pancitopeniya, leykopeniya, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya.
  • Farmakologik xususiyatlari
     

    Farmakokinetika
    V/m yuborilgandan so‘ng streptomitsin tez va to‘liq so‘riladi. Qonda Tmax 0,5-1,5 soat, v/m 1 g yuborilgandan keyin Cmax 25-50 mkg/ml ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 10% dan kam.

    Organizmning barcha to‘qimalarida (miya to‘qimasidan tashqari), shu jumladan hujayra tashqarisidagi suyuqlikda, abssess suyuqligida, plevral ekssudatda, assit, perikardial, sinovial, limfa va peritoneal suyuqliklarda taqsimlanadi. Buyrak, jigar, o‘pka to‘qimalarida yuqori konsentratsiyalar hosil bo‘ladi; suyak va yog‘ to‘qimalarida past.

    Kattalarda Vd 0,26 l/kg, bolalarda 0,2-0,4 l/kg, yangi tug‘ilganlarda 1 haftadan kichik va tana vazni 1500 g dan kam bo‘lsa 0,68 l/kg gacha, 1 haftadan kichik va tana vazni 1500 g dan ko‘p bo‘lsa 0,58 l/kg gacha, mukovissidozli bemorlarda 0,3-0,39 l/kg. Sog‘lom GEB orqali o‘tmaydi. Plasenta va ko‘krak suti orqali o‘tadi.

    Metabolizmga uchramaydi.

    Kattalarda T1/2 2-4 soat, yangi tug‘ilganlarda 5-8 soat, katta yoshdagi bolalarda 2,5-4 soat. Yakuniy T1/2 100 soatdan ortiq (hujayra ichki depolardan ajralishi).

    Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda T1/2 yetishmovchilik darajasiga qarab 100 soatgacha o‘zgaradi, mukovissidozli bemorlarda 1-2 soat, kuyish va gipertermiya bo‘lgan bemorlarda klirens oshganligi sababli o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan qisqaroq bo‘lishi mumkin. Buyraklar orqali (95%) o‘zgarmagan holda klubochkali filtrlatsiya yo‘li bilan chiqariladi. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Bir shpritsda penitsillin qatori va sefalosporinlar antibiotiklari bilan aralashtirish mumkin emas. Boshqa nefro- va ototoksik preparatlar (shu jumladan boshqa aminoglikozidlar, polimiksinlar, kapreomitsin) bilan bir vaqtda qo‘llanganda oto- va nefrotoksik ta’sir rivojlanish xavfi oshadi.

    Streptomitsin beta-laktam antibiotiklar (penitsillinlar va sefalosporinlar) bilan bir vaqtda qo‘llanganda sinergizm namoyon qiladi.

    Streptomitsin antimiastenik preparatlarning samaradorligini pasaytiradi.

    Metoksifluran streptomitsinning nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish xavfini oshiradi.

    Ingalatsion narkoz uchun preparatlar (galoid saqlovchi uglevodorodlar), opioid analgetiklar, antikoagulyant sifatida sitratli konservantlar bilan katta miqdorda qon quyish va boshqa nerv-mushak uzatishni bloklovchi dori vositalari streptomitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganda nerv-mushak blokadasi kuchayishi mumkin.

    Indometatsinning v/v yuborilishi streptomitsinning buyrak klirensini pasaytiradi, qondagi konsentratsiyasini oshiradi va T1/2 ni uzaytiradi. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    Davolanish davrida buyraklar funksiyasi, eshitish nervi va vestibulyar apparatni haftasiga kamida 1 marta nazorat qilish zarur.

    Nefrotoksiklik rivojlanish ehtimoli buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda, shuningdek yuqori dozalarda yoki uzoq muddat buyurilganda yuqoriroq (bu toifadagi bemorlarda buyrak funksiyasini har kuni nazorat qilish talab qilinishi mumkin).

    Audiometrik testlar qoniqarsiz bo‘lsa, preparat dozasini kamaytiradilar yoki davolashni to‘xtatadilar.

    Ijobiy klinik dinamika bo‘lmaganda, rezistent mikroorganizmlar rivojlanishi mumkinligini yodda tutish kerak. Bunday hollarda davolashni bekor qilish va mos terapiyani boshlash zarur.

    1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga streptomitsin faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha buyuriladi. 

  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Sintomlari: toksik reaksiyalar (eshitishning yo‘qolishi, ataksiya, bosh aylanishi, siyish buzilishi, chanqoq, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, quloqda shovqin yoki bosim hissi, nafas olish buzilishi, to‘xtashigacha).

    Davolash: nerv-mushak uzatishining blokadasini va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazish; xolinesteraza ingibitorlari, kalsiy tuzlari buyurish; sun’iy nafas oldirish (IVL); boshqa simptomatik va yordamchi terapiya. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shahzod
    ico ico ico ico ico
    Качество высокое, цена доступная. Рекомендую к покупке.
    05 August 2024
    0
    0
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличный продукт, быстрая доставка, все как описано.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico