Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Spazoverin 40 mg No 30 tab.
Spazoverin 40 mg No 30 tab.
Ishlab chiqaruvchi: Shreya Life Sciences Pvt. Ltd
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Bolalar uchun

    6 yoshdan

  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
25 758 so'm 31 800 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari spazoverin 40 mg no 30 tab.
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletkada 40 yoki 80 mg drotaverin gidroxloridi, shuningdek, yordamchi moddalar (kraxmal, MKTs, polivinilpirrolidon, magniy stearati, talk) mavjud; konturli yacheykali o‘ramda 10 dona, karton qutida 2 o‘ram yoki polistirol konteynerlarda 100 dona, karton qutida 1 konteyner.

    1 ml in'ektsiya uchun eritmada 20 mg drotaverin gidroxloridi, shuningdek, yordamchi moddalar (natriy metabisulfit, dinatriy edetat, etil spirti, suv) mavjud; qorong‘i shisha ampulada 1 yoki 2 ml, karton qutida 5 yoki 25 ampula.

  • Qo'llanilishi
     O‘t yo‘llari kasalliklarida silliq mushaklar spazmlari: xoletsistolitiaz, xolangioolitiaz, xoletsistit, perixoletsistit, xolangit, papilllit.
    Siydik chiqarish yo‘llari silliq mushaklarining spazmlari: nefrolitiaz, uretrolitiaz, pielit, tsistit, siydik pufagi spazmlari.
    Yordamchi terapiya sifatida

    Me’da-ichak trakti silliq mushaklarining spazmlari: me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, gastrit, kardiya va pilorus spazmlari, enterit, kolit, qabziyat bilan kechuvchi spastik kolit, meteorizm bilan kechuvchi ichakning irritatsion sindromi.
    Taranglik bosh og‘rig‘ida.
    Dismenoreyada (hayz og‘rig‘ida).
     
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
     Preparatning faol moddasiga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.
    Og'ir jigar yetishmovchiligi (Child-Pugh shkalasi bo'yicha S sinfi).
    Og'ir yurak yetishmovchiligi (past yurak chiqishi sindromi).
    6 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi.
    Emizish davri (qarang "Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi" bo'limi).

  • Qo'llash usuli
    Og'iz orqali, kattalar uchun: 40–80 mg dan kuniga 2–3 marta. Bolalar uchun: 6 yoshgacha bir martalik doza — 10–20 mg, 6–12 yoshda — 20 mg dan kuniga 1–2 marta.

    V/m yoki p/k, 2–4 ml (40–80 mg) dan kuniga 1–3 marta. Kurs — 1–2 hafta va undan ko'p. Uzoq muddatli davolash zarur bo'lsa, preparatni og'iz orqali qabul qilishga o'tiladi. Tez ta'sirga erishish uchun v/v sekin 2–4 ml preparat 10–20 ml 0,9% natriy xlorid izotonik eritmasi yoki 5% dekstroza eritmasida yuboriladi. Bolalar uchun: 6 yoshgacha odatda — 10–20 mg dan kuniga 1–2 marta, 6 yoshdan katta — 20 mg dan kuniga 1–2 marta.

  • Nojo´ya ta´sirlar
     Nojo'ya reaksiyalar yuzaga kelish tezligini tavsiflash uchun Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tavsiya etilgan quyidagi tasnifdan foydalaniladi: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% va <10%), kamdan-kam (≥0,1% va <1%), kam (≥0,01% va <0,1%), juda kam, shu jumladan alohida xabarlar (<0,01 %), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlarga ko'ra tez-tezlikni aniqlash mumkin emas).

    Nerv tizimi tomonidan

    Kam: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik.

    Yurak-qon tomir tizimi tomonidan

    Kam: yurak urishini sezish, arterial bosimning pasayishi,

    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan

    Kam: ko'ngil aynishi, qabziyat,

    Immun tizimi tomonidan

    Kam: allergik reaksiyalar (angionevrotik shish, eshakemi, toshma, qichishish) (qarang bo'lim "Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar"). 

  • Farmakologik xususiyatlari
     Spazmolitik vosita

    Drotaverin izoxinolin hosilasi bo‘lib, IV tipdagi fosfodiesteraza (FDE IV) fermentini ingibitsiyalash hisobiga silliq mushaklarga kuchli spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi. FDE IV fermentini ingibitsiyalash cAMF konsentratsiyasining oshishiga, miozinning engil zanjiri kinazasining inaktivatsiyasiga olib keladi, bu esa silliq mushaklarning bo‘shashishiga sabab bo‘ladi.

    Drotaverinning cAMF orqali sitozolik Ca2+ ionlari konsentratsiyasini kamaytirish ta’siri uning Ca2+ ionlariga nisbatan antagonistik ta’sirini tushuntiradi.

    In vitro drotaverin FDE IV fermentini FDE III va FDE V fermentlarini ingibitsiyalamasdan ingibitsiyalaydi. Shuning uchun drotaverin samaradorligi turli to‘qimalarda FDE IV konsentratsiyasiga bog‘liq. FDE IV fermenti silliq mushaklarning qisqaruvchanlik faolligini bostirish uchun eng muhim hisoblanadi, shu sababli FDE IV ni selektiv ingibitsiyalash giperkineetik diskineziya va turli kasalliklarda, me’da-ichak trakti spazmik holatlari bilan kechadigan kasalliklarni davolashda foydali bo‘lishi mumkin.

    cAMF ning miokard va qon tomirlarining silliq mushaklarida gidrolizi asosan FDE III fermenti yordamida amalga oshiriladi, bu esa drotaverinning yuqori spazmolitik faolligiga qaramay, yurak va qon tomirlar tomonidan jiddiy nojo‘ya ta’sirlar va yurak-qon tomir tizimiga aniq ta’sirlarning yo‘qligi bilan izohlanadi.

    Drotaverin silliq mushaklarning neyrogen va mushak kelib chiqishli spazmlarida samarali. Vegetativ innervatsiya turidan qat’i nazar, drotaverin me’da-ichak trakti, o‘t yo‘llari, siydik-tanosil tizimi, qon tomirlarning silliq mushaklarini bo‘shashtiradi. Tomirlarni kengaytiruvchi ta’siri natijasida drotaverin to‘qimalarning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Shunday qilib, drotaverinning yuqorida ko‘rsatilgan ta’sir mexanizmlari silliq mushaklarning spazmini bartaraf etadi, bu esa og‘riqning kamayishiga olib keladi. 

  • Maxsus ko'rsatmalar
     Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi

    Drotaverin teratogen va embriotoksik ta'sirga ega emas. Biroq, Spazoverin Effekt® preparatini homiladorlik davrida qo'llashdan oldin ehtiyotkorlikka rioya qilish va preparatni faqat ona uchun potentsial foyda va homila uchun mumkin bo'lgan xavf nisbati baholangandan so'ng buyurish kerak.

    Hayvonlarda tadqiqotlar va klinik ma'lumotlar yo'qligi sababli, drotaverinni emizish davrida buyurish tavsiya etilmaydi. 

  • Dozani oshirib yuborilishi
     Drotaverin bilan dozani oshirib yuborish yurak ritmi va o'tkazuvchanligi buzilishlari, shu jumladan Gisa to'plami oyoqchalari to'liq blokadasi va yurak to'xtashi bilan bog'liq bo'lgan, bu esa o'limga olib kelishi mumkin.

    Davolash

    Dozani oshirib yuborish holatida bemorlar tibbiy nazorat ostida bo'lishi va zarurat tug'ilganda simptomatik va asosiy tana funksiyalarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan davolash, shu jumladan sun'iy ravishda qusishni chaqirish yoki oshqozonni yuvish amalga oshirilishi kerak. 

Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Эффективное лекарство, хорошо помогает при гастрите. Спасибо за качественную доставку, Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
  • Nazira
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, помогает справиться с проблемами желудка. Быстрая доставка от Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico