-
Tarkibi
ta'sir qiluvchi moddalar: α-bromizovalerian kislotasining etil efiri, mentol eritmasi mentil izovalerian kislotasi efirida (validol), doksilamin gidrogen suksinat.
1 ml eritma tarkibida: α-bromizovalerian kislotasining etil efiri 100 % modda hisobida - 18 mg; mentol eritmasi mentil izovalerian kislotasi efirida (validol) – 80 mg; doksilamin gidrogen suksinat 100 % quruq modda hisobida – 16,875 mg.
yordamchi moddalar: natriy atsetat, trigidrat; etanol 96 %; tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
Somatoform vegetativ disfunktsiya fonida uyqusizlikni davolash; uyqusizlik bilan kechadigan nevrotik buzilishlar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga va antigistamin preparatlarga yuqori individual sezuvchanlik;
o‘tkir yopiq burchakli glaukoma, shu jumladan bemor anamnezida yoki oilaviy anamnezda;
uretroprostatik buzilishlar siydik tutilishi xavfi bilan;
ifodalangan arterial gipotenziya;
o‘tkir miokard infarkti.
-
Qo'llash usuli
Preparat dozasini individual ravishda, uyqusizlikning og'irligi va davomiyligini hisobga olgan holda belgilashadi.
Preparatni bir marta, oz miqdorda suv (1/2 stakan) bilan yutib, uxlashdan 15–30 daqiqa oldin qabul qilishadi.
Kattalar uchun tavsiya etilgan bir martalik doza 12 tomchi bo'lib, bu 7,5 mg doksilaminga to'g'ri keladi. Zarurat tug'ilganda doza oshirilishi mumkin. Maksimal bir martalik doza 24 tomchi (15 mg doksilamin) ni tashkil etadi. 1 ml eritma 27 tomchiga to'g'ri keladi.
Keksalar va buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga dozani kamaytirish tavsiya etiladi.
Kunduzgi uyquchanlik rivojlanishining oldini olish uchun, preparatni qabul qilgandan so'ng 7 soat davomida uxlash imkoniyati bo'lishi kerakligini hisobga olish lozim.
Preparatni qabul qilish davomiyligi 2-5 kunni tashkil etadi.
Bolalar
Preparat 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash uchun tavsiya etilmaydi, chunki xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat odatda bemorlar tomonidan yaxshi ko'tariladi. Quyidagi nojo'ya reaksiyalar rivojlanishi mumkin:
nerv tizimi tomonidan: kunduzgi uyquchanlik, bosh aylanishi, sekinlashuv, diqqatning pasayishi, gallyutsinatsiyalar, ongning chalkashishi, tungi apnoe sindromining kuchayishi, psixodinamik faollikning oshishi;
hazm qilish tizimi tomonidan: qorin sohasida noqulaylik, ko'ngil aynishi, og'iz qurishi, qabziyat;
yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial gipotenziya;
immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish;
ko'rish organlari tomonidan: akkomodatsiya buzilishi, ko'rishning xiralashuvi, ko'rish nuqsoni, ko'zdan yosh oqishi;
siydik chiqarish organlari tomonidan: siydik chiqarishni ushlab qolish.
Brom saqlovchi preparatlarni uzoq muddat qabul qilish brom bilan zaharlanishga olib kelishi mumkin, bu quyidagi simptomlar bilan tavsiflanadi: markaziy asab tizimi faoliyatining susayishi, depressiv kayfiyat, ongning chalkashishi, ataksiya, apatiya, kon'yunktivit, rinit, ko'zdan yosh oqishi, akne, purpura.
Preparatdan suiiste'mol qilish va dori qaramligi holatlari haqida xabar berilgan.
N1 -antigistamin dori vositalari sedativ ta'sir, kognitiv buzilishlar va psixomotor faollikning buzilishiga olib keladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat bo‘lib, uning terapevtik samaradorligi tarkibiga kiruvchi komponentlarning farmakologik xususiyatlari bilan belgilanadi.
α-bromizovalerian kislota etil efiri brom hosilali a-izovalerian kislota – valeriana ildizlari va ildizpoyalarining faol komponentlaridan biri. Izovalerian kislota etil efiri molekulasiga brom ionlarini kiritish sedativ va gipotik effektlarni kuchaytirishga yordam beradi. Valeriana preparatlariga xos sedativ, trankviliziruyushchi va spazmolitik xususiyatlarga ega. Valeriana preparatlarining sedativ ta’sir mexanizmi bosh miya po‘stlog‘i funksiyalariga regulyator ta’siri bilan bog‘liq: GABA-ergik transmissiyani kuchaytirish GABA chiqarilishini osonlashtirish va uning qayta qabul qilinishini inhibe qilish, adenozin va benzodiazepin retseptorlariga agonistik ta’sir ko‘rsatish.
Doksilamin – uyqu keltiruvchi, sedativ, antigistamin dori vositasi. Etanolaminlar guruhiga mansub H1-gistamin retseptorlari blokatori bo‘lib, aniq sedativ va M-xolinolitik ta’sirga ega. Uxlashni osonlashtiradi, uyqu davomiyligini oshiradi va sifatini yaxshilaydi, uyquning fiziologik fazalarini o‘zgartirmaydi.
Mentol eritmasi izovalerian kislota mentil efirida (validol) o‘rtacha sedativ va reflektor koronar kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, bu asosan sezgir nerv uchlarini ta’sirlantirish bilan bog‘liq reflektor reaksiyalar bilan belgilanadi. Shilliq qavat retseptorlarini ta’sirlantirish enkefalinlar, endorfinlar va boshqa endogen fiziologik faol birikmalar hosil bo‘lishi va ajralib chiqishini stimulyatsiya qilish bilan kechadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Agar preparat qabul qilinayotgan fonida uyqusizlik 5 kundan ortiq davom etsa, bemor preparatni keyingi qo‘llanishi bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashishi kerak.
Kunduzgi uyquchanlik mavjud bo‘lsa, preparat dozasini kamaytirish lozim.
Barcha uyqu dori yoki sedativ vositalar kabi, doksilamin suksinat tungi apnoe sindromini kuchaytirishi mumkin (nafas to‘xtashlari soni va davomiyligining oshishi).
Giyohvandlik va dori vositasiga qaramlik rivojlanish xavfi past. Biroq, giyohvandlik holatlari va natijada dori vositasiga qaramlik rivojlanishi haqida xabarlar bo‘lgan. Dori vositasidan g‘ayrioddiy foydalanish yoki qaramlik belgilari diqqat bilan nazorat qilinishi kerak. Davolash davomiyligi 5 kundan oshmasligi lozim. Psixoaktiv moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dori vositasini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Doksilamin suksinat organizmda taxminan 5 yarim chiqarilish davri davomida saqlanib turadi (qarang «Farmakokinetika» bo‘limi).
Preparat qabul qilinayotgan fonida, ayniqsa, keksalar tomonidan, kognitiv buzilishlar, sedativ ta’sir, sekin reaksiya va/yoki vertigo/bosh aylanishi xavfi tufayli ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur, masalan, tunda uyg‘onishda. Shuningdek, kechqurun preparat qabul qilingandan so‘ng ertalab keskin harakatlardan saqlanish lozim, chunki reaksiya sekinlashuvi va bosh aylanishi mumkin.
Yarim chiqarilish davri keksalarda yoki buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda ancha uzoq bo‘lishi mumkin.
Takroriy qo‘llanilganda dori vositasi yoki uning metabolitlari muvozanat holatiga ancha kech va yuqoriroq darajada yetadi. Dori vositasining samaradorligi va xavfsizligi faqat muvozanat holatiga yetilgandan so‘ng baholanishi mumkin.
Dozani tuzatish talab qilinishi mumkin (qarang «Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limi).
Keksalarda, buyrak yoki jigar yetishmovchiligi holatlarida plazmadagi konsentratsiya oshishi va plazma klirensining pasayishi kuzatiladi. Dori vositasi dozasini kamaytirish tavsiya etiladi.
Ushbu dori vositasi 73 % etanol (spirt) o‘z ichiga oladi, ya’ni 0,262 g/doza, bu 5,4 ml pivo yoki 2,3 ml vino dozaga (12 tomchi doza hisobida) ekvivalentdir. Alkogolizm bilan kasallangan bemorlar uchun zararli. Jigar, buyrak kasalliklari, epilepsiya bilan kasallangan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Davolash davomida alkogol qabul qilishni istisno qilish kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash
Preparat homiladorlik davrida tarkibida brom bo‘lgani uchun buyurilmaydi. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
Preparat psixomotor reaksiyalar tezligiga ta’sir qiladi, shuning uchun avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish lozim.
Preparat qabul qilinganidan keyingi kun davomida kunduzgi uyquchanlik, diqqatni jamlashning pasayishi va akkomodatsiya buzilishi rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Uyqu yetarli davom etmagan hollarda reaksiya tezligi buzilishi xavfi oshadi (qarang «Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limi).
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Markaziy asab tizimiga depressiv ta'sir ko'rsatuvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilishi (boshqa sedativ dori vositalari; morfin hosilalari; og'riq qoldiruvchi vositalar; yo'talni davolash uchun qo'llaniladigan vositalar, o'rinbosar terapiya uchun; neyroleptiklar; barbituratlar; trankvilizatorlar; antidepressantlar; benzodiazepinlar; narkoz uchun vositalar (natriy oksibutirat), anksiolitiklar, benzodiazepinlardan tashqari, sedativ antigistamin preparatlar; nebenzodiazepin sedativ preparatlar; boshqalar: baklofen, talidomid, opioid analgetiklar, markaziy ta'sirga ega antigipertenziv vositalar va alkogol bilan markaziy asab tizimining tormozlanishini kuchaytiradi.
Reaksiya tezligining buzilishi avtotransport boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda xavf tug'dirishi mumkin.
Markaziy asab tizimi stimulyatorlari (kofein, kordiamin va boshqalar) bilan bir vaqtda qo'llanilishi har bir preparatning ta'sirini o'zaro susaytiradi.
Atropin va atropinga o'xshash preparatlar (imipraminli antidepressantlar, ko'pchilik atropinga o'xshash H1-antigistamin vositalar, antixolinergik parkinsonga qarshi preparatlar, atropinli spazmolitik preparatlar, dizopiramid, fenotiazinlar, klozapin) antixolinergik nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfini oshiradi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat juda yuqori dozalarda qabul qilinganda mumkin.
Belgilar: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, yurak faoliyati buzilishi, preparat komponentlariga gipersensitivlik reaksiyalari, qo‘zg‘alish, deliry, gallyutsinatsiyalar, harakatlarni muvofiqlashtirish buzilishi, atetoz, tremor, qorachiq kengayishi, akkomodatsiya falaji, og‘iz qurishi, yuz va bo‘yning qizarishi, gipertermiya, sinusli taxikardiya, markaziy asab tizimi faoliyatining susayishi, ataksiya, arterial bosimning pasayishi, tutqanoq, koma.
Doksilamin bilan o‘tkir zaharlanish ba’zan rabdomiolizga olib keladi, bu esa o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan asoratlanishi mumkin.
Brom bilan surunkali zaharlanish (bromizm) namoyon bo‘lishi depressiya, apatiya, rinit, kon’yunktivit, gemorragik diatez, harakatlarni muvofiqlashtirish buzilishi bilan ifodalanadi. Ko‘rsatilgan namoyonlarni bartaraf etish uchun simptomatik terapiya buyuriladi.
Preparatni uzoq muddat qo‘llash ba’zan psixodinamik faollikning kuchayishi bilan kechadi.
Davolash simptomatik.