Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Snoop 90mkg/doza 150 doza burun spreyi
Snoop 90mkg/doza 150 doza burun spreyi
Ishlab chiqaruvchi: Хемомонт д.о.о.
Yaroqlilik muddati: 5 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    6 yoshdan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
63 600 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari snoop 90mkg/doza 150 doza burun spreyi
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Sprey
  • ATX kodi
    R01AA07
  • Yaroqlilik muddati
    5 yil
  • Qadoqdagi soni
    150 doz
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
  • Saqlash harorati
    25 °С dan yuqori
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 doza spreyi quyidagilarni saqlaydi: 
    faol modda: ksilometazolin gidroxloridi - 90 mkg,
    yordamchi moddalar: dengiz suvi, kaliy digidrofosfati, in’eksiya uchun suv.
  • Qo'llanilishi
    Rinitning ko‘rinishlari (tumov) bilan o‘tkir respirator kasalliklar, o‘tkir allergik rinit, pollinoz, sinusit, yevstaxiit, o‘rta otiti (burun xalqumning shilliq qavatini shishini kamaytirish uchun majmuaviy davolash tarkibida), burun yo‘llarida rinoskopiya va diagnostik muolajalarni o‘tkazishni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Ksilometazolinga o‘ta yuqori sezuvchanlik yoki preparatni boshqa komponentlariga; arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, glaukoma; atrofik rinit, gipertirioz, bosh miya pardalaridagi jarrohlik aralashuvlari (anamnezdagi), burun terisini qavatining yalliqlanish kasalliklari, tranfenoidal gipofizektomiyadan kengi xolatlar, homiladorlik, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (90 mkg/ dozaga yuborilgan uchun burun sprey), 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (45 mkg/dozaga mo‘ljanllangan uchun burun sprey).
    Monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari terapiyasida (va undan keyin 14 kun davomida), tritsiklik va tetratsiklik antidepressantlarni qo‘llagan xolda, boshqa joyda qo‘llanadigan tomirlarni toraytiruvchi (dekongestantami), xamda boshqa arterial bosimni ko‘taruvchi preparatlar bilan birgalikda ishlatib bo‘lmaydi.
    Ehtiyotkorlik bilan
    Qandli diabet, og‘ir yurak-qon tomir kasaliklari (shu jumladan yurak ishemik kasalligi), prostata bezining giperplaziyasi, foyexromotsitoma, porfiriya, gipertireoz, emizish davri, arterial bosimni oshiruvchi monoaminooksidaza ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlari va boshqa dori preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish; uyqusizlik, bosh aylanishi, aritmiya, tremor, arterial bosimni oshishi bilan; uzoq QT interval sindromi bo‘lgan bemorlar.
  • Qo'llash usuli
    Intranazal
    Snup® dozalangan nazal sprey 90 mkg/doza
    Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga 1 purkashdan burun yo‘liga kuniga 2 - 3 martagacha buyuriladi. 
    Kuniga 3 martadan ko‘proq foydalanish mumkin emas.
    Bolalardagi preparat kattalar nazorati ostida ishlatilishi kerak. 
    Oxirgi purkashni yotishdan oldin qilish tavsiya etiladi.
    Qo‘llashdan oldin burun yo‘llarini tozalash kerak.

     

  • Nojo´ya ta´sirlar
    Nojo‘ya ta’sirlarning kuzatilish klassifikatsiyasi: juda ko‘p hollarda (> 1/10); ko‘p hollarda ((> 1/100dan <1/10гача); кўп эмас (> 1/1000dan <1/100гача); кам ҳолларда (> 1/10 000dan <1/1000gacha); juda kam hollarda (<1/10000).
    Immun sistema tomonidan:
    Juda kam kuzatilish: yuqori sezuvchanlik (angionevrotik shishish, toshma, qichishish).
    Asab tizimi tomonidan:
    Ko‘p hollarda: bosh og‘rig‘i.
    Kam hollarda: uyqisizlik, depressiya (ancha vakt davomida yuqori dozalarda qo‘llanganda).
    Juda kam hollarda: xavotirlik, charchash, paresteziya, gallyutsinatsiyalar va tirishishlar (asosan bolalarda).
    Hissiyot organlari tomonidan:
    Juda kam hollarda: ko‘zlarda aniqlik pasayishi.
    Yurak-qon tomirlari tizimi tomonidan:
    Kam hollarda: yurak urishini xis etish, arterial bosim oshishi.
    Juda kam hollarda: taxikardiya, aritmiya.
    Nafas olish tizimi tomonidan:
    Ko‘p hollarda: burunni shilliq qoplamini quruqligi, kuyganlik xisi, aksirish, burun-og‘iz shilliq qoplamining gipersekretsiyasi.
    Kam hollarda: preparat qo‘llanilganidan sung burun shilliq qoplamida shishish kuchayishi kuzatilishi mumkin (reaktiv giperemiya), burundan qon oqishi.
    Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan:
    Ko‘p hollarda: ko‘ngil aynish.
    Kam hollarda: qusish.
    Maxalli reaksiyalar:
    Ko‘p hollarda: qo‘llanilgan joyda qizish xisi.
    Agar sizda qo‘llanmada ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlar kuzatilsa yoki kuchaysa, yoki Siz boqa nojo‘ya ta’sirlarni sezgan bulsangiz, shifokorga bu to‘g‘risida ayting.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Farmakodinamikasi
    Ksilometazolin alfa-adrenomimetik faollikka ega bo‘lgan mahalliy qon tomirlarni toraytiruvchi vositalar guruhiga kiradi (dekongestant), burunning shilliq qavatlaridagi qon tomirlarini toraytiradi, burun shilliq qavatining giperemiyasi va shishni bartaraf qilib, burun yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklaydi, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi.
    Preparatning ta’siri qo‘llanganidan so‘ng 5-10 minutdan keyin boshlanadi va 12 soat davomida davom etadi.
    Farmakokinetikasi
    Mahalliy qo‘llanganida preparat deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun plazmada uning konsentratsiyasi juda kam (zamonaviy analitik usullar bilan aniqlanmaydi).
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Ksilometazolinning monoamioksidaza (MAO) ingibitorlari va tritsiklik xamda tetratsiklik antidepressantlar, boshqa joyda qo‘llanuvchi tomirlarni toraytiruvchi (dekongestantlar) moddalar, xamda boshqa arterial bosimni ko‘taruvchi moddalar bilan bir vaqtda qo‘llanishi arterial bosimni oshib ketishiga olib kelishi mumkin, va shu sababli bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Agar Siz yuqorida ko‘rsatilgan yoki boshqa dori preparatlarni (shuni ichida retseptsiz beriladigan) qo‘llayotgan bulsangiz, Snup® preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslaxatlashing.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Simptomlar:
    Dozani oshirib yuborilganida klinik surat asab tizimning buzilishi (xavotirlik, gallyutsinatsiya, tirishishlar) fazasini markaziy asab tizimidagi siqilishlar (xarorat pasayishi, sekinlashuv, uyquvchanlik, koma) fazasi bilan almashib turishdan iborat buladi. Bundan tashqari boshqa simptomlar bo‘lishi mumkin: mioz, midriaz, yuqori terlash, yuqori xarorat, rangsizlik, sianoz, ko‘ngil aynishi va qusish, taxikardiya, bradikardiya, yurak aritmiyalari, yurak to‘xtashi, yurak qattiq urishi, arterial bosim ko‘tarilishi, arterial bosim shokgacha qadar pasayishi, o‘pka shishish, nafas olish depressiyasi va apnoe, psixogen buzilishlar.
    Bolalarda dozani oshib ketishida tirishishlar, koma va bradikardiya, apnoe, xamda yuqori arterial bosim va ketidan gipotoniya bilan bo‘lgan dominant markaziy ta’sirlar kuzatiladi.
    Davolash:
    Simptomatik, shifokor nazorati ostida.
    Preparatni tasodifiy yutishida – aktivlangan ko‘mir kiritish, oshqozon yuvish.
    Og‘ir dozani oshirib yuborish xolatida statsionarda intensiv terapiya o‘tkazish ko‘rsatilgan. Jiddiy xolatlarda arterial bosimni pasayishi uchun noselektiv alfa-adrenoblokatorlar, xarorat pasaytiruvchi moddalar, intubatsiya va o‘pkani sun’iy ventilyatsiyasi qo‘llanishi mumkin.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Preparatni tarkibiga qiruvchi dengiz suvi shilliq qavatini bokal simon xujayralarda shilliq ishlab chiqarilishi me’yorlashtirish va kiprichkali epiteliyni faoliyatini yaxshilash hisobiga burun bo‘shlig‘ini shilliq qavatini normal fiziologik holatini ushlab turushiga yordam beradi.
    Uzilishsiz 7 kundan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi.
    Tavsiya etilgan dozalarni oshirmaslik kerak, ayniqsa bolalar va keksalarda.
    Uzoq davr mobaynida (7 kundan ortiq) qo‘llash yoki ksilometazolinning dozasini oshib ketishi preparatni terapevtik ta’sirini pasayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari reaktiv giperemiya va burun shilliq qavatini atrofiyasi xavfini oshiradi.
    Ksilometazolinni qabul qiladigan uzoq QT sindromi bo‘lgan bemorlarda jiddiy qorincha aritmiyalarini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lishi mumkin. Agar preparatni muddati o‘tgan bo‘lsa uni chiqindi suvga yoki tashqariga tashlamang! Dori darmonlarni axlat qutisiga joylashtiring. Ushbu chora-tadbirlar atrof – muxitni muxofaza qilishga yordam beradi.
    Homiladorlik xamda emizish davrida qo‘llash 
    Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
    Emizish davrida preparat faqat barcha ona va go‘dakning sog‘ligi uchun xatar va foydalarni baxolagan xolda qo‘llash kerak. Tavsiya etilgan dozirovkani oshirmagan ma’qul. Emizish davrida Snup® preparatini ishlatishdan oldin shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
    Transport vositalarni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
    Dozalash tartibiga rioya qilinsa ksilometazolin diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligiga ta’sir qilmaydi.
  • Chiqarish shakli
    Dozalangan nazal sprey 45 mkg/doza  va 90 mkg/doza. 
    15 ml nazal sprey (150 doza) sepuvchi klapanli polietilen flakonda. 
    1 flakon preparatni tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
  • Saqlash shartlari
    25 °С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
    Flakon ochilganidan keyin preparat 12 oy davomida qullanilishi kerak.
    Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
  • Eng yaxshi sanadan oldin
    5 yil. 
    Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Alisher
    ico ico ico ico ico
    Снуп 90 мкг/доза очень эффективен. Спасибо за качественный товар, Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
  • Diana
    ico ico ico ico ico
    Отличный спрей! Освежает нос и улучшает дыхание. Быстрая доставка от Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico