Extiyotkorlik bilan
Extiyotkorlik bilan
Extiyotkorlik bilan
Faol moddalari:
Glitsin …................10 mg
Melatonin ................1 mg
Yordamchi moddalari: sorbit, propilenglikol, sukraloza, limon kislotasi, natriy tsitrat, aromatizator.
Quyidagi holatlarda biologik faol qo‘shimcha sifatida: uyqusizlik, uyqu jarayonining buzilishi bilan kechadigan holatlar (uyquga ketishni osonlashtiradi (uyquning kechikkan fazasi sindromi), biologik «uyqu-uyg‘onish» siklini tartibga solishga yordam beradi),
antioksidant sifatida, hujayralarni erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qiladi, immun tizimini rag‘batlantiradi, qon bosimini barqarorlashtiradi va qondagi xolesterin darajasini tartibga soladi, premenstrual holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘sma kasalliklarining oldini olish (40 yoshdan katta shaxslarda, aqliy ish qobiliyatining pasayishi, stressli vaziyatlar, psixoemotsional zo‘riqish (imtihon davrida, nizoli vaziyatlarda), bolalar va o‘smirlarda xulq-atvor buzilishlari (yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, emotsional beqarorlik).
Komponentlarga individual toqat qilmaslik.
Ogohlantirish
Cho‘kma mavjudligi tabiiy ingredientlardan foydalanish natijasidir va mahsulot sifatiga ta’sir qilmaydi.
Homilador ayollar va emizish davrida mahsulotni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma’lumot yo‘q, shuning uchun qo‘llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish shart.
Tavsiya etilgan kunlik dozani oshirmang.
BAD dori vositasi emas!
Og‘iz orqali.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5 tomchidan kuniga 3 marta.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 10 tomchidan kuniga 2-3 marta.
7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 ml dan kuniga 3 marta.
14 yosh va undan katta yoshdagilarga 5 ml dan kuniga 3 marta.
Ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatilsin.
Komponentlarga individual yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.
Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.