Maxsus ko'rsatmalar
2 yoshdan katta bolalarda preparatni qo'llashni og'ir suvsizlanishni oldini olish uchun og'iz orqali rehidratatsiya (rehidratatsiya - organizmda suyuqlikni to'ldirish) eritmasini erta kiritish bilan birgalikda amalga oshirish zarur. Smecta® preparatini doimiy ravishda ishlatishdan qochish kerak.
Kattalarda rehidratatsiya choralari zaruratga qarab amalga oshiriladi. Og'iz yoki venaga rehidratatsiya terapiyasi uchun eritma miqdori diareyaning intensivligiga, yoshga va bemorning holatiga bog'liq.
Smecta® dori vositasini va boshqa dori vositalarini qabul qilish o'rtasida kamida 2 soatlik intervalni saqlash tavsiya etiladi.
Bemor quyidagi ehtiyojlar haqida ogohlantirilishi kerak:
- Diareya bilan bog'liq suyuqlik yo'qotishlarini tuzatish uchun ko'p miqdorda tuzli yoki shirin suyuqliklarni iste'mol qilish (katta bemor uchun kunlik suyuqlik ehtiyoji 2 l);
- Diareya davomida ovqatlanish ratsionini saqlash: ayrim mahsulotlarni, ayniqsa, xom sabzavotlar va mevalar, yashil sabzavotlar, ziravorli taomlar, shuningdek, muzlatilgan mahsulotlar yoki ichimliklarni chiqarib tashlash; grilda tayyorlangan go'sht va guruchni afzal ko'rish.
Bolalar va o'smirlar
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va 2 yoshdan kichik bolalarda Smecta® preparatini qo'llash tavsiya etilmaydi. 2 yoshdan kichik bolalarda o'tkir diareyaning standart davolash usuli og'iz orqali rehidratatsiya eritmasidir.
Smecta® preparati dekstrozani o'z ichiga oladi
Preparat tarkibida dekstroza mavjud, shuning uchun fruktoza intoleransiyasi, glukoza va/yoki galaktoza malabsorbtsiya sindromi yoki saharaza/izomaltaza yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Smektit dioktaedrik transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki ozgina ta'sir qiladi.