Farmakologik xususiyatlari
Smektit dioktaedrik kattalarda ichakdagi gazlarni adsorbirovka qiladi.
Gastroenterit bilan og'rigan bolalarda o'tkazilgan klinik tadqiqotda, smektit dioktaedrik ichak shilliq qavatining normal o'tkazuvchanligini tiklash qobiliyatiga ega ekanligi ko'rsatildi.
O'zining yaproqli tuzilishi va yuqori plastiklik viskozitasi tufayli smektit dioktaedrik oshqozon-ichak shilliq qavatiga nisbatan kuchli himoya xususiyatlariga ega.
Smektit dioktaedrik shilliq qavatni agressiv agentlarga, masalan, tuz kislotasi, safro kislotalari va boshqa irritantlarga qarshi stabilizator va sitoprotektor sifatida harakat qiladi. Enterotoksinlar, bakteriyalar va viruslarga nisbatan yuqori adsorbsiyalash qobiliyatiga ega va ichak shilliq qavatining to'sig'ini kuchaytiradi.
In vitro tadqiqotlarda xoler toksinini (enterotoksin) smektit dioktaedrik bilan inkubatsiya qilinganidan 30 daqiqa o'tgach adsorbsiyalash kuzatiladi, rotavirus viriionlarini bog'lash esa inkubatsiyadan 1 soatdan keyin sodir bo'ladi.
Smektit dioktaedrik TNF-α (ichak kasalliklarida ishtirok etuvchi: infeksion diareya, ichak yallig'lanish kasalliklari va oziq-ovqat allergiyasi) tomonidan keltirilgan epiteliy to'sig'ining nuqsonini tiklaydi.