-
Tarkibi
Faol modda: Sinaflan (fluotsinolon atsetonidi). Yordamchi moddalari: propilenglikol, tibbiy vazelin, anhidrid lanolin, tseresin.
-
Qo'llanilishi
Teri yallig‘lanish va allergik kasalliklarining murakkab terapiyasi va mikrobsiz etiologiyali, qattiq qichishish va giperkeratoz bilan kechuvchi ekzema, neyrodermit, teri qichishishi, psoriaz, seborey dermatit, atonik dermatit, ko‘p shaklli eritema, qizil yassi temiratki, diskoid qizil volchanka va boshqa surunkali quruq shakldagi yallig‘lanish va allergik teri kasalliklari, I darajali kuyishlar, quyosh kuyishi, hasharot chaqishi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Infeksion, zamburug‘li, sil, sifilitik va virusli teri kasalliklari, perioral dermatit, ugri, vaksinasiyadan keyingi teri reaksiyalari, homiladorlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, preparatga va boshqa GKSlarga yuqori sezuvchanlik. Preparatni yaralar va yara yuzalariga surtish mumkin emas. Ko‘z kasalliklarini davolash uchun, keng maydonli zararlangan teri sohalarida, ayniqsa bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
-
Qo'llash usuli
Preparat teri zararlangan sohalariga yupqa qatlamda kuniga 1–2 marta surtiladi, teriga yengil ishqalab yuboriladi. Davolash davomiyligi kasallik xarakteriga, terapiya samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, odatda 5–10 kunni tashkil etadi. Kasallikning qattiq kechishida davolash kursi 25 kun va undan ko‘proq davom etishi mumkin. Zararlanish o‘choqlari cheklangan hollarda samaradorlikni oshirish uchun mazni okklyuzion bog‘lamlar ostida qo‘llash mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Mahalliy reaksiyalar: terining qurishi, kuydirish, teri toshmasi, preparatni uzoq muddat qo‘llashda – teleangioektaziyalar, poststeroid tomirli purpura, girsutizm, gipertixoz, perioral dermatit, terining ikkilamchi infeksion shikastlanishlari va unda atrofik o‘zgarishlar rivojlanishi mumkin. Mahalliy infeksion asoratlarning oldini olish uchun preparatni antimikrob vositalar bilan birga buyurish tavsiya etiladi. Tizimli reaksiyalar: Oklyuzion bog‘lam ostida qo‘llanganda GKSning tizimli ta’siri simptomlari (shishlar, arterial gipertenziya, immunodepressiv ta’sir) rivojlanishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tashqi qo‘llash uchun glyukokortikosteroid (GKS). Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi va antiekssudativ ta’sirga ega. Lipofil xususiyatlarga ega va teri orqali tizimli qon aylanishiga oson kirib boradi. Yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi, prostaglandinlar va leyotrienlar ishlab chiqarilishini fosfolipaza A2 faolligini bloklash natijasida va hujayra membranalarining fosfolipidlaridan araxidon kislotasining ajralishini kamaytirish orqali bostiradi, shuningdek, mahalliy allergik reaksiyalarni bostirish orqali allergiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Mahalliy tomirlarni toraytiruvchi ta’siri natijasida ekssudativ reaksiyalar kamayadi, oqsillar sintezi pasayadi, kollagen to‘planishi kamayadi. Terida oqsillar parchalanishini tezlashtiradi va proliferativ jarayonlarni susaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Psoriazda o‘tkazuvchi bog‘lovchi bint ishlatiladi, uni har kuni almashtirish kerak. Davolashni uzluksiz 2 haftadan ortiq davom ettirish tavsiya etilmaydi. Mahalliy qo‘llashda buyrak usti bezlari-gipofiz tizimini bostirish natijasida AKGG ishlab chiqarilishi kamayishi, qonda kortizol darajasining pasayishi va Kushing sindromi paydo bo‘lishi mumkin, bu davolash to‘xtatilgandan so‘ng o‘tib ketadi. Maz surtilgan joyda infeksiya rivojlangan taqdirda mos antibakterial yoki zamburug‘ga qarshi davolashni qo‘llash kerak. Preparatni qovoq terisiga, ochiq yoki yopiq burchakli glaukoma, shuningdek katarakta bo‘lgan shaxslarda kasallikning kuchayish xavfi tufayli qo‘llashdan saqlanish kerak. Terining atrofik holatlarida, ayniqsa keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Yuz terisida preparatni ehtiyotkorlik bilan va 1 haftadan ortiq bo‘lmagan muddatda qo‘llash kerak. 1 hafta davomida 1 tuba mazdan ortiq ishlatmaslik kerak. 2 yoshdan katta bolalarda preparatni kichik teri yuzasiga kuniga 1 marta qo‘llashadi. Bolalarda yuz terisida preparat qo‘llanilmaydi. Preparatni qo‘llash transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini buzmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.