Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari sinaflan-mr malhami 0,025% 15g
100 g ma'z tarkibida faol modda Flutsinolon atsetonid - 0,025 g. Yordamchi moddalari: propilenglikol - 4,975 g; tibbiy vazelin - 80,0 g; anhidratlangan lanolin - 5,0 g; tseresin - 10,0 g.
Qo'llanilishi
O‘tkir va og‘ir infeksiyalanmagan, quruq yallig‘lanishli teri kasalliklari, doimiy qichishish va giperkeratoz bilan kechuvchi, GKS bilan davolashga bo‘ysunuvchi seborey dermatit, atopik dermatit, eritrematoz temiratki, allergik kontakt ekzema, qizil volchanka, ko‘p shaklli eritema, yassi temiratki, rivojlangan psoriaz.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Infeksion, zamburug‘li, sil, sifilitik, virusli va o‘smali teri kasalliklari, perioral dermatit, akne (rozasea va vulgaris), vaksinasiyadan keyingi teri reaksiyalari, homiladorlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, preparat va boshqa GKSga yuqori sezuvchanlik. Preparatni yaralar va yara yuzalariga surtish mumkin emas. Ko‘z kasalliklarini davolashda, keng zararlangan teri sohalarida, ayniqsa bolalarda, qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat mahalliy qo‘llangandan so‘ng ona sutiga qanchalik o‘tishi noma’lum, shuning uchun emizikli ayollarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Qo'llash usuli
Preparatni zararlangan teri sohalariga yupqa qatlamda 1-2 marta kuniga, teriga yengil surkab surtish tavsiya etiladi. Davolash davomiyligi kasallik xususiyati, terapiya samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, odatda 5-10 kunni tashkil etadi. Kasallikning doimiy kechishida davolash kursi 25 kun va undan ortiq davom ettirilishi mumkin. Cheklangan o‘choqlarda samarani kuchaytirish uchun mazni o‘tkazmaydigan bog‘lov ostida qo‘llash mumkin.
Nojo´ya ta´sirlar
Mahalliy reaksiyalar: akne, poststeroid tomirli purpura, epidermis o‘sishini bostirish, teri va teri osti yog‘ to‘qimasining atrofiyasi, terining qurishi, gipertixoz, soch to‘kilishi, depigmentatsiya yoki pigmentatsiya, striyalar, teleangioektaziyalar, perioral dermatit, furunkulyoz, ikkilamchi infeksiya; ba’zan – eshakemi, dog‘li-papulyoz toshma, mavjud kasallikning kuchayishi. Ko‘z qovoqlari terisiga qo‘llanganda glaukoma yoki katarakta rivojlanishi mumkin. Okkluzion bog‘lam ostida qo‘llanganda tizimli reaksiyalar: GKSning tizimli ta’siri simptomlari (shishlar, arterial gipertenziya, immunodepressiv ta’sir) rivojlanishi mumkin.
Farmakologik xususiyatlari
Tashqi qo'llash uchun glyukokortikosteroid (GKS). Yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi va antiekssudativ ta'sirga ega. Lipofil xususiyatlarga ega va teri orqali tizimli qon aylanishiga oson o'tadi. Yallig'lanish jarayonlarini kamaytiradi, prostaglandinlar va leyotrienlar ishlab chiqarilishini fosfolipaza A2 faolligini bloklash natijasida va hujayra membranalarining fosfolipidlaridan araxidon kislotasini ajralishini kamaytirish orqali bostiradi, shuningdek, mahalliy allergik reaksiyalarni bostirish orqali allergiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Mahalliy tomirlarni toraytiruvchi ta'siri natijasida ekssudativ reaksiyalar kamayadi, oqsillar sintezi pasayadi, kollagen to'planishi kamayadi. Teri oqsillarining parchalanishini tezlashtiradi va proliferativ jarayonlarni susaytiradi.
Maxsus ko'rsatmalar
Psoriazda okkluzion bog‘lam qo‘llanadi, uni har kuni almashtirish kerak. Davolashni uzluksiz 2 haftadan ortiq davom ettirish mumkin emas. Uzoq muddatli qo‘llashdan saqlanish lozim. Keng teri sohalarida uzoq muddatli qo‘llanganda nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish tezligi oshadi va preparatning tizimli ta’siri (shishlar, arterial gipertenziya, giperglikemiya, immunodepressiv ta’sir) xavfi ortadi. Mahalliy qo‘llanganda buyrak usti bezlari-gipofiz tizimini bostirish natijasida AKGG ishlab chiqarilishi kamayishi, qonda kortizol darajasi pasayishi va iatrogen Kushing sindromi paydo bo‘lishi mumkin, bu davolash to‘xtatilgandan so‘ng o‘tib ketadi. Buyrak usti bezlari faoliyatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish, qonda va siydikda kortizol miqdorini AKTG bilan stimulyatsiyadan so‘ng aniqlash tavsiya etiladi. Maz surtilgan joyda infeksiya rivojlangan taqdirda mos antibakterial yoki antimikrob davolash o‘tkazish kerak. Preparatni ko‘z qovoqlari terisiga, ochiq yoki yopiq burchakli glaukoma, shuningdek katarakta bo‘lgan bemorlarga qo‘llashdan saqlanish lozim, chunki kasallik kuchayishi mumkin. Teri osti yog‘ to‘qimasining atrofik holatlarida, ayniqsa keksalarda, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Yuz terisida preparatni ehtiyotkorlik bilan va 1 haftadan ortiq bo‘lmagan muddatda qo‘llash lozim. 1 hafta davomida 1 tuba mazdan ortiq ishlatmaslik kerak. 2 yoshdan katta bolalarda preparatni kuniga 1 marta kichik teri sohasiga surtiladi. Bolalarda yuz terisiga preparat qo‘llanmaydi. Preparatni qo‘llash transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik kerak.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!