-
Tarkibi
1 ampula preparat tarkibida
faol modda tsitikolin (tsitikolin natriy tuzi ko‘rinishida) – 500 mg yoki 1000 mg.
yordamchi moddalari natriy gidroksid, xlorid kislota, in'ektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
• ishemik insultning o‘tkir davri;
• ishemik va gemorragik insultlarning tiklanish davri;
• bosh miya jarohati, o‘tkir va tiklanish davri;
• bosh miya degenerativ va tomir kasalliklarida kognitiv buzilishlar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
• preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
• yaqqol vagotoniya (vegetativ asab tizimining parasimpatik qismi tonusining ustunligi).
-
Qo'llash usuli
Mushak ichiga va vena ichiga yuborish uchun eritma.
Vena ichiga sekin vena ichiga in'ektsiya tarzida (5 daqiqa davomida) yoki tomchilab vena ichiga yuborish (40-60 tomchi daqiqada) ko‘rinishida buyuriladi. Vena ichiga yuborish yo‘li mushak ichiga yuborishga nisbatan afzalroqdir. Mushak ichiga yuborishda preparatni bir joyga qayta yuborishdan saqlanish kerak.
Ishemik insult va bosh miya jarohatining o‘tkir davrida tavsiya etiladigan doza tashxis qo‘yilgan kundan boshlab har 12 soatda 1000 mg ni tashkil etadi; davolash davomiyligi kamida 6 hafta. Davolash boshlanganidan 3-7 kun o‘tgach, mushak ichiga yuborishga (sutkada 1-2 in'ektsiya) yoki og‘iz orqali qabul qilishga (agar yutish funksiyasi buzilmagan bo‘lsa) o‘tish mumkin.
Ishemik va gemorragik insultlarning tiklanish davri, bosh miya jarohatining tiklanish davri, bosh miya degenerativ va tomir kasalliklarida kognitiv buzilishlarda tavsiya etiladigan doza sutkada 500-2000 mg ni tashkil etadi. Doza va davolash davomiyligi kasallik simptomlarining og‘irligiga bog‘liq.
Uzoq davom etuvchi ong buzilishlarida preparatni kasallikning dastlabki bosqichlaridan boshlab uzluksiz qo‘llash mumkin.
Keksalar uchun Sertozi preparatini v/v yoki v/m yuborishda doza tuzatish talab etilmaydi.
V/v va v/m yuborish uchun eritma ampulada bir martalik qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Ampula ochilgandan so‘ng eritmani darhol ishlatish kerak. Preparat barcha turdagi v/v izotonik natriy xlorid va dekstroza eritmalari bilan mos keladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Sertozin, odatda, yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya ta’sirlarning uchrash tezligi juda kam (< 1/10000) (individual holatlarni o‘z ichiga oladi).
Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘zg‘alish, tremor, falajlangan oyoq-qo‘llarda uvishish.
Hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, ishtahaning pasayishi, jigar fermentlari faolligining o‘zgarishi.
Allergik reaksiyalar toshma, teri qichishishi, anafilaktik shok.
Boshqalar isitma. Ba’zi hollarda tsitikolin parasimpatik tizimni stimulyatsiya qilishi, shuningdek, arterial bosimning qisqa muddatli o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlar kuchaysa yoki ko‘rsatmada qayd etilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, bu haqda shifokorga xabar berish kerak.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tsitikolin, hujayra membranasining asosiy ultra tuzilmaviy komponentlari (asosan fosfolipidlar) ning oldingi moddasidir, keng ta'sir doirasiga ega - zararlangan hujayra membranalarini tiklashga yordam beradi, fosfolipazalar ta'sirini ingibitsiyalaydi, erkin radikallarning ortiqcha hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, shuningdek, apoptoz mexanizmlariga ta'sir qilib, hujayralarning nobud bo'lishini oldini oladi. Insultning o'tkir davrida zararlangan to'qima hajmini kamaytiradi, xolinergik uzatishni yaxshilaydi. Bosh miya jarohatida posttravmatik komaning davomiyligini va nevrologik simptomlarning og'irligini kamaytiradi.
Bosh miya surunkali gipoksiyasida tsitikolin xotira yomonlashuvi, tashabbussizlik, kundalik harakatlar va o'z-o'ziga xizmat ko'rsatishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar kabi kognitiv buzilishlarni davolashda samaralidir.
Preparat bilan uzoq muddatli davolash mumkin, chunki tsitikolin nafas olish, puls va arterial bosimga ta'sir qilmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Bosh miya jarohatlarida bosh ichki bosimini kamaytirish uchun mannitol va kortikosteroid preparatlarni buyurish zarur.
Bosh ichki qon quyilishida tsitikolin dozasini bir martalik qo'llashda 500 mg dan oshirmaslik kerak, bu holda dozani bo'lib-bo'lib (100-200 mg 2-3 marta kuniga) qo'llash mumkin.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida bemorlar avtomobil boshqarishda va yuqori psixomotor tezlik talab qiladigan ishlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi
Preparatni homiladorlik davrida faqat ona uchun foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lsa qo'llash mumkin.
Laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak.
Pediatriyada qo'llanilishi
18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar uchun preparatni qo'llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugagandan so'ng ishlatmaslik kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning past toksikligi sababli, hatto terapevtik dozalar oshirilganda ham, dozani oshirib yuborish holatlari tavsiflanmagan.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Tsiticolin levodopa effektlarini kuchaytiradi.
Preparatni meklofenoksat saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda buyurish tavsiya etilmaydi.
Sertozinni bir vaqtda gemostatik vositalar, intrakranial antigipertenziv vositalar va odatdagi perfuzion suyuqliklar bilan qo'llash mumkin.