-
Tarkibi
Har bir tabletka tarkibida:
faol modda: serratiopeptidaza 10,0 mg;
yordamchi moddalari: mikrokristallik tsellyuloza PH-102, kolloid anhidrid kremniy, metilen xlorid, natriy kraxmal glikolat, magniy stearat, talk, izopropil spirti, bo'yoq (temir oksidi qizil), (AF Coat Non aqueous extra white).
-
Qo'llanilishi
Jarrohlik kasalliklari: paylarning choʻzilishi va uzilishi, sinishlar va chiqishlar, plastik operatsiyadan keyin paydo boʻlgan shishlar.
Nafas olish organlari kasalliklari: balgʻamning quyuqligini kamaytiradi va nafas yoʻllaridan chiqishini osonlashtiradi.
LOR organlari kasalliklari: qoʻshimcha boʻshliqlarning sekreti chiqishini osonlashtiradi.
Teri kasalliklari: oʻtkir yalligʻlanishli dermatozlar.
Ayollarning jinsiy aʼzolari va sut bezlari kasalliklari: gematomalar, sut bezlarida dimlanish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; qon ivishining buzilishi.
Extiyotkorlik bilan: buyrak yoki jigar funksiyasining buzilishi, homilador va laktatsiya bosqichidagi ayollar.
-
Qo'llash usuli
Preparat kattalarga ovqatdan keyin kuniga 2–3 marta 1 tadan tabletka buyuriladi.
Tabletkalarni chaynamasdan, 1 stakan suv bilan yutib yuborish kerak.
Maksimal sutkalik doza — 30 mg.
Doza va davolash kursining davomiyligi patologik jarayonning xususiyati va dinamikasiga qarab belgilanadi va har bir holatda shifokor tomonidan individual aniqlanadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Immun tizimi tomonidan: gipersensitivlik reaksiyalari, anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar (arterial gipotenziya, anafilaktik shokni o'z ichiga oladi), angionevrotik shish (yuz shishini o'z ichiga oladi).
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Nafas olish tizimi tomonidan: burundan qon ketishi, qon aralash balg'am ajralishi, o'tkir eozinofilik pnevmoniya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, qorin og'rig'i.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: transaminazalar darajasining oshishi; jigar funksiyasining buzilishi; jigar yetishmovchiligi.
Teri va teri osti yog' qavati tomonidan: toshma, eshakemi, qichishish, buloz toshmalar, ekzema, ekssudativ ko'p shaklli eritema, Stivens–Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), qichishish.
-
Chiqarish shakli
Ichakda eriydigan qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg N30 (3x10) (blisterlar)
-
Farmakologik xususiyatlari
Serratiopeptidaza - bu patogen bo'lmagan ichak bakteriyasi Serratia E15 dan ajratib olingan proteolitik fermentdir. Unga fibrinolitik, yallig'lanishga qarshi va shishlarga qarshi faollik xosdir. Yallig'lanish jarayonining og'irligini kamaytirishdan tashqari, serratiopeptidaza yallig'langan to'qimalardan og'riq aminlarining ajralishini bloklash natijasida og'riqni kamaytiradi. Serratiopeptidaza qonda α2-makroglobulin bilan 1:1 nisbatda bog'lanadi, bu uning antigenligini niqoblaydi, lekin fermentativ faolligini saqlab qoladi. Keyinchalik u yallig'lanish joyida eksudatga o'tadi va natijada uning qondagi darajasi pasayadi.
Serratiopeptidaza to'g'ridan-to'g'ri kapillyarlarning kengayishini (dilatatsiyasini) kamaytiradi va ularning o'tkazuvchanligini gidroliz natijasida bradikinin, gistamin va serotonin orqali nazorat qiladi. Shuningdek, serratiopeptidaza plazmin ingibitorlarini bloklaydi va shu tariqa plazminning fibrinolitik faolligiga yordam beradi. Struktural balg'am oqsillarining proteolizi natijasida balg'amning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi va uning ajralishini osonlashtiradi.
Preparatning fermentativ faolligi α-ximotripsinga nisbatan 10 baravar yuqori. Surunkali yallig'lanish o'chog'ida serratiopeptidaza polipeptid tabiatli yallig'lanish mediatorlari (bradikinin), fibrin darajasini pasaytirishga yordam beradi, lekin tirik organizm oqsillariga, masalan, albumin va α- va γ-globulinlarga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.
Preparat yallig'lanish joylariga yaxshi kiradi, nekrotik to'qimalar va ularning parchalanish mahsulotlarini lizis qiladi, giperemiyani kamaytiradi va antibiotiklarning kirib borishi va faolligini tezlashtiradi. Preparat so'lak va burundan ajraladigan suyuqlikning quyuqligini kamaytiradi, shu bilan ularning chiqarilishini osonlashtiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat qon ivish tizimiga ta'sir qilganligi sababli, uni qon ketish xavfi va qon ivish vaqti buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Serridazani antikoagulyantlar va antitrombotik vositalarni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda Serridaza qo'llanilganda, ularning holati yomonlashishi mumkinligi sababli, diqqatli tibbiy nazorat talab etiladi. Agar jigar funksiyasi buzilishlari kuchaysa, preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.
Serridazani buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam bo'lsa) ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak. Bunday hollarda profilaktik choralar sifatida buyrak funksiyasini monitoring qilish tavsiya etiladi. Agar buyrak funksiyasi buzilishlari kuchaysa, preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.
Serridaza yurak-qon tomir tizimining og'ir buzilishlari bo'lgan bemorlarni davolash uchun tavsiya etilmaydi. Klinik jihatdan tasdiqlangan IShB, serebrovaskulyar buzilishlar, periferik arteriyalarning obliteratsiyalovchi kasalliklari yoki muhim xavf omillari bo'lgan bemorlarga Serridaza buyurishdan oldin xavf/foyda nisbatini diqqat bilan baholash kerak.
Juda kam hollarda preparatni qo'llash bilan bog'liq terining jiddiy reaksiyalari, shu jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens–Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz, shu jumladan anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar kuzatilgan. Terida toshma, shilliq qavat zararlanishi yoki gipersensitivlikning boshqa har qanday belgisi birinchi paydo bo'lishida preparatni qo'llashni to'xtatish kerak. Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Serridaza psixomotor reaksiyalarni sekinlashtirishi mumkin, shuning uchun preparatni qo'llash davrida transport vositalarini boshqarish yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlashdan tiyilish kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
YOK: Serridaza va tizimli YOK bir vaqtda qoʻllanilganda ularning yalligʻlangan toʻqimalarga kirib borishi tezlashadi.
Antibiotiklar: serratiopeptidaza va antibiotiklar bir vaqtda qoʻllanilganda ularning yalligʻlangan toʻqimalarga kirib borishi tezlashadi.
Antikoagulyantlar va antitrombotik vositalar: Serridaza bir vaqtda qoʻllanilganda antikoagulyantlarning taʼsirini kuchaytiradi, shuning uchun bunday dori vositalari birga qoʻllanilganda bemorni diqqat bilan va muntazam kuzatib borish tavsiya etiladi.
-
Saqlash shartlari
Qorongʻi va quruq joyda, 30°C dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qoʻllash mumkin emas.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastriyadagi noqulaylik, ayrim hollarda — qon ketishi va balg‘amda qon izlari.
Davolash: simptomatik.