Extiyotkorlik bilan
12 yoshdan
yordamchi modda: inyektsiya uchun suv 1000 ml gacha.
Turli infeksiyalarda davolash va profilaktika vositasi sifatida, antiseptik ishlov berish va dezinfeksiya uchun.
0,05 % eritmalar: jinsiy aloqa orqali yuqadigan infeksiyalarning (xlamidioz, ureaplazmoz, trixomoniaz, gonoreya, sifilis, genital gerpes) oldini olish uchun jinsiy aloqadan kechiktirmay 2 soat ichida; teri qoplamalarini antiseptik ishlov berish (ishqalanish, yoriqlar). Yiringli yaralar, infeksiyalangan kuyishlar, teri va shilliq qavatlarning bakterial va zamburug‘li kasalliklari, shu jumladan stomatologiyada (gingivit, stomatit, aftalar, parodontit, alveolit), jarrohlikda, urologiyada, akusherlik-ginekologiyada. Otolaringologiya (LOR) va stomatologiya bo‘limlarida operatsiyadan keyingi bemorlarni parvarish qilish (chayish uchun eritma).
0,5 % eritma: yaralar va kuygan yuzalarni, infeksiyalangan ishqalanish va teri yoriqlarini, ochiq shilliq qavatlarni ishlov berish. Tibbiy asbob-uskunalarni sekin sterilizatsiya qilish, namlash yo‘li bilan; asboblar (shu jumladan termometrlar) va uskunalarning ishchi yuzalarini dezinfeksiya qilish, issiqlik bilan ishlov berish mumkin bo‘lmagan hollarda.
Gipersensitivlik, dermatit, terining virusli kasalliklari, 12 yoshgacha bo‘lgan yosh.
Katta yuzali yaralarni ishlov berishda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dori vositasi purkash va aplikatsiya ko‘rinishida qo‘llaniladi.
5-10 ml eritma zararlangan teri yoki shilliq qavat yuzasiga 1-3 daqiqa davomida 2-3 marta kuniga (tampon yordamida yoki purkash yo‘li bilan) surtiladi.
Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning oldini olish uchun dori vositasi jinsiy aloqadan keyin 2 soatdan kechiktirmay qo‘llansa samarali bo‘ladi. Siydik chiqarishdan keyin: nasadka yordamida erkaklarga siydik chiqarish kanaliga (2-3 ml), ayollarga siydik chiqarish kanaliga (1-2 ml) va qin ichiga (5-10 ml) yuboriladi va 2-3 daqiqa ushlab turiladi. Sonlarning ichki yuzasi, qov, jinsiy a'zolar terisi ishlanadi. Muolajadan so‘ng 2 soat davomida siyish tavsiya etilmaydi.
Uretrit va uretroprostatitlarni kompleks davolashda siydik chiqarish kanaliga 2-3 ml dori vositasi 1-2 marta kuniga yuboriladi, kurs-10 kun, muolajalar kun ora belgilanadi.
Allergik reaksiyalar (terida toshma), terining qurishi va qichishishi, dermatit, fotosensibilizatsiya, qo‘l terisining yopishqoqligi (3-5 daqiqa davomida) mumkin.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kimyoviy kuyishlar (tez-tezligi noma'lum).
Antiseptik vosita, qo‘llanilayotgan konsentratsiyaga qarab gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarga nisbatan bakteriostatik yoki bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Bakteriostatik ta’sir (suvli va spirtli ishchi eritmalar uchun) 0,01 % va undan past konsentratsiyada namoyon bo‘ladi; bakteritsid ta’sir - 0,01 % dan yuqori konsentratsiyada, 22 °S haroratda va 1 daqiqa davomida ta’sir qilganda. Fungitsid ta’sir - 0,05 % konsentratsiyada, 22 °S haroratda va 10 daqiqa davomida ta’sir qilganda.
Sporaga ta’sir qilmaydi.
Gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarga (shu jumladan Treponema spp., Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp.), lipofil viruslar va zamburug‘larga nisbatan samarali. Barqaror, teri (qo‘l, operatsion maydon) ishlov berilgandan so‘ng unda bakteritsid ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli miqdorda saqlanib qoladi. Qon, irinq, turli sekretsiyalar va organik moddalar mavjudligida ham (biroz pasaygan bo‘lsa-da) faolligini saqlaydi.
Xlorgeksidin eritmalaridan kon'yunktivani ishlov berish va tana bo‘shliqlarini yuvish, chuqur yaralar, kuyishlarni ishlov berishda foydalanish tavsiya etilmaydi. Ko‘z shilliq qavatiga tushib qolgan taqdirda, ularni tez va puxta suv bilan yuvish kerak. Bakteritsid ta'siri harorat oshishi bilan kuchayadi. 100 °S dan yuqori haroratda preparat qisman parchalanadi.
Dermatitin rivojlanish xavfini oldini olish uchun bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Xlorgeksidin va yod preparatlarini birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Xlorgeksidin diglyukonat kationli modda bo‘lib, sovun va boshqa anionli moddalar (kolloidlar, gumiarabik, karboksimetilsellyuloza) bilan mos kelmaydi. Kationli guruhni o‘z ichiga olgan preparatlar (benzalkoniya xlorid, tsetrimoniy bromid) bilan mos keladi.
Xlorgeksidin va Etanol preparat ta'sirini kuchaytiradi. 0,05 % konsentratsiyadagi xlorgeksidin diglyukonat boratlar, karbonatlar, xloridlar, sitratlar, fosfatlar, sulfatlar bilan mos kelmaydi, chunki qiyin eriydigan cho‘kmalar hosil bo‘ladi.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.
Tashqi qo‘llashda dozani oshirib yuborish holatlari noma'lum. Shunga qaramay, tasodifiy yutib yuborilganda oshqozonni yuvish kerak. Zarur bo‘lsa, simptomatik terapiya o‘tkaziladi.