Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Septa Burun 5mg+0,1mg 10 ml spreyi
Septa Burun 5mg+0,1mg 10 ml spreyi
Ishlab chiqaruvchi: KRKA
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    6 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
39 690 so'm 49 000 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari septa burun 5mg+0,1mg 10 ml spreyi
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Sprey
  • Dozalash
    5 mg + 0,1 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    10 ml
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Dozalangan burun spreyi, shaffof, rangsiz.
    1 doza ksillometazolin gidroxlorid 0,1 mg dekspantenol 5 mg
    Yordamchi moddalari: kaliy digidrofosfat - 0,9 mg, natriy gidrofasfat dodekagidrat - 0,03 mg, tozalangan suv - 0,1 ml gacha.
  • Qo'llanilishi
    o‘tkir respirator kasalliklar rinit belgilari bilan; o‘tkir allergik rinit; vazomotor rinit; sinusit; o‘rta otit (burun-halqum shilliq qavati shishining kamayishini ta’minlash uchun kompleks terapiya tarkibida); rinoksopiyani o‘tkazishni yengillashtirish, burun bo‘shlig‘ida jarrohlik aralashuvlardan so‘ng buzilgan burun nafasini tiklash uchun.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Ikkala dori shakli uchun umumiy: dorining har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; arterial gipertenziya; taxikardiya; yaqqol ateroskleroz; glaukoma; atrofik rinit; gipertireoz; miya pardalarida jarrohlik aralashuvlar (anamnezda); prostata bezining giperplaziyasi; MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qo'llash; homiladorlik; emizish davri. Dozali burun spreyi uchun qo'shimcha porfiriya; 6 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi. Bolalar uchun dozali burun spreyi uchun qo'shimcha quruq rinit; 2 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi. Ikkala dori shakli uchun umumiy: Extiyotkorlik bilan: qandli diabet, feoxromositoma, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari (shu jumladan, ishemik yurak kasalligi, stenokardiya), adrenomimetik preparatlarga yuqori sezuvchanlik, uyqusizlik, bosh aylanishi, aritmiya, tremor, arterial bosimning oshishi bilan kechuvchi holatlar.
  • Qo'llash usuli
    Intranazal. Har bir burun yo‘liga bir dozalangan purkashdan kuniga 3–4 marta. Dozalangan burun uchun sprey — kattalar va 6 yoshdan katta bolalar uchun. Bolalar uchun dozalangan burun uchun sprey — 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun. Qo‘llashdan oldin himoya qopqog‘ini yechish kerak. Spreyni birinchi marta yoki uzoq tanaffusdan so‘ng qo‘llashdan oldin pompa dozalovchi moslamaga bir necha marta bosish kerak, to bir xil purkash paydo bo‘lguncha. Flakon uchini vertikal holda burun yo‘liga kiritib, burun orqali sekin nafas olib, bir vaqtning o‘zida pompa dozalovchi moslamaga 1 marta bosish kerak. Protsedurani boshqa burun yo‘liga takrorlash kerak. Qo‘llashdan so‘ng uchini qog‘oz salfetka bilan artib, himoya qopqog‘i bilan yopish kerak. Davolash davomiyligi 3–5 kun.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Tez-tez va/yoki uzoq muddat qo‘llanilganda: burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining qizishi va/yoki quruqligi, kuyish, qichishish, hapshish, gipersekresiya, allergik reaktsiyalar, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining shishishi, qayt qilish, qusish, bosh og‘rig‘i, quruq rinitt, yurak urishini his qilish, qon bosimining oshishi, takikardiya, uyqusizlik, ko‘rishning buzilishi, depressiya (yuqori dozalarni uzoq muddat qo‘llashda).
  • Farmakologik xususiyatlari
    Ksilometazolin — mahalliy tomirlarni toraytiruvchi vosita (dekongestant) alfa-adrenomimetik faollikka ega, burun bo'shlig'i shilliq qavati qon tomirlarini toraytiradi, burun yo'llarining o'tkazuvchanligini tiklaydi, burun bitishini yo'qotadi, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi. Ksilometazolinning ta'siri odatda qo'llangandan bir necha daqiqa o'tgach boshlanadi va 10 soatgacha davom etadi.
    Dekspantenol — V guruhi vitamini, pantoten kislotasi hosilasi.
    Dekspantenol organizmda pantoten kislotasiga aylanadi, u koenzim A (KoA) ning tarkibiy qismi bo'lib, atsetillanish jarayonlarida, uglevod va yog' almashinuvda, atsetilxolin, kortikosteroidlar, porfirinlar sintezida ishtirok etadi, teri va shilliq qavatlarning tiklanishini rag'batlantiradi, hujayra metabolizmini normallashtiradi, mitozni tezlashtiradi va kollagen tolalarining mustahkamligini oshiradi. Regeneratsiyalovchi, metabolik va kuchsiz yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     MAO inhibitörlari (traniltsipromin turi), tritsiklik antidepressantlar va bosimni oshiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash arterial bosimning oshishiga olib kelishi mumkin. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Sintomlari: dozani oshirib yuborish yoki tasodifan og‘iz orqali qabul qilish holatlarida quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: midriaz, ko‘ngil aynishi, qusish, sianoz, isitma, tutqanoq, taxikardiya, yurak ritmining buzilishi, tomir yetishmovchiligi, yurak to‘xtashi, arterial bosimning oshishi, o‘pka shishi, nafas olish funksiyasining buzilishi, gallyutsinatsiyalar.

    Bemorlar markaziy asab tizimi faoliyatining susayishi simptomlarini ham boshdan kechirishlari mumkin, ular uyquchanlik, tana haroratining pasayishi, bradikardiya, shok, nafas to‘xtashi va koma bilan kechadi.

    Davolash: me’da yuvish, enterosorbentlar (faollashtirilgan ko‘mir) qabul qilish, o‘pka kislorodli ventilyatsiyasi. Arterial bosimni pasaytirish maqsadida 0,9% natriy xlorid eritmasida 5 mg fentolamin sekin vena ichiga yuboriladi yoki 100 mg fentolamin og‘iz orqali beriladi. Tomir toraytiruvchi dori vositalari kontraindikatsiyalangan. Zarurat tug‘ilganda isitmani tushiruvchi va tutqanoqqa qarshi vositalar qo‘llaniladi. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    Qo‘llashdan oldin burun yo‘llarini tozalash zarur.

    7 kundan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi.

    QT intervali uzaygan sindromi bo‘lgan bemorlar, ksilometazolin qo‘llaganda, jiddiy qorinchali aritmiyalar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lishi mumkin.

    Xronik rinitda qo‘llash faqat shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi mumkin, chunki burun shilliq qavati atrofiyasi xavfi mavjud.

    Konservantlar saqlamaydi. Flakon ochilgandan so‘ng preparatni 3 oy davomida ishlatish kerak.


    Homiladorlik va laktatsiya davri
    Septanazal® preparatining reproduktiv toksikligi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘qligi sababli, uni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.


    Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
    Preparatni qo‘llash davrida ehtiyot choralariga rioya qilish yoki transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqat-e’tibor hamda tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish lozim. 
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shohruh
    ico ico ico ico ico
    Септа Назал - отличное средство для лечения насморка. Удобно использовать и эффективно действует. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличный спрей! Помог быстро и эффективно справиться с насморком. Спасибо магазину Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico