Qo'llanilishi
Omegatrin – yangi avlod polito‘yinmagan yog‘ kislotalari (PTYK) ning samarali muvozanatli kompleksi bo‘lib, yuqori miqdorda Omega-3 ni o‘z ichiga oladi, qon tomirlarining funksional holatini yaxshilashga, lipid almashinuvini normallashtirishga, immun va antioksidant statusni oshirishga yordam beradi. Ateroskleroz, gipertoniya, tromb hosil bo‘lishi va boshqa yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytiradi. Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar: - ateroskleroz rivojlanish xavfi omillarining mavjudligi; - xolesterin darajasining oshishi; - yurak ishemik kasalligi (kompleks terapiyada); - gipertoniya moyilligi; - tromb hosil bo‘lish xavfi; - aqliy va jismoniy ish qobiliyatining pasayishi. Omegatrin preparatining samaradorligi Omega-3-6-9 muvozanatli muhim kislotalar kompleksi bilan belgilanadi, ular gipolipidemik, antiaritmik, anti-gipertenziv va antioksidant ta’sirga ega. Kompleks ateroskleroz rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va organizmga kuchli sog‘lomlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Omega-3 organizmda xolesterin hosil bo‘lishini sekinlashtiradi, qonda xolesterin darajasini pasaytiradi, ateroskleroz rivojlanishining oldini oladi. Trombotsitlar agregatsiyasini va qonni quyuqligini kamaytiradi, tromb hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Qon tomirlar devorini mustahkamlaydi, ularning elastikligini oshiradi va o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yurak ritmini normallashtirishga yordam beradi. Miya faoliyatini yaxshilaydi: sinapslar va nerv hujayralari (neyronlar) ishini faollashtiradi, impulslar uzatilishini tezlashtiradi, axborotni yaxshiroq qabul qilish va saqlashga, xotirani yaxshilashga yordam beradi. Qarshi o‘sma xususiyatlariga ega. Omega-6 to‘g‘ri moddalar almashinuvi uchun zarur, yog‘larni utilizatsiya qilish va mushak to‘qimasini mustahkamlashda ishtirok etadi. Ayniqsa yog‘i kam bo‘lgan dietada tavsiya etiladi. Jismoniy yuklamalarga bardoshlilikni oshiradi, prostaglandin E-1 sintezi uchun asosiy qurilish materiali hisoblanadi, u endoteliy yallig‘lanishini va qon tomirlarning erta qarishini oldini oladi, shuningdek, artrit, autoimmun va onkologik kasalliklar rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Omega-9 xolesterinning oksidlanishini sekinlashtiradi va uning qon tomir devorida cho‘kishini oldini oladi. Yurak mushaklarining normal ishlashi uchun energiya manbai hisoblanadi. Tez so‘riladi va Omega-3 ning gipoxolesterinemik ta’sirini kuchaytiradi. Omegatrin kompleksi afzalliklari. Omega-3-6-9 sinfiga mansub uchta kislota bir preparatda birlashishi sinergizm effektini yaratadi, ularning samaradorligi va o‘zlashtirilishini sezilarli darajada oshiradi. Omega-3 PTYK yuqori miqdori preparatning aniq gipoxolesterinemik va antiaterosklerotik xususiyatlarini ta’minlaydi, bu klinik sinovlar bilan tasdiqlangan. Omegatrin kompleksi xolesterin va triglitseridlar darajasini pasaytirishga, arterial bosim va yurak ritmini normallashtirishga, tromb hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qilishga, qon tomirlar devorini mustahkamlashga, ularning elastikligini oshirishga, miya faoliyatini faollashtirishga, nerv o‘tkazuvchanligini yaxshilashga yordam beradi. Ateroskleroz, tromboz va boshqa yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini samarali kamaytiradi.