Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari baliq yog'i 300 mg, vitaminlar a, d, e bilan kapsulalar, №50
«Vitaminlashtirilgan baliq yog‘i» kapsulalari – hayvonot kelib chiqishidagi dori vositasi bo‘lib, uning ta’siri tarkibiga kiruvchi A va D vitaminlari hamda to‘yinmagan yog‘ kislotalari effektlari bilan belgilanadi. A va D vitaminli, gipolipidemik, bilvosita vazodilatatsion ta’sir ko‘rsatadi. Trombotsitlar agregatsiyasini sekinlashtiradi, qonni reologik xususiyatlarini yaxshilaydi. A vitamini – yog‘da eriydigan vitamin, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi, mukopolisaxaridlar, oqsillar, lipidlar sintezida ishtirok etadi. Ko‘rish pigmentlari shakllanishida ishtirok etadi, ular normal qorong‘ulik va rangli ko‘rish uchun zarur; epitelial to‘qimalarning yaxlitligini ta’minlaydi, suyaklarning o‘sishini tartibga soladi. D vitamini – ichakda kalsiy va fosfor so‘rilishini, buyraklarda kalsiy va fosfor reabsorbtsiyasini, kalsiyning hujayra membranalari orqali transportini rag‘batlantiradi, suyak tuzilmasi shakllanishi jarayonini tartibga soladi. Shuningdek, immun tizimi rivojlanishiga, hujayralar proliferatsiyasi va differentsiatsiyasiga, lipidlar va bir qator gormonlar sinteziga, yurak-qon tomir tizimi va me’da-ichak trakti funksional faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qonda paratireoid gormoni darajasini pasaytiradi. U parashitovid bezlarning normal faoliyati uchun zarur, ATF sintezida ishtirok etadi. To‘yinmagan yog‘ kislotalari araxidon kislotasi, leyotrienlar va prostaglandinlar sintezida ishtirok etadi, qonda xolesterin va triglitseridlar konsentratsiyasini pasaytiradi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositasini qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar: uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, idiopatik giper-kaltsiemiya, giper-kaltsiuriya, o‘pka silining faol shakllari, o'tkir va surunkali jigar va buyrak kasalliklari, nefrourolitiaz, surunkali pankreatit (kasallikning zo‘rayishi mumkin), gipervitaminoz D, sarkoidoz, uzoq muddatli immobilizatsiya (katta dozalarda), tireotoksikoz (gipersensitivlik ehtimoli), 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Qo'llash usuli
«Vitaminli baliq yog'i» kapsulalari ovqatdan keyin, suv bilan ichiladi. 7 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya etilgan doz - kuniga 3-4 kapsula, kattalar uchun - kuniga 6-8 kapsula, 2-3 qabulga bo'linadi. Aniq dozani patologiyaning xarakteriga qarab shifokor belgilashi kerak.
Nojo´ya ta´sirlar
Tavsiya etilgan dozalarida dori vositasini qo'llaganda odatda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmaydi. Allergik reaktsiyalar mumkin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!