-
Qo'llanilishi
Kompleks davolash tarkibida, quyidagi kasalliklarning simptomatik davolash: - turli kelib chiqishli temir tanqisligi anemiyasini va yashirin tanqislikni davolash; - temirga bo‘lgan ehtiyojning oshishi (homiladorlik, laktatsiya davri, donorlik, intensiv o‘sish davri, vegetarianlik, keksalik yoshi).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
-preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; -organizmdagi temir miqdorining oshishi (masalan, gemoxromatoz, hemosideroz); -temir o‘zlashtirilishining buzilishi (qo‘rg‘oshinli anemiya, sideroblast anemiyasi, talassemiya); -temir tanqisligi bo‘lmagan anemiyalar (gemolitik anemiya yoki megaloblast anemiya, B12 vitamini tanqisligi bilan bog‘liq anemiya); -12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi (klinik ma’lumotlar yo‘qligi sababli). Ehtiyotkorlik bilan: me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, ichakning yallig‘lanish kasalliklari (enterit, divertikulit, yarali kolit, Kron kasalligi).
-
Qo'llash usuli
Preparatni qo‘llash usuli va davolash davomiyligi temir tanqisligining og‘irligiga bog‘liq. Preparatning sutkalik dozasini 1 marta sutkada qabul qilish mumkin. Ovqat paytida yoki darhol ovqatdan so‘ng, suv bilan ichiladi. Yengil va o‘rtacha darajadagi klinik ifodalangan temir tanqisligi (temir tanqisligi anemiyasi)ni davolashda 2 kapsuladan sutkada 3-5 oy davomida, qondagi gemoglobin darajasi normallashguncha qabul qilinadi. Qondagi gemoglobin darajasi normallashgandan so‘ng, qo‘llab-quvvatlovchi doza shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilanadi. Homilador ayollar qondagi gemoglobin darajasi normallashguncha 1-2 kapsuladan sutkada qabul qilishlari kerak. So‘ngra temir zaxiralarini tiklash uchun davolashni kamida tug‘ruqqacha 1 kapsuladan sutkada davom ettirish kerak. Yashirin temir tanqisligini davolash va oldini olish uchun, kompleks davolash tarkibida bemorlarga 1 kapsuladan sutkada qabul qilish tavsiya etiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan juda kam hollarda - me'da-ichak yo'llari bezovtaligi belgilari (shu jumladan to'liq to'yinganlik hissi, epigastral sohada bosim, ko'ngil aynishi, qabziyat yoki diareya). Najasning to'q rangga bo'yalishi mumkin, bu so'rilmagan temir ajralishi bilan bog'liq (klinik ahamiyatga ega emas). Foliy kislotasiga boshqa allergik reaksiyalar.
-
Farmakologik xususiyatlari
Rotаfer Plyus – temir, sink va B guruhi vitaminlarining kombinatsiyalangan preparati. Preparat tarkibidagi temir Fe3+ gidroksid polimaltoza kompleksi ko‘rinishida mavjud. Tashqaridan Fe3+ gidroksidning ko‘p yadroviy markazlari ko‘plab kovalent bo‘lmagan polimaltoza molekulalari bilan o‘ralgan bo‘lib, umumiy molekulyar massasi 50000 Dalton bo‘lgan kompleks hosil qiladi, bu esa uning ichak shilliq qavati membranalari orqali diffuziyasini Fe2+ geksagidratiga nisbatan taxminan 40 marta kamaytiradi. Ushbu makromolekulyar kompleks barqaror, temirni erkin ionlar ko‘rinishida ajratmaydi, tuzilishi bo‘yicha tabiiy temir birikmasi va ferritin bilan o‘xshash. Shu o‘xshashlik tufayli, Fe3+ ionlari ichakdan faqat faol so‘rilish yo‘li bilan qonga o‘tadi, bu esa preparatning oddiy temir tuzlaridan farqli ravishda (ular konsentratsiya gradiyenti bo‘yicha so‘riladi) dozani oshirib yuborish (va intoksikatsiya) mumkin emasligini tushuntiradi. So‘rilgan temir asosan jigar hujayralarida ferritin bilan bog‘langan holda depolanadi. Keyinchalik u suyak ko‘migidagi gemoglobinga qo‘shiladi. Fe3+ gidroksid polimaltoza kompleksi tarkibidagi temir prooksidant xususiyatlarga ega emas (bu xususiyatlar oddiy Fe2+ tuzlariga xos), bu esa past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) va juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) oksidlanishini kamaytiradi. Preparat qabul qilinganda organizmdagi temir tanqisligi tezda to‘ldiriladi, eritropoez rag‘batlantiriladi, gemoglobin darajasi tiklanadi. Sink – inson organizmining muhim elementi bo‘lib, asosan eritrotsitlarda sink metalloenzim karboangidraza ko‘rinishida va kamroq darajada qonda α-2-makroglobulin bilan bog‘langan holda mavjud. 70 dan ortiq ferment tarkibiga kiradi, ular DNK, RNK, oqsillar sintezining asosiy bosqichlarini katalizlaydi. To‘qimalarning o‘sishi va yetilishi jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, bolalarda aqliy va jismoniy rivojlanishning orqada qolishida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hujayra membranalarini barqarorlashtiradi, regeneratsiya jarayonlariga, nerv impulslarini o‘tkazishga ta’sir qiladi, insulin ta’sirini kuchaytiradi. Soch o‘sishini rag‘batlantiradi, immunitetning T-hujayrali bo‘g‘iniga immunomodulyatsion ta’sir ko‘rsatadi va noaniq immun himoya omillarini oshiradi. Kuchli antioksidant hisoblanadi. Akne va alopetsiyani davolashda samarali. Foliy kislotasi – B guruhi vitamini bo‘lib, asosiy biologik jarayonlarda, xususan DNK, RNK va oqsillar sintezida ishtirok etadi. Homiladorlikda foliy kislotasi homilada nerv naychasi nuqsonlari rivojlanishining oldini oladi. Folat yetishmovchiligi megaloblast anemiyasi rivojlanishiga olib keladi. Foliy kislotasi yetishmovchiligida homiladorlikning uzilishi, muddatidan oldin tug‘ruq va bolaning aqliy rivojlanishining buzilishi kuzatilishi mumkin. Vitamin B1 (tiamin gidroxlorid) muhim faol modda hisoblanadi. Organizmda fosforillanish jarayonlari natijasida koferment bo‘lgan kokarboksilazaga aylanadi, u ko‘plab ferment reaksiyalarining kofermenti hisoblanadi. Uglevod, oqsil va yog‘ almashinuvida, shuningdek, sinapslarda nerv qo‘zg‘alishini o‘tkazish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Hujayra membranalarini peroksidlanish mahsulotlarining toksik ta’siridan himoya qiladi. Vitamin B2 (riboflavin) hujayra nafas olishi va ko‘rish qobiliyatining katalizatori hisoblanadi; DNK shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, to‘qimalar (shu jumladan teri hujayralari) regeneratsiyasi jarayonlarini rag‘batlantiradi. Vitamin B6 (piridoksin gidroxlorid) fosforillangan shaklda aminokislotalarning dekarboksillanishi va transaminatsiyasi, lipid almashinuvi jarayonlarida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Periferik asab tizimi va markaziy asab tizimining (MAT) normal faoliyati uchun zarur.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Dozalashdan oshib ketishni oldini olish uchun boshqa polivitamin va mineral komplekslarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Sut, sut mahsulotlari, kompleks hosil qiluvchi dori vositalari (bikarbonatlar, karbonatlar, oksalatlar, fosfatlar, tetratsiklinlar va mis) qabul qilinishidan 1 soat oldin yoki 2 soat o‘tgach qabul qilish kerak. Sink preparatlarini uzoq muddat qo‘llashda mis yetishmovchiligi yuzaga kelishi ehtimolini hisobga olish lozim. 3-4 oydan ortiq qabul qilinganda mis preparatlarini buyurish tavsiya etiladi. Etanol saqlovchi ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish kerak. Avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri Preparatni transport vositalari haydovchilari va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslar tomonidan qo‘llashga nisbatan hech qanday ogohlantirishlar yo‘q. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Zaruriyat tug‘ilganda preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin. Pediatriyada qo‘llanishi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Rotаfer Plyus preparatini qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Preparat ushbu yosh guruhida qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng ishlatmaslik kerak. Zaruriyat tug‘ilganda preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Antatsidlar, tarkibida alyuminiy, magniy, kalsiy tuzlari bo‘lgan preparatlar bilan bir vaqtda buyurilmasligi kerak, chunki temirning so‘rilishi kamayadi. Temir saqlovchi in'ektsion preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanmasligi kerak (temirning me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi kamayadi), shuning uchun og‘iz orqali temir saqlovchi preparatlar bilan davolash oxirgi in'ektsiyadan kamida 1 hafta o‘tgach boshlanishi kerak. Temir tetratsiklin qatori preparatlarning so‘rilishini kamaytiradi. Piridoksin levodopaning terapevtik ta'sirini kamaytiradi. Sink tetratsiklinlar va misning so‘rilishini kamaytiradi va farmatsevtik jihatdan kumush, qo‘rg‘oshin, xinin, tsitral tuzlari bilan mos kelmaydi (yomon eriydigan birikmalar hosil qiladi). Tiazid diuretiklar siydik bilan sink chiqarilishini kuchaytiradi. Tiosemikarbazon va 5-fluorurasil vitamin B1 samaradorligini kamaytiradi, ular uning antagonistlari hisoblanadi. Antatsidlar vitamin B1 so‘rilishini sekinlashtiradi. Foliy kislotasining yuqori dozalari uzoq muddat davomida vitamin B12 konsentratsiyasini kamaytirishi mumkin.