Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat, uning ta’siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan belgilanadi.
Paratsetamol
Analgezik va isitmani tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir mexanizmi asosan markaziy asab tizimida prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish qobiliyati bilan bog‘liq va kamroq darajada gipotalamusda termoregulyatsiyaga ta’sir qiladi.
Xlorfeniramin maleat
Gistamin H1-retseptorlari blokatori. Antiallergik ta’sir ko‘rsatadi, ekssudatsiya hodisalarini kamaytiradi. Burun tomirlarini toraytiradi, burun bo‘shlig‘i, burun-halqum va burun yondosh bo‘shliqlari shilliq qavatining shishishi va giperemiyasini bartaraf etadi.
Fenilefrin gidroxlorid
Tomirlarning α-adrenoretseptorlarini stimulyatoridir, yurak retseptorlariga kam ta’sir ko‘rsatadi. Arteriolalarning torayishini va tizimli arterial bosimning oshishini (ehtimoliy reflektor bradikardiya bilan) chaqiradi. Qovoq kengayishini (akkomodatsiyaga ta’sir qilmasdan) rag‘batlantiradi va ochiq burchakli glaukoma shakllarida ko‘z ichki bosimini pasaytirishi mumkin.
Kofein
Bosh miya psixomotor markazlarini stimulyatsiya qiladi, analeptik ta’sir ko‘rsatadi, analgetiklarning ta’sirini kuchaytiradi, bosh og‘rig‘ini (shu jumladan migren) kamaytiradi, uyquchanlik va charchoq hissini bartaraf etadi, jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshiradi.
Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, uglevod almashinuvi, qon ivishining tartibga solinishida ishtirok etadi, organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi, tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Paratsetamolning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi va uning ta’sirini uzaytiradi.