Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat, uning ta'siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan belgilanadi.
Paratsetamol
Analgezik va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi asosan markaziy asab tizimida prostaglandinlar sintezini ingibitsiyalash qobiliyati bilan va kamroq darajada gipotalamusda termoregulyatsiyaga ta'siri bilan bog'liq.
Xlorfeniraminmaleat
Gistamin H1-retseptorlari blokatori. Antiallergik ta'sir ko'rsatadi, ekssudatsiya hodisalarini kamaytiradi. Burun tomirlarini toraytiradi, burun, burun-halqum va burun bo'shlig'i, burun yondosh bo'shliqlari shilliq qavatining shishishi va giperemiyasini bartaraf etadi.
Fenilefrin gidroxlorid
Tomirlarning α-adrenoretseptorlarini stimulyatoridir, yurak retseptorlariga kam ta'sir ko'rsatadi. Arteriolalarni toraytiradi va tizimli arterial bosimni oshiradi (ehtimoliy reflektor bradikardiya bilan). Qovoq qorachig'ini kengaytirishga yordam beradi (akkomodatsiyaga ta'sir qilmasdan) va ochiq burchakli glaukomaning ayrim shakllarida ko'z ichki bosimini pasaytirishi mumkin.
Kofein
Bosh miya psixomotor markazlarini stimulyatsiya qiladi, analeptik ta'sir ko'rsatadi, analgetiklarning ta'sirini kuchaytiradi, bosh og'rig'ini (shu jumladan migren) kamaytiradi, uyquchanlik va charchoq hissini bartaraf etadi, jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshiradi.
Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, uglevod almashinuvi, qon ivishining tartibga solinishida ishtirok etadi, organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi, tomir o'tkazuvchanligini kamaytiradi. Paratsetamolning o'zlashtirilishini yaxshilaydi va uning ta'sirini uzaytiradi.