Nojo´ya ta´sirlar
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, tutqanoq, uyqu buzilishi, qo‘zg‘alish, eyforiya, psixoz.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: anuriya, buyrak funksiyasi buzilishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ishtaha pasayishi, qorin og‘rig‘i, diareya, eroziyali-yallig‘lanishli me’da-ichak shikastlanishlari, me’da-ichak qon ketishi, jigar funksiyasi buzilishi (kamdan-kam).
Qon hosil bo‘lishi va gemostaz tizimi tomonidan: leyopeniya, agranulositoz, trombotsitopeniya, aplastik anemiya, pansitopeniya.
Nafas olish tizimi tomonidan: o‘pka giperventilyatsiyasi, nafas markazi susayishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: bradikardiya, arterial bosim pasayishi, ortostatik kollaps (kamdan-kam).
Sezgi organlari tomonidan: ko‘rish va eshitish buzilishi.
Laborator ko‘rsatkichlar: metabolik alkaloz yoki atsidoz, “jigar” transaminazalari faolligining oshishi.
Allergik reaksiyalar: ekzantema, teri qichishishi, kamdan-kam - bronxospazm.
Mahalliy reaksiyalar: inyeksiya joyida og‘riq, abstsess va to‘qimalar nekrozi (kamdan-kam).
Boshqalar: isitma, miya va/yoki o‘pka shishi, koma, mikoz, immunodepressiya (infeksiyalarga qarshilikning pasayishi, yaralarning bitishi sekinlashishi).
Davolash: sun’iy nafas oldirish va boshqa reanimatsion tadbirlar; ko‘rsatmalar bo‘yicha antiepileptik dori vositalari (vena ichiga diazepam yuborish), gemodializ.